M. Mirsaidov



Download 0,66 Mb.
bet87/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

Kapital resurslari o’z ichiga aktsiya ko’rinishidagi kapitalni, qayta investitsiyalangan foydani, firmalararo uzoq muddatli bi-timlarni oladi.
Nomoddiy aktivlar o’z ichiga noishlab chiqarish va nomoliyaviy resurslarni, mulkchilik huquqini (patentlar, savdo belgisidan foy-dalanish huquqi, sanoat dizayni va h.k.), shuningdek nashr etish, ish-lab chiqarish asl va ko’chirma nusxalardan foydalanish huquqini be-ruvchi litsenziya bitimlari asosida bu aktivlardan foydalanish.
XX asrning 90-yillarning oxirida bevosita xorijiy investi-tsiyalashni jadallashuvining sabablari:

  • Korxonalarning ustunligi tufayli kapital bilan amalga oshi-riladigan operatsiyalar nafliligi;

  • Tufayli turli mamlakatlarda soliq stavkalari va imtiyozlarni har xilligiga yuqori soliqqa tortilishdan intilish.

Portfelli investitsiyalarini to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiya-laridan farqi shundaki, bunda qochishga chet el korxonalariga kapi-tal qo’ygan shaxs korxonalar ustidan nazorat qilib turish huquqiga ega bo’lmaydi. Portfel investitsiyasini qabul qilib olgan mam-lakatda investorning shaxsan o’zi bo’lishi ham shart emas. Portfel investitsiyalar o’z xususiyatiga ko’ra, chayqov kapitali bo’lib, mam-lakatlar o’rtasida fan stavkasi farq qilganda tez olib chiqib keti-ladi.
Xorijiy portfelli investitsiyalar aktsiya, obligatsiya moliyaviy instrumentlarini o’z ichiga oladi. Xalqaro valyuta fondi yoki ikki-lamchi moliya vositalar optsionlar, forvard kontraktlari va «svop» bitimlarini ham portfel investitsiyalar tarkibiga qo’shadi.
Portfel investitsiyalari bo’yicha qo’yilgan mablag’lar egasigina shaxs divident olish huquqiga ega.
Bunda investor sifatida kompaniyalar, tijorat banklari, trast investitsiya fondlari, pensiya fondlari, xedjir fondlari, qo’shma fondlar, ijtimoiy va hududiy fondlar investor sifatida bo’lishi mumkin.
Portfel investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy sababi xavflarni foyda olish va kapitalni portfel diversifikatsiya aso-sida yuzaga keladigan kamaytirish hisoblanadi. Portfel investi-tsiyalari hajmi bo’yicha xalqaro kapital oqimining asosiy shakli bo’lib hisoblanadi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab xorijiy portfel inves-titsiyalarining o’sishi kuzatildi. Buning sababi quyidagilar bilan belgilanadi:

  • Moliya bozorlarini globallashuvi va erkinlashtirilishi–bu moliya kapitallarini erkin ko’chib yurishi va kamchiqimliligi bilan bog’liq;

  • Ko’plab rivojlanayotgan bozorlarda makroiqtisodiy vaziyat-ning yaxshilanishi;

  • Institutsional jamg’armalar va aktivlar malakali boshqaruvi-ning o’sishi (qo’shma fondlar, xedjer fondlari va h.k.) – bu moliyaviy bitimlarda tijorat banklar ko’rsatkichlariga nisbatan operatsiya xarajatlarini kamayishiga olib keldi;

  • Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi taraq-qiyoti xorijiy mamlakatlar va kompaniyalarga katta hajmdagi axbo-rotlarni operativ etkazib berish imkoniyat berdi.

To’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalar o’rtasida chegarani aniqlash juda murakkab. Bu har ikki tur investitsiyalar orasidagi farqlar quyidagilardan iborat:

  • Investorga qo’ygan kapitali ustidan nazorat qilish huquqi-ning berilishiga qarab;

  • Operatsiyalarni bajarish muddatiga qarab; bevosita investi-tsiyalar uzoq muddatli mablag’ qo’yish, portfelli investitsiyalar qisqa muddatli va ko’proq likvidli bo’ladi;

  • Moliyalashtirish manbalariga ko’ra; bevosita investitsiyalar firmalarning ichki aloqalari hisobidan moliyalashtiriladi, pul massasi takliflarining o’sishiga, narxlar darajasining ko’tarili-shiga yordam beruvchi portfel investitsiyalarni milliy kompaniyalar va banklar taqdim etadi;

  • Investitsiyani qabul qilgan mamlakatning iqtisodiyotiga tur-licha ta’sir: bevosita investitsiyalar iqtisodiyotning mikrodara-jasiga, ayniqsa, katta ta’sir ko’rsatadi, yangi texnologiyalarni olib kelishga rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilishi–strukturasini o’zgartirishga ta’sir qiladi. Portfel investitsiya ko’proq makroiq-tisodiy parametrlariga ta’siri ko’p;

  • Investitsiya qo’yish haqida qaror qabul qilinishiga ta’sir etuvchi omillar: portfel investitsiyalarini qo’yish asosan tashqi omillarni baholash bilan bog’liq bo’lsa, bevosita investitsiyalarni qo’yish makroiqtisodiy omillarni baholash bilan bog’liq bo’ladi;

  • Bevosita kapital qo’yish uni qabul qilib olgan mamlakat iqtisodiyotini destabilizatsiya qilishga unchalik ta’sir ko’rsatmay-di, bevosita chet el kapitalini kiritish investitsiyani qabul qilib olgan mamlakat to’lov balansidagi difitsitini ko’paytirib yubori-shi mumkin;

  • Investitsiyani oluvchi mamlakatlar uchun investitsiyaning turli xil darajadagi engilliklari mavjud.

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar tashqi savdo bilan o’zaro aloqador. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’zaro to’ldi-ruvchi va bir-biriga o’zaro bog’langan ikki xil ko’rinishidir. Bevo-sita chet el investitsiyalarining tashqi savdodan asosiy farqi shun-daki, qaysi mamlakatning qaysi bir korxonasiga investitsiya kiri-tilgan bo’lsa, investorning mulkdorlik huquqi saqlanadi va u qo’-yilgan kapital hisobidan foyda olib turadi. Bu erda yana shuni aytib o’tish kerakki, bevosita chet el investitsiyalari moliyaviy va tovar shakli ko’rinishida qo’yilishi mumkin. Bevosita chet el in-vestitsiyalari mamlakati iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mab-lag’ni qabul qilib olayotgan tomon oldidagi investorning uzoq mud-datli majburiyati hisoblanadi. Shuningdek,
iqtisodiyotini rivoj-lantirish uchun investitsiya olayotgan tomon ham investor qo’yilma-sini kafolatlashi kerak bo’ladi.
O’zaro to’ldiruvchilar quyidagilar:

  • Tovarlarni eksport qilish ikki yo’nalishda bo’ladi. Bevosita eksport asosida va chet eldagi ishlab chiqarishga bevosita chet el in-vestitsiyalarini qo’yish asosida.

  • Umumiy omillar, eksport operatsiyalar zarurligi.

  • O’zaro bir-birini rag’batlantirish.

  • Savdo-sotiqqa nisbatan davlat siyosati to’g’ri investitsiya oqimiga kuchli ta’sir qiladi.

  • Chet el investitsiyalari va tashqi savdo eksportining etakchi sub’ektlari transmilliy korporatsiyalar hisoblanadi. (Bevosita umumiy chet el investitsiyalarining deyarli 95 foizi ularning his-sasiga to’g’ri keladi).


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish