Xizmatlar o’ziga xos tovar ko’rinishiga ega. Xizmatlarni vu-judga keltirishning jarayonlari ham bor. Xizmatlar shu jarayon-lardan tashqarida yashay olmaydi. Ularning tovar-buyumlardan far-qi shunda. Xizmatlar tovarlarni bir joydan ikkinchi bir joyga ko’chirib yurish, odamlarning ko’chib yurishi hamda axborotlarni uzoq masofalarga uzatish bilan bog’liq. Xizmatlarni iste’mol qi-lish bilim olish, kasb mahoratini oshirish, sog’liqni tiklash (rek-reatsiya) bilan ham bog’liq. Xizmatlar iste’mol jarayonida vosita-chilik qilib, uzoq muddatda foydalanish uchun mo’ljallangan to-varlarni iste’mol qilish xususiyatlarini ta’minlagan holda ish-latish imkonini beradi.
Ular dunyo xo’jaligining ajralmas qismiga aylanib qoldi va milliy iqtisodiyotning qay darajada rivojlanganini tavsiflab beradi. Hozirgi vaqtda aholining yashash turmush darajasini is-te’mol qilayotgan xizmatlar soni va sifati bilan aniqlash mum-kin. Vositachilik xarakteriga ega bo’lgan barcha xizmatlar ko’p ji-hatdan barcha ishlab chiqarish jarayonlarining, birinchi navbatda, tovar-pul munosabatlari samaradorligini belgilab beradi.
Xalqaro xizmatlar savdosi o’ziga xos qator xususiyatlarga ega. Jumladan, xizmatlarni ko’pincha sezib bo’lmaydi, ularning ko’pchi-ligi buyumlarga o’xshamaydi, ishlab chiqarish va iste’mol qilish bilan ajralmagan holda bo’ladi, bir xil emas, sifat jihatdan o’zgaruvchan, taklif etiladigan xizmatlarning ko’pchiligi saqlash uchun noloyiq. Ular bojxona nazoratidan ham o’tmaydi. Xizmat-larning ma’lum bir qismini (kommunal xizmatlar) o’z tabiatiga ko’ra xalqaro oborotga kiritish mumkin emas. Qoidaga ko’ra, xiz-matlar sohasi moddiy ishlab chiqarish sohasiga qaraganda davlat tomonidan ko’proq himoya qilingan. Bu har ikki soha o’zaro mus-tahkam bog’langan.
UST tasnifiga ko’ra xizmatlarning 600 turi mavjud. Xizmat-larni tasniflash xizmatlarning belgilariga qarab ma’lum maq-sadlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Xizmatlarni belgilariga ko’ra xalqaro iqtisodiy munosabat-larning turli shakllariga mos ravishda quyidagi guruhlarga ajra-tib ko’rsatish mumkin:
–xalqaro savdoga bog’liq xizmatlar, yuk va yo’lovchi tashishni sug’urtalash;
–chet el kapitalini qo’yish bilan bog’liq bo’lgan bank va boshqa moliyaviy tashkilotlar xizmatlari: bunga qurilish va montaj ish-lari
ustidan nazorat o’rnatish hamda tadqiqot loyihalash ishlari-ni olib borish bilan bog’liq professional xizmatlar ham kiradi.
–bir vaqtning o’zida savdo va investitsiyaga bog’liq bo’lgan xizmatlar – ya’ni aloqa, axborot, ishga aloqador bo’lgan tovarlar va xizmatlar, konsultatsiya berish xizmatlari kiradi.
–shaxslarning qisqa (bir yilgacha) muddatli davrda chet elda bo’lgan vaqtida iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar.
BMT tasnifiga muvofiq xizmatlar hisobiga xizmat deb tur- kumlangan 160 ta faoliyat kiradi. Ular 12 asosiy guruhlarga bo’-lingan:
ishga aloqador xizmatlar - xizmat turining 46 tarmog’i;
aloqa xizmati –25 turda;
qurilish va injiniring xizmati -5 turda;
distribyutorlik xizmatlari – 5 turda;
umumta’lim xizmatlari -5 turda;
atrof-muhitni himoya qilish xizmatlari – 4 turda;
sug’urtalash ham qo’shilgan moliyaviy xizmatlar – 17 turda;
soliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar - 4 turda;
turizm va sayohat - 4 turda;
sport va madaniyatga oid xizmatlar -5 turda;
transport xizmati – 33 turda;
boshqa xizmatlar.
Milliy iqtisodiyotda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi, holati va uning xalqaro savdoda tutgan o’rnini baholash uchun bir qator ko’rsatkichlardan foydanaladi:
Jahon savdosi u yoki bu mamlakatning ulushiga jahon savdo-si xizmatlari umumiy hajmiga nisbatan foiz (%) hisobida ko’zda tutilgan tashqi xizmat.
YaIM mamlakatlarining savdo xizmatlaridagi o’rni.
YaIM mamlakatlarida ekport tovarlari ulushining ekport xizmati ulushiga nisbatan aniqlanadigan indeks xizmat.
Indeks hajmining kichikligi mamlakat iqtisodiyotida xizmat sohasining ahamiyati nihoyatda katta ekanligidan dalolat bera-di.
Mamlakat savdo xizmatlaridagi eksport xizmat ulushi netto- eksport qiluvchi yoki netto-import qiluvchi deb tariflanadi.
Tashqi savdo kvotasi YaIMning xizmat ko’rsatish sohasidagi ulushiga nisbatan tashqi savdo xizmat ulushini ko’rsatadi.
Tashqi savdo xizmatlarining odamlar tomonidan iste’mol qilinishi.
Mamlakatning xalqaro savdo xizmatiga nisbatan eksportga
ixtisoslashuvining ma’lum darajadagi koeffitsienti eksport xizmati ko’rsatuvchi mamlakatning umumiy eksport xizmatining jahon eksport xizmatida qatnashuvchi mamlakatlarning ko’rsatgan xizmatlariga nisbatan foiz (%) ulushi; bunda uncha ahamiyatli bo’lmagan ko’rsatkichlar iqtisodiy yuksak darajada rivojlanishdan darak beradi.
Mamlakatlarning xizmat ko’rsatishning ma’lum bir turi bo’-yicha ixtisoslashuvi iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan aniq-lanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq moliyaviy, tele-kommunikatsion, informatsion va ishga oid xizmatlar bilan shu-g’ullanadilar. Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Shveytsariya va AQSh kabi rivojlangan mamlakatlar maorif va sog’liqni saqlash sohasidagi xizmatlar eksporti bo’yicha etakchi o’rinni egallay-dilar. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun transport, turistik va moliyaviy (offshor) xizmatlari bo’yicha ixtisoslashishi xarakter-lidir. Xizmatlarda aks etishning xususiyati shundaki, xalqaro miqyosdagi xizmatlarga haq, joriy to’lov balansi hisobi bo’yicha o’tkaziladi.
Jahon savdosi rivojining hozirgi bosqichi umumiy yo’na-lishi jahon tovar savdosi o’sishi sur’atiga qaraganda jahon savdo xizmati sur’ati ilgarilab ketganligi bo’lib hisoblanadi. Ayrim davlatlarning tashqi savdo oborotida ham, xalqaro ayirboshlashda ham xizmatning ulushi ortib bormoqda. XX asrning so’nggi yigir-ma yilligida xizmat sohasiga chet el investitsiyalarining kirib kelishi juda ilgarilab ketganligi kuzatildi. Xalqaro valyuta fondi hisob- kitoblariga ko’ra, xalqaro savdo sohasida umumiy eksport hajmining 25 foiz ulushi xizmatlarga to’g’ri keladi. Shun-ga qaramay, xalqaro savdo sohasida tovarlar savdosi etakchi o’rin- ni egallab turibdi.
XX asrning saksoninchi yillaridan boshlab jahonda xalqaro savdo xizmati tez sur’atlarda o’sayotganligi qayd etilmoqda. Yalpi xalqaro tovar oborotida jahon savdo xizmat solishtirma hajmi 1999 yilda 1980 yildagi 17% dan 25% ga o’sdi. Eksport xizmatlar hajmi 1990 yilda 1339,2 mlrd. dollarni, import xizmatlar hajmi 1334,3mlrd. dollarni tashkil etdi, jahon eksport xizmatining o’sish hajmi 2% ga teng deb baholangan (1997-98 yillardagi moli-yaviy krizis bunga salbiy ta’sir ko’rsatgan).
Ayrim mamlakatlar oborotida savdo xizmatlarining hissasi 15% dan 30% gacha to’g’ri kelmoqda. Savdo xizmatlarining 3/4 qis-mi Singapur va Syangan kabi rivojlangan etakchi mamlakatlar his-sasiga to’g’ri kelmoqda. AQSh, Germaniya va Frantsiya etakchi rol o’ynab kelmoqda. XX asr oxirida jahondagi ettita mamlakat – Bu-yuk Britaniya, Frantsiya,
Germaniya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, AQSh davlatlariga jahon savdo xizmat oborotining yarmi to’g’ri keldi.
Asosiy xizmatlarni eksport qiluvchilar G’arbiy Evropa mam- lakatlari hisoblanadilar – ularning eksport xizmatining hajmi 1999 yilda 630,0 mlrd. dollarga teng bo’lgan. Undan keyingi o’rinlarda Shimoliy Amerika (284 mlrd.) Osiyo mamlakatlari (267 mlrd. dollar), shu jumladan, Yaponiya (60 mlrd. dollar) turadi.