Xalqaro ayirboshlash tasnifi (mln. AQSh dollarida)
|
1993
|
1994
|
1995
|
1996
|
1997
|
1998
|
1999
|
Joriy hisob (sof)
|
-60 , 6
|
-32,4
|
-27 ,3
|
-15,3
|
35,3
|
-43 , 7
|
-127,2
|
Tovarlar
|
67, 1
|
97,5
|
117,1
|
100,6
|
120,3
|
78,8
|
44,3
|
Eksport
|
3730,5
|
4232,6
|
5086,6
|
5335,6
|
5543,5
|
5429,4
|
5594,3
|
Import
|
3663,4
|
4135,1
|
4969,5
|
5234,9
|
5423,2
|
5350,6
|
5550,0
|
Xizmatlar
|
-18 , 9
|
-4 , 2
|
-16,9
|
-8 , 2
|
2,3
|
- 1 , 2
|
-15 ,4
|
Eksport Kredit
|
995,6
|
1080,4
|
1227,3
|
1309,9
|
1357,9
|
1372,0
|
1382,5
|
Import Debet
|
1014,5
|
1084,6
|
1244,3
|
1318,1
|
1355,6
|
1373,3
|
1397,9
|
Daromad
|
-64 ,9
|
-70,7
|
-79,1
|
-75,7
|
-62,3
|
-96,5
|
-124,5
|
Eksport Kredit
|
919,1
|
922,3
|
1110,6
|
1175,3
|
1234,4
|
1319,4
|
1325,7
|
Import Debet
|
984,0
|
993,1
|
1189,7
|
1251,0
|
1296,8
|
1415,9
|
1450,2
|
Joriy o’tkazmalar
|
-43,9
|
-55 ,0
|
-48,3
|
-32,1
|
-25 , 0
|
-24,8
|
-31 ,6
|
Kredit
|
292,4
|
294,5
|
322,1
|
367,3
|
359,7
|
375,9
|
377,6
|
Debet
|
336,3
|
349,5
|
370,4
|
399,4
|
384,7
|
400,7
|
409,2
|
Kapital hisobi (sof)
|
19,0
|
21,7
|
17,5
|
1,9
|
,1
|
-13 ,6
|
-18,8
|
Moliya hisobi (sof)
|
99,7
|
73,4
|
109,6
|
137,4
|
149,0
|
69,7
|
121,6
|
Bevosita investitsiyalar
|
-7,1
|
-20,1
|
-10,8
|
5,0
|
18,0
|
-2 , 9
|
64,3
|
chet elga
|
225,2
|
-262,1
|
-333,9
|
-366,4
|
-440,0
|
-676,9
|
-846,9
|
|
218,2
|
242,0
|
323,1
|
371,4
|
458,0
|
674,1
|
911,2
|
Portfelli investitsiyalar
|
214,9
|
87,1
|
217,0
|
269,7
|
285,0
|
-44 ,4
|
274,5
|
Aktivlar
|
-534,5
|
-335,3
|
-407,6
|
-647,0
|
-733,3
|
-1038,2
|
-1357,8
|
Passivlar
|
749,4
|
422,4
|
624,6
|
916,7
|
1018,3
|
993,8
|
1632,4
|
Moliyaviy o’tkazmalar
|
- 5 , 6
|
1,3
|
-10,5
|
-11,6
|
-5 , 5
|
-7 , 7
|
25,6
|
Aktivlar
|
-,5
|
3,1
|
41,2
|
27,4
|
38,6
|
78,0
|
104,7
|
Passivlar
|
- 5 , 2
|
-1 , 8
|
-51 7
|
-39 ,0
|
-44,1
|
-85,7
|
-79,1
|
Boshqa investitsiyalar
|
-5 , 3
|
110,2
|
98,5
|
62,6
|
-59 ,6
|
168,2
|
-89,2
|
Aktivlar
|
-431,5
|
-266 3
|
-673,8
|
-759,2
|
-1328,0
|
-309,5
|
-471,6
|
Passivlar
|
426,2
|
376,5
|
772,4
|
821,8
|
1268,4
|
477,7
|
382,5
|
Rezervlar
|
-97,1
|
-105,1
|
- 184,6
|
-188,3
|
-89,0
|
-43 ,5
|
-153,7
|
Sof xatoliklar va yo’qotishlar
|
-58,1
|
-62 ,6
|
-99,8
|
-124,0
|
-184,4
|
-12,5
|
24,4
|
Manba: Balans of Payments Statistics Yearbook. INTERNATIONAL MONETARY FUND. 2000
179
6. O’zbekistonda xorijiy valyutalar bozorining liberallashtirishi
O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning bosh yo’na- lishlaridan biri iqtisodning hamma sohalarini, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hisoblanadi. O’zbekis-ton respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: «Valyuta siyosatini liberallashtirish jarayonida iqtisodni liberallashti-rish va islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha strategiyalar ishlab chi-qilgan».
Bu joriy xalqaro operatsiyalarda so’mning konvertatsiyalashni ta’minlashni taqozo etadi. Bu masalaning echilishi asosiy bosh maq-sad qilib qo’yilgan islohotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda birin-chi darajali ahamiyatga ega. Chunki islohotlardan ko’zda tutilgan maq-sad jamiyatning turmush darajasini yaxshilash edi. Bu mavjud re-surslarni taqsimlash va ulardan samarali foydalanish, mamlakat-ning eksport imkoniyatlarini oshirish, chet el investitsiyasi oqimini kuchaytirish uchun rag’batlantirish, jahon iqtisodiy integratsiya-sini tezlashtirish bilan bog’liq bo’lgan juda ulkan jarayon hisobla-nadi.
1996 yillar oxirlarida O’zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy tuzilishini qayta qurishni jadallashtirish maqsadida xorijiy valyutani cheklash tartibi joriy etildi. Bu tadbirni amalga oshi-rilishi import hajmi va tarkibini nazorat qilish imkonini berdi va natijada umumiy import hajmida investitsiya tovarlarining ulushi oshdi.
Valyuta tartibini cheklashdan ko’zlangan asosiy maqsad milliy valyutaning ayirboshlash kursini oshirish va valyuta bozorida uni boshqa valyutalar bilan parallel ravishda muomalada bo’lishini ta’-minlash edi. Lekin, bunday siyosat muayyan shart-sharoitlardagina qisqa muddatli ijobiy samara berishi mumkin. Masalan, valyutani cheklashning asosiy shartlarida biri valyutani ayirboshlash kur-sidan eksport egiluvchanligi koeffitsientining past bo’lishidir. Buni eksport hajmida xom ashyo, birinchi navbatda, qishloq xo’jalik mahsulotlari ulushi asosiy qismini tashkil etganligi bilan izoh-lash mumkin edi. Bunday vaziyatda chet el valyutasini ma’muriy yo’l bilan taqsimlanishi import hajmiga va strukturasiga ta’sir eta-di. Qisqa va uzoq muddatli istiqbolda valyuta kursiga nisbatan eks-port egiluvchanligi albatta o’zib ketadi. Ayirboshlashning oshiril-gan kursi eksportni qisqartirishga olib keldi. Bu, o’z navbatida, iq-tisodiy o’sish sur’atiga va investitsiya resurslar importiga salbiy ta’sir etadi.
90 - yillar oxirlarida iqtisodiyotda ro’y bergan o’zgarishlar so’mni devalvatsiya qilish va valyuta bozorini erkinlashtirishni ta-qozo etdi. Valyuta bozorini erkinlashtirish quyidagilarga asosla-nadi:
eksport hajmini ko’paytirish va eksportga mo’ljallangan ish-lab chiqarishni kengaytirishga;
narxlar nisbiyligi strukturasini takomillashtirishga;
parallel valyuta bozorini, import qiluvchilarning foyda ber- mayotgan rentalarini bartaraf etish yoki salmoqli qisqartirishni amalga oshirish;
makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlashga;
chet el investitsiyalar oqimini ko’paytirishga;
moliyaviy siyosatni mustahkamlashga.
Chet el valyuta bozorini liberallashtirish jarayoni 2000 yil-ning may oyidan boshlandi. 2000 yilning may oyidan boshlab amalda va turli xil valyuta operatsiyalarini o’tkazishda qo’llanib kelingan birja va birjadan tashqari ayirboshlash kurslari unifikatsiya-lashtirildi. Bunday chora birja kursi so’mning devalvatsiyasini birjadan tashqari darajaga etkazishga asoslangan edi. Hamma ope-ratsiyalar uchun MB ning yagona kursi ishlatila boshladi.
2000 yil 1 iyulga kelib chet el valyuta bozori birja va birjadan tashqari bozorlarga bo’lindi. So’mning konvertatsiyasi, ya’ni chet el valyutasiga almashtirish operatsiyalari birjadan tashqari bozorda o’tkazila boshlandi. Ilgari bunday operatsiyalar O’zbekiston Respub-likasi valyuta birjasida o’tkazilardi.
Birjadan tashqari valyuta bozorida so’mning kursi devalvatsiya qilindi, parallel bozordagi almashinuv kursi darajasida qayd etildi. Chet el valyutalarini birjadan tashqari valyuta bozorida sotish quyidagi operatsiyalar bo’yicha amalga oshirilgan:
davlat tomonidan kafolatlanmagan chet el kreditlarini, chet el valyutasidagi vakolatli bank kreditlarini, shuningdek, davlat tomo-nidan kafolatlangan kreditlarni;
MB litsenziyaga ega bo’lgan korxonalarning import iste’mol tovarlarini realizatsiya qilinishi natijasida tushgan pulni so’m-dagi konvertatsiyasi;
ishlab chiqarish texnikasi uchun belgilangan mahsulotlar, to-varlar, xizmatlar importi;
investitsiya loyihasi asosida ishlab chiqarilgan asbob uskuna-lar va yangi texnologiyalar importi;
lizing beruvchilar mablag’larini tiklash;
divident va daromadlarning ma’lum qismi reportatsiyasi;
ayirboshlash shoxobchalari orqali mavjud chet el valyutalari-ni sotish;
vakolatli banklar orqali banklararo bitim tuzish.
Shu bilan birga, O’zbekistonda eksport hajmini oshirish va chet el valyuta tushumini ko’paytirishni rag’batlantirishga qaratilgan chora- tadbirlar belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2000 yil iyundagi Farmoniga asosan tadbirkorlar o’zlari ish-lab chiqargan mahsulotlari eksportidan kelgan daromadning soliq-qa tortilishdan ozod qilinganligi, shuningdek, ishlab chiqargan tovarlarida eksport ulushi 25% dan 50% gacha bo’lgan taqdirda soliq stavkasi 50 foizga (%) kamaytirilganligi, eksport hajmi 50 foiz va undan oshib ketganda esa mol- mulk solig’i olinmasligi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga asosiy turtki bo’ldi.
1999-2001 yillarda ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida so’m kursini ayirboshlashda ma’lum darajada devalvatsiya bo’ldi (MB kursi 5 marta, birjadan tashqari bozorda 3,5 marta). Shu davr ichida iste’mol baholari 26 marta, YaMM esa 3 marta oshdi. Bu–so’mning haqiqiy ayirboshlash kursi pasayganini va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligi oshganini ko’rsatadi. Markaziy bank va parallel bozorning almashtirish kurslarini teng-lashtirish va milliy valyutani mustahkamlash yo’lida ko’rilgan chora-tadbirlar etarli bo’lmadi. Bu – 2002 yilning birinchi yarim yilligi uchun iqtisodiy va moliyaviy siyosat sohasida Memorandum ishlab chiqilishiga va XVF tomonidan imzolanishiga sabab bo’ldi. Bu Me-morandumda tashqi iqtisodiy faoliyatni va valyuta rejimini erkin-lashtirish, joriy operatsiyalarda milliy valyutaning konvertatsiya-sini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish masala-lari ko’rib chiqildi. Bu sohada qo’yilgan navbatdagi qadam O’zbe-kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va ayirboshlash kurslarini unifikatsiyalash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2003 yil 11 iyunda qabul qilgan qarori bo’ldi. Bu qarorning qabul qilinishi bilan O’zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 12 iyuldagi «Birja-dan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish tadbirlari to’g’risida»gi qarori o’z kuchini yo’qotdi. Yangi qabul qilingan qa-rordan ko’zda tutilgan eng asosiy maqsad–ichki valyuta bozorida almashinuv kurslarini unifikatsiyalash batamom oxiriga etka-zildi.
Keyingi yillarda naqd chet el valyutasi bilan operatsiyalar o’tka- ziladigan bozorlarni erkinlashtirish, valyuta almashtirish opera-tsiyalarini
kengaytirish yuzasidan bir qator ishlar qilindi. Hozir-gi kunda O’zbekiston hududda mingdan ortiq ayirboshlash shoxobcha-lari va 26 ta vakolatli banklar faoliyat ko’rsatib turibdi. Jismo-niy shaxslar – rezidentlar tomonidan naqd chet el valyutalarining sotilishi bilan birga vakolatli banklar obro’li chet el banklari hamda chet el moliya institutlari tomonidan chiqarilgan emitetli yo’l cheklarini sotish yo’lga qo’yigan.
Oxir oqibatda joriy xalqaro operatsiyalarda qatnashtiriladi-gan O’zbekiston respublikasining Milliy valyutasining konverta-tsiyasi ta’minlandi. Hozirgi vaqtda bu tamoyillarni yuridik jihat-dan mustahkamlash haqida gap borar ekan, O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ko’rsatilgan tamoyillar XVF nizomini VIII moddasi talablariga to’la-to’kis mos kelishini aytib o’tish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |