Dunyoning eng yirik sanoat korporatsiyalari
O’rin
|
Korporatsiya
nomi
|
Mamlakat
|
Sotish hajmi,
million $
|
Hissadorlik
kapitali mln. $
|
Ishlovchilar
soni kishi
|
1
|
General Motors
|
AQSh
|
133621,9
|
5597,5
|
710800
|
2
|
Ford Motor
|
AQSh
|
108521,0
|
15574,0
|
322200
|
3
|
Exxon
|
AQSh
|
97825,0
|
34792,0
|
91000
|
4
|
Royal Dutch
Shell
|
Buyuk
Britaniya
|
95134,4
|
51505,6
|
117000
|
5
|
Noyota Motor
|
Niderlandiya
|
85283,2
|
44593,1
|
109279
|
6
|
Hitachi
|
Yaponiya
|
68581,8
|
28898,1
|
330637
|
7
|
Intl.Business
Machines
|
AQSh
|
62716,0
|
19738,0
|
267196
|
8
|
Matsushita
|
Yaponiya
|
61384,5
|
32118,6
|
254059
|
9
|
General Electric
|
AQSh
|
60823,0
|
25824,0
|
222000
|
10
|
Daimler-Benz
|
Germaniya
|
59102,0
|
10108,7
|
366736
|
11
|
Mobil
|
AQSh
|
56576,0
|
16474,0
|
61900
|
AQShning 10 ta yirik korporatsiyalarining ilmiy tadqiqotlarga sarflagan xarajatlari Buyuk Britaniya va Frantsiya birgalikda sarf-lagan xarajatlaridan ko’pdir. Jahon iqtisodiyotida etakchi o’rinni egallab kelayotgan 100 ta TMKlar mavjud. Ular hissasiga jahon bo’yicha ishlab chiqarilayotgan YaMMning 4-7% to’g’ri keladi. Ular ulkan konglometlar bo’lib, faoliyati jahon iqtisodiyotining ko’plab tarmoqlarini va jahonning deyarli barcha mintaqalarini qamrab olgan. TMKlarning moliyaviy aktivlari summasi XX asr oxirida 2,1 trillion dollarni, ularning chet ellardagi aktivlari 13,3 milliard dollarni tashkil etgan edi. TMKda 6 million kishi ish bilan band bo’lgan edi. 100 ta eng yirik ana shu TMKga chet el aktivlarining 15%, savdoning 22% va ish bilan bandligining 19% to’g’ri keladi. TMKlarning kelib chiqishining asosiy vatani bo’lib Evropa it-tifoqi davlatlari, AQSh, Yaponiyadir. Ularning faoliyati asosan avtomobil, elektronika va neft, ximiya, farmatsevtika sanoatlari mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan.
BMTning tashkiloti YuNKTAD tomonidan 1990 yildan boshlab TMKlarning faoliyatlarni baholash maqsadida «transmilliylik in-deksi» deb ataluvchi ko’rsatkichlari joriy etildi. Iqtisodi yuksak Gollandiya, Belgiya kabi rivojlangan, lekin nisbatan kichik mam-lakatlar, shuningdek Kanada ancha yuqori indeksga ega.
Bu mamlakatlar TMKlarining «Transmilliylik indeksi» o’rta-cha 92- 98 foizni tashkil etgan bo’lsa, Evropa Ittifoqi davlatlarida 63 foizga teng bo’ldi.
Iqtisodiyot tarmoqlari ichida «transmilliylik indeksi» ko’r-satkichi yuqori bo’lgan tarmoqlarga axborot olish vositalari, oziq-ovqat va ichimliklar, qurilish, ximiya, farmatsevtika, elektronika va elektron qurilmalari tarmoqlari kiradi.
YuNKTAD ma’lumotlari bo’yicha 50 ta yirik kompaniyalar ri- vojlangan mamlakatlarda joylashgan. Bulardan ikkitasi Petroleos de Venesuela va DEU korporeyshn jahonning 100 ta yirik TMKlari ro’yxatiga kiritilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashgan TMKlarning chet el aktivlarining o’rtacha miqdori 1,3 milliard dollarni tashkil etadi. Bularning joylashgan erlari Janubiy Koreya, Xitoy, Venesuela, Meksika, Braziliya mamlakatlardir. Maz-kur mamlakatlar chet el aktivlarining 80 foizi bu guruh kompaniya-lariga to’g’ri keladi. Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarning tar-moqlar ayirmalarida oziq- ovqat, ichimliklar, neft sanoati va qu-rilish ustunlik qiladi.
O’tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakatlar joylashgan TMK ish bilan bandlik darajasi juda past, o’rtacha 12 %ni tashkil etadi. O’rtacha «transmilliy indeks»i bu guruh kom-paniyalar uchun 14% qilib belgilangan. Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida joylashgan. Tarmoqlar ayirmalarida transport, himoya va farmatsevtika, tog’-kon sanoati, neftni qayta ishlash asosiy o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |