To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni eksport va import qiluvchi etakchi davlatlar (2003 y. mlrd AQSh dol.)
Eksport
|
Import
|
mamlakatlar
|
investitsiyalar
|
mamlakatlar
|
investitsiyalar
|
AQSh
|
151,1
|
Lyuksemburg
|
87,6
|
Lyuksemburg
|
96
|
Xitoy
|
53,5
|
Frantsiya
|
57,3
|
Frantsiya
|
47
|
Buyuk Britaniya
|
55,1
|
AQSh
|
29,8
|
Belgiya
|
36,6
|
Belgiya
|
29,5
|
Gollandiya
|
36,1
|
Ispaniya
|
25,6
|
Yaponiya
|
28,8
|
Irlandiya
|
25,5
|
Ispaniya
|
23,4
|
Gollandiyal
|
19,7
|
Kanada
|
21,5
|
Italiya
|
16,4
|
Shvetsiya
|
17,4
|
Buyuk Britaniya
|
14,5
|
Rivojlanayotgan mamlakatlar. Rivojlangan mamlakatlarning bevosita kapital chiqarishlari, eksport va importining o’sish sur’-atlari va dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichlarga qaraganda rivojla-nayotgan mamlakatlarda bevosita chet elga investitsiyalar chiqarish-ning eksport va import o’sish sur’atlari darajasi yuqori. Rivoj-lanayotgan mamlakatlar ana shu xususiyatlari bilan ajralib turibdi. Kapitalni qabul qiladigan va chetga chiqaradigan asosiy mamlakatlar Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlaridir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning dunyo kapital bozorida mu- vaffaqiyatga erishishiga ta’sir ko’rsatgan asosiy omillar inves-titsiya rejimining erkinlashtirish (Xitoy, Meksika, Argentina, Braziliya) va keng qamrovli xususiylashtirish olib borilganligi deb ko’rsatish mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bevosita kapital oqimining o’ziga xos xususiyati: rivojlanayotgan mamlakat-lar o’rtasida kapital oqimining o’sib borayotganligi va u bir guruh yirik va badavlat mamlakatlarda kontsentratsiyalanayotganligi, ya’ni to’lanayotganligidir.
Asosiy importchilar Argentina, Braziliya, Meksika, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Syan-gan mamlakatlari bo’lib, ular hissasiga rivojlangan mamlakatlar umumiy kapital oqimining 60%i to’g’ri keladi. Eksportchi-mamla-katlar Syangan, Tayvan, Singapur, Xitoy, Malayziya, Quvayt, Chili va Braziliya hisoblanadi.
Ssuda kapitalining jahon bozori. Ssuda kapitali bozori-ning bir qismi bo’lib, bu erda uning mamlakatlararo harakati amal-ga oshiriladi va unga bo’lgan talab va taklif shakllantiriladi.
Chet el mamlakatlari yuridik va jismoniy shaxslariga ssuda si-fatida berilgan kapital bitim ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Jahon kapital bozorining rivojlanishi ssuda kapitalining uzoq muddatli harakati tendentsiyalari sharti bilan bog’liq; bu harakatni nazorat qilib turuvchi davlat-huquqiy me’yorlarining erkinlashuvi-(libe-ralizatsiyasi); qimmatli qog’ozlar ta’sir doirasining kengaytiri-lishi; jahon iqtisodiyotidagi kuchli integratsion jarayonlar; kapi-tal kontsentratsiyasi; banklararo telekommunikatsiyaning rivojla-nishi.
Hozirgi paytda 13 ta xalqaro moliya markazlari juda muhim ahamiyat kasb etgan. Bular orasida: Nyu-York, Panama, London, Tsyu- rix, Lyuksemburg, Frankfurt-na-Mayn, Tokio, Bagota orollari, Singapur, Bahrayn va hokazolar. Bu Markaziy banklarning chet el-larda 800 dan ortiq filiallari mavjud.
Bu bozorlarning asosiy ta’minotchilari TMK (TNK), hukumat-lar, xalqaro valyuta-krediti va moliyaviy tashkilotlardir. Shunisi ham borki, evro kreditlar faqat oliy toifadagi zayomchilarga be-riladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning chet el zayomlarini bozor narxida olish imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun ular bevosita investitsiyalardan, xalqaro tashkilotlarning zayyomlaridan ko’proq foydalanadilar. Valyuta- kredit operatsiyalarining xususiyatiga qa-rab, jahon ssuda kapitali bozorini quyidagi sektorlarga bo’lish mumkin.
Jahon pul bozori asosan banklararo qisqa muddatli bitim-larni ro’yobga chiqaradi. Bozorda amalga oshirilgan operatsiyalarning 70% ular hissasiga to’g’ri keladi. Kredit muddati bir kundan to bir yilgacha belgilanadi. Operatsiyalar chet el valyutasida amalga oshi-riladi. Asosiy kreditorlar tijorat banklari, zayom taklif etuvchi-lar-firmalar, kredit moliya institutlari va davlatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |