Ssuda kapitali yoki moliyaviy kapital uning egasiga foydani foiz shaklida olib keladi va o’z ichiga xalqaro zayom va kreditlarni, moliyaviy yordam, «rivojlantirishning rasmiy yordam» doirasidagi grantlarni, qimmatli qog’ozlar xalqaro operatsiyalarni oladi. «Ri-vojlantirishning rasmiy yordami» o’z ichiga 25% subsidiyalarni oli-shi kerak.
Ssuda kapitali chetga chiqarilish muddatiga qarab quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
qisqa muddatli xalqaro kredit shaklida – 1 yil muddat bilan.
o’rta muddatli xalqaro kredit shaklida – 1 yildan 3 yilgacha muddat bilan.
uzoq muddatli xalqaro kredit shaklida – 3-5 yildan yuqori muddat bilan.
Xalqaro uzoq muddatli kreditlar asosan xalqaro zayomlar shak-lida beriladi. Dunyodagi yirik tijorat banklari tomonidan berila-digan bu zayomlar ularning o’z resurslari hisobidan bo’ladi. Shu bilan birga, banklar yirik davlatlarning ko’p sonli omonatchilari («tashqi emissiya») qo’yilmalari mablag’laridan obligatsiya zayomlari vositasi sifatida foydalaniladi: investitsion banklar o’z mamla-katlarining xususiy chet el kompaniyalari hamda davlat tashki-lotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni (obligatsiya-larni), pul bozoriga joylashtirishni (sotish uchun) o’z bo’yniga oladi. Ushbu holda kreditorlar bo’lib etakchi g’arb mamlakatlari chiqadi va qimmatli qog’ozlarning ko’chib yurishida teskari harakat hosil bo’ladi va kapital chiqarilgan tomonga yo’naladi. Bunda bank konsortsiumlari tizimi orqali hukmronlik qilishni o’z qo’lida saq-lab kelayotgan AQShning investitsiya banklari etakchilik qilib kel-moqda. Bank konsortsiumlari deyilganda chet el zayomlarini joy-lashtirish
bo’yicha bitimlar tuzishda vositachilik qiluvchi hamda bu ishni eng yirik, namoyandasi tushuniladi. Bank konsortsiumi qat-nashchisi chet el obligatsiyasida hamda faoliyati doirasida kvota ola-di. Banklar monopoliyasi ularga yuqori foyda olishni kafolatlaydi. Banklar komission mukofotlari bilan taqdirlanadilar, emission foyda, kafolatlangan foyda (zayomni joylashtirishning kafolat-lanishi) va zayomlarga to’lanadigan foizdan (o’zida qoldirilgan juda likvidlik qimmatbaho qog’oz) foyda oladi. Bu erda davlat ko’proq xususiy zayomlarni kafolatlovchi bo’lib chiqadi foizlarini to’lashni va zayomlarni uzishni ta’minlaydi.
Boshqa bir davlatning, ya’ni iqtisodiy jihatdan uncha rivoj-lanmagan davlatning kafolatlangan zayomlaridan foydalanish alohi-da ahamiyat kasb etdi. Chunki zayomdan tushgan tushumning bir qismi qarzlarini uzishni ta’minlasa, qolgan qismi byudjetga tushdi. Keyingi 10 yilliklarda xalqaro zayomlarning bu shaklidan kamdan kam foydalanilmoqda. Monopoliya xalqaro munosabatlarda birinchi navbatda bevosita kreditor mamlakatlardan foydalanishni afzal ko’rmoqda.
Xalqaro zayomlar o’z vazifasiga ko’ra quyidagi shakllarda beri-lishi mumkin:
Iqtisodiyotni rivojlantirishda ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan zayomlar yoki kreditlar;
Noishlab chiqarish xususiyatga ega bo’lgan, ya’ni qurollanish, urush harakatlari olib borish, huquq-tartibot organlari ta’minoti va h.k. uchun olingan eski zayomlarning foiz (%) larini to’lash maqsadidagi zayom va kreditlar.
Qisqa muddatli ssuda kapitalini chetga chiqarish quyidagi sha-klda amalga oshiriladi.
tijorat va bank kreditlari bo’yicha;
chet el banklaridagi joriy hisob bo’yicha.
Xalqaro savdoda eksportyorlar oborot kapitalini aylanishini tezlashtirish va foyda olish miqdorini oshirish maqsadida qisqa muddatli tijorat va bank kreditlaridan keng foydalaniladi.
Bu xil kreditlarning berilish hajmi xalqaro bozorda mahsu-lotlarning o’tishi muammosi, berilgan kreditning proportsional tengma-teng holda qaytishi bilan bog’liq bo’ladi.
Bank kreditlari bir necha oy muddatga beriladi, tijorat kre-ditlarida esa to’lov muddatlarini cho’zish, uzaytirish mumkin.
Chet el banklari joriy hisoblari kompaniya va banklarga boshqa mamlakatlarning bo’sh pul mablag’larini jalb qilishni ruxsat bera-di;
shuningdek, kompaniyani qaysi mamlakat bozori ko’proq qiziq-tirgan bo’lsa, shu mamlakat bankida ham scheti bo’ladi.
Hozirgi vaqtda investitsiya oqimlarining uchinchi guruhi-«boshqa investitsiya» ko’rinishi mavjud. Bu investitsiya o’z ichiga qisqa muddatli va boshqa xalqaro tashkilotlarning zayomlari, qisqa muddatli depozitlari, chet el valyutalari bilan bitimlar.
Chet el investitsiyasi (bu investitsiyani olgan) mamlakatning iqtisodiyotiga ikki tomonlama ta’sir etadi. Bevosita chet el inves-titsiyasi oqimining afzallik tomonlari shundaki, agar ular:
Barqaror moliyalashtirish manbalar bo’lib xizmat qilsa;
Texnologiyalarni olib kelishga, boshqarish malakalarini oshi-rishga, savdo markalariga, patent va litsenziyalarga xizmat qilsa;
Eksport diversifikatsiya imkoniyatlarini ta’minlasa;
Tashqi bozorlar bilan aloqalarni kengaytirishga;
Investitsiya olgan mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga;
Malakali ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirishni rag’batlan-tirishga xizmat qilsa, ana o’shandagina bevosita chet el investitsiya-sining afzalligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Bevosita chet el investitsiyasi salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Bulardan biri ichki kapital qo’yish (ajratish) chet el investitsiyasi tomonidan siqib chiqarilishi, shuningdek, chet el kom-paniyalari bilan raqobatda bemalol bellasha oladigan mahalliy firmalar, milliy kampaniyalarning siqib chiqarilishidir. Natija-da, milliy kompaniyalar milliy ishlab chiqarish ustidan nazorat qilishdan, shuningdek, milliy rivojlanishning ishlab chiqilgan strategiyasidan mahrum bo’lib qoladi. Agar ishlab chiqarish bo’lin-malari (filiallari) ta’minotining ko’p qismi importga qaram bo’lsa, balans to’lovlari holatiga ham salbiy ta’sir etadi. Inves-titsiya qancha uzoq muddatga cho’zilsa, davlat uchun, korxona uchun shuncha qimmatga tushishi mumkin. Kapital qo’yishning muddati qanchalik uzoq bo’lsa, repartirlashgan va «royalti» foyda summasi shuncha ko’p bo’ladi, bu –«investitsiya qarishi»ni keltirib chiqaradi, boshqacha qi-lib aytganda, chetga chiqarilgan kapital hajmidan sarflangan mablag’ hajmi oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |