M. Mirsaidov



Download 0,66 Mb.
bet80/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

To’lov balansi


Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to’lov balansida o’z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash yoki valyuta opera- tsiyalari orqali amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimi hisob-lanar ekan, demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyatining natijalari, pirovardida, xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansi bu –bir tomonida chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi to-mondan esa mamlakat chetga chiqaradigan barcha to’lovlari ko’rsa-tilagan hujjatdir. Tushum (kredit) faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin, aksincha, xorijiy mahsulotlarni sotib olish (yoki import) to’lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan (debit) bog’liq bo’ladi. Bunda tovar deganda ayirbosh-lanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyuta bo’lishi mumkin.

To’lov balansining tarkibiy tuzilishi


Barcha tashqi iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’-linadi; joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar (4- jadval).
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balan-sining qoldig’i deb yuritiladi. Bizning misolda bu balans sal-biydir, ya’ni mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko’ra ko’proq olib keladi (—80).
12-jadval
Mamlakat to’lov balansining taxminiy ko’rinishi
(raqamlar shartli)


№ Moddalar nomi



Kredit (+) yoki eksport hisobiga tushumlar

Debit (-) yoki import natijasidagi xarajatlar

Sof kredit yoki sof debit

I Joriy operatsiyalar schyoti










1 Tovarlar

+ 125

- 205

- 8 0

2 Tashqi savdo balansiningqoldig’i







- 8 0

3 Xizmatlar

+35

- 3 7

-2

4 Investitsiyalardan










daromadlar (foizlar va

+ 17

- 1 0

+7

dividendlar)










5 Pul o’tkazishlar

+1

-8

-7

6 Joriy operatsiyalar










bo’yicha balansning







-82

qoldig’i










II Kapital harakatining










schyoti










7 Investitsiyalar va










boshqa o’rta va uzoq

+ 90

- 3 7

+53

muddatli kapital










8 Kapital harakati balansining qoldig’i







+53

9 Joriy operatsiyalar va










kapital harakati bo’yicha







-29

balansning qoldig’i










III Rasmiy rezervlar










(oltin, SDR, XVF dagi

+29




+29

rezervlar)










Joriy operatsiyalarning keyingi bosqichi xizmatlar eksporti va importidir. Ularga transport, sug’urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar kiradi. Tovarlar bilan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan operatsiyalarda ham mamlakat xorijiy xiz-matlarni ko’proq oladi, ya’ni mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan sayyohlarga nisbatan ko’proq boradilar, shuningdek, mam-lakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug’urta xizmat-lari ko’rsatish hajmi, xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trans-port va sug’urta kompaniyalari ko’rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq. Bu operatsiya ham balansning salbiy qoldi-g’iga ega (—2).
Investitsiyalardan daromadlar foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan mil-liy kapitalga chet elliklarning amalga oshiradigan bunday to’-lovlaridan tushumlar, mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapitaldan bunday to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad ijobiy bo’ladi (+7).
Pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fu- qarolariga to’lanadigan nafaqalarni, muhojirlarning xorij-dagi o’z qarindoshlariga pul o’tkazishlari, turli ko’rinishdagi hukumat yordamlarini (insonparvarlik) o’z ichiga oladi. Jadval-dan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar miqdori olinayotganga nisbatan yuqori, ya’ni bu operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (—7).
Joriy hisoblar bo’yicha barcha operatsiyalar yig’indisi jo-riy operatsiyalar to’lov balansini tashkil etadi. Bizning misol-da u salbiy (—82), bu esa shuni anglatadiki, mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport operatsiyalari ta’minlaydigan taklifidan ortiq bo’ldi. yoki boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat joriy operatsiya-lar bo’yicha taqchillikka ega. Uni qoplash uchun mamlakat yo qarz oladi (uzoq va qisqa muddatli kreditlar), yo o’z ko’chmas mulkini (er, bino) va moliyaviy aktivlarini (aktsiya va obligatsiyalar) sotadi.
Biroq mamlakat joriy to’lov balansining ijobiy qoldig’iga ega bo’lishi mumkin. Agar uning eksport operatsiyalari import operatsiyalaridan ortiq bo’lsa, shunday hol yuz beradi. Bunda mamlakat chet elda ko’chmas mulk sotib olish yoki boshqa mam- lakatlarga qarz berishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan xorijiy valyuta ortiqchaligiga duch keladi. Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operatsiyalar to’lov balansining keyingi bo’limida, ya’ni kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi. Bu erda mod-diy va moliyaviy aktivlarni (korxonalar, er, uylar, qimmatbaho qog’ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqalar) oldi-sotdi bilan bog’liq kapitallar oqimini aks ettiradi. Agar bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, unda bu xorijiy valyutani mamlakatga kelishini, tushumini ko’paytiradi (+90). Biroq kapi-talni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’-liq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakat tadbir-korlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kredit-lar beradi va shu asosda, ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarf-laydi. Bu operatsiyalar debit ko’rinishida aks ettiriladi (–37). Kapital harakati
balansining qoldig’i–bu uni olib kelish va olib chiqish o’rtasidagi farq (+53) hisoblanadi.
Avval aytib o’tilganidek, joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati balansi o’zaro chambarchas bog’langan. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (–82) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga (+53) moliyalashtiriladi. Va aksincha, agar joriy operatsiyalar bo’yicha balans aktivga ega bo’lsa, u holda bir vaqtda kapitallar harakati balansi bo’yicha kapitallarning sof kelib chiqishi amalga oshirilgan bo’lardi.
Shunday qilib, balansning bu ikki bo’limi bir-birini teng-lashtirib boradi va aslida ham bir-biriga teng bo’lishi kerak, biroq amalda doimo taqchillik yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Shuning uchun turli mamlakatlarning Markaziy banklari ras-miy rezervlar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega. Bu rezervlar joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati balansi nomutanosibligini bartaraf etishda qo’llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (–29) ni tashkil etadi va u rasmiy rezervlardan tushumlar hisobiga tartibga solin-gan. Rezervlardan tushumlar kredit (+) ustunida aks ettirilgan, chunki mamlakatda xorijiy valyuta taklifini ko’paytirish boshqa har qanday eksport operatsiyasiga xosdir. Natijada, to’lov balan-sining qoldig’i umuman «0» ga keltirilgan.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish