Nazorat savollari
Oltin standartga asoslangan milliy valyuta tizimi xususiyat-lari nimadan iborat?
Agarda AQSh xazinasi oltinining 1 untsiyasini 35 dollarga, Buyuk Britaniya xazinasi esa 12,5 funt sterlingga sotsa va sotib olsa, bu valyutalarning oltin pariteti nimaga teng bo’ladi?
Jahon valyuta tizimi shakllanishining asosiy shart-sharoit-larini ayting.
Bretton-Vuds valyuta tizimining xususiyatlari nimadan ibo-rat?
Hozirgi zamon jahon valyuta tizimining xususiyatlari qanday?
Jahon valyuta tizimining qaysi belgilarini ajratish mumkin?
Xalqaro ayirboshlashda foydalaniladigan asosiy to’lov kredit vositalarining tavsifini bering.
Qaysi valyutalar rezerv valyuta sifatida qo’llaniladi?
Valyutaning konvertirlanishi nima va u qanday ko’rinishlarda mav-jud bo’ladi? O’zbek so’mi valyutalarni qaysi turiga kiradi?
Javobingizni asoslang.
Valyuta kursi va kotirovka deganda nimalar tushuniladi?
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1995 yil 25 iyun-dan boshlab hisob va bojxona to’lovlari uchun xorijiy valyuta-larning so’mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi:
1 Angliya funt sterlingi – 47,79
1 AQSh dollari – 29,70
1 Kanada dollari – 21,53
1 Frantsiya franki – 6,12
1 Shveytsariya franki – 25,96
1 EKYu – 39,56
AQSh dollarining kursi o’zbek valyutasiga nisbatan 1242 so’m, Rossiya rubliga nisbatan 26 rubl bo’lsa, o’zbek so’mini Rossiya rubliga bo’lgan kross-kursini aniqlang.
Qaysi valyuta kurslari erkin suzib yuruvchi, cheklangan dara-jada suzib yuruvchi va qayd etilgan valyuta kurslari deb ataladi?
O’zbek so’mini Rossiya rubliga bo’lgan nisbatining doimo o’sishini faraz qilsak, bu holatda o’zbek tadbirkorlariga nima man- faatliroq: o’z mahsulotini Rossiyaga olib chiqishmi yoki Rossiya to- varlarini olib kelishmi?
Valyuta devalvatsiyasi nima va u valyutaning oddiy qardr- sizlanishidan qanday farqlanadi?
Agarda nominal valyuta kursi 5, ikki mamlakatdagi baholar darajasidagi nisbat esa 0,4 ga teng bo’lsa, real valyuta kursi nimaga teng?
Valyuta bozori deganda nima tushuniladi va u qanday funktsiya-larni bajaradi?
Valyuta operatsiyalarining qanday ko’rinishlari mavjud?
Agar o’zbek korxonasi frantsuz firmasi bilan bitim tuzib, unga joriy valyuta kursi bo’yicha keyingi haq to’lansa, bu operatsiya naqd (spot) yoki muddatli hisoblanadimi?
Xalqaro iqtisodiy faoliyatning turlari to’lov balansida qanday aks ettiriladi?
Joriy operatsiyalar schyoti va kapital harakati schyoti bir-biri bilan qanday bog’langan?
Joriy operatsiyalar bo’yicha balans qoldig’i 60, kapital harakati balansi qoldig’i esa +50. Rasmiy rezervlardan tushumlar qanday bo’lishi lozim va u qaysi qatorda aks ettiriladi. Kredit (+) qatoridami yoki debet (-) qatoridami?
To’lov balansi taqchilligini bartaraf etish maqsadida davlat qanday chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |