VIII bob. HOZIRGI ZAMON XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLARDA TRANSMILLIY
KORPORATSIYALAR
Transmilliy korporatsiyalar tushunchasi va ularni jahon iqtisodiyotidagi roli
TMKning raqobat va integratsiya bo’yicha strategiyalari
TMK va chetga kapital chiqarish
TMKlar va davlatlar o’rtasidagi munosabat
O’zbekistonda TMKlar faoliyati
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) tushunchasi va ularni jahon iqtisodiyotidagi roli
Xalqaro korporatsiyalar XX asrning so’nggi choragidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining muhim elementi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning bevosita ish-tirokchilari bo’lib hisoblanadi. Xalqaro korporatsiyalar, bir tomon-dan, tez rivojlanayotgan xalqaro iqtisodiyot munosabatlarning mah-suli bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning o’zi xalqaro munosabatlarga ta’sir etuvchi qudratli kuch hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini jahon miqyosida rivojlanishi asosida eng muhim omil bo’lib tashqi iqtisodiy operatsiyalar-tovar, xizmat-lar eksporti va importi, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish yotadi.
Hozirgi kunda tadbirkorlik kapitalining mamlakatlararo hara-katiga asoslangan xo’jalik birlashmalarini yaratish jahon iqtiso-diyotining asosiy omili bo’lib qolmoqda. Kapitalning harakati mo-liyaviy oqimlarning kreditorlar va debitorlar, mulkdorlar va ularning firmalari o’rtasidagi harakati ko’rinishida yuz beradi.
Kapitalning xalqaro harakatidan ko’riladigan samara tashqi savdo yoki ishchi kuchi migratsiyasidan farq qilmaydi. Qaerda inves-titsion loyihalarning qaytimi ta’minlansa, kapital oqimlari o’sha erda mujassamlashadi.
Hozirgi vaqtda kapitalning xalqaro harakatida transmilliy korporatsiyalarning o’rni tobora ortib borayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Zamonaviy globallashuv jarayonini xarakatlantiruvchi kuchi sifatida TMKlar vujudga keldi. Ichki korporativ mehnat taqsi-moti asosida davlatlararo an’anaviy mehnat taqsimoti yotadi. TMK nazorati ostidagi xalqaro ishlab chiqarish (bosh firma va filial-lar) jahon ishlab chiqarishining 25% ini tashkil qiladi.
Xalqaro bo’linish jarayonidagi tub o’zgarish TMK tarkibiga qay-ta ishlash sanoati kompaniyalarini jalb qilishga olib keldi.
Tovarlarni yaratish va ularni sotish sohasida funktsiyalarga bo’-linish jarayonlari va bu funktsiyalarning jahon bo’yicha birlashuvi TMKning bir qator xalqaro strategiyalarini yiriklashtirish aso-sida xalqaro ishlab chiqarishning integratsiyalashgan tizimini yara-tishga olib keldi.
TMKlarni vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqaruvchi kuchlarni milliy chegaralar osha rivojlanishi asosida ishlab chiqa-rishni va kapitalni xalqarolashuvidan iborat edi. TMKlar doira-sini kengayishining
yana bir sababi uning iqtisodiy jihatdan yuqo-ri samaradorligi bo’lib, ishlab chiqarish tarmoqlarda katta hajm-dagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni qisqa muddatlarda yo’lga qo’ya olishi bilan belgilanadi. Raqobat bardoshlikni ta’minlash ham ish-lab chiqarishni va kapitalni xalqaro miqyosda kontsentratsiyalash zaru-riyatini keltirib chiqardi. Bu esa kompaniyalarga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va yuqori daromad olish imkoniyatini yaratdi.
Ilmiy taraqqiyot va axborot texnologiyalari TMKlar uchun o’z- larining barcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish va dunyoning turli mamlakatlarida joylashtirilgan ishlab chiqarishlarini muvaf-faqiyatli koordinatsiyalash imkonini yaratdi. Pirovard natijada olingan tayyor mahsulot ko’pgina joylarda ishlab chiqarilgan bosh-lang’ich materiallarning majmui bo’lib hisoblanadi. Agar bunday mahsulotlarga ilgari davlatlararo munosabatlarda taqqoslab ko’rish asosida ustunlik belgisi sifatida qaralgan bo’lsa, endilikda TMK-ning ustunligini belgilab beruvchi asosiy rolni raqobat o’ynayapti, deb qaralyapti.
Hozirgi kunda TMKlar tushunchasi haqida umumiy bir ta’rif yo’q. Xalqaro monopoliyaning talqin qilishicha, bu tushuncha turli xil mamlakatlarga tegishli xususiy monopol kapitallar birligi doirasida birlashtirilishi printsipi asosida kelib chiqqan. Bunga misol qilib anglo- golland Royel-Datch Shell va Yupiter mono-poliyalarini keltirish mumkin. Hozirgi zamon xalqaro monopoliyalarning farqli tomoni shun-daki, uning xalqaroligi kapitalning qaerdan kelib chiqqanligiga emas, balki faoliyatni qaerdan boshlanganligiga qarab belgilanadi. «Trans milliy korporatsiya» termini YuNKTAD hujjatlarida kiri-tilgan. TMK asosan kapitalning milliyligi, faoliyat sohasida esa xalqaroligi bilan ajralib turadi. mamlakatlar kapitallarini bir kompaniya doirasida birlashuvi qiyinchiligi haligacha milliy kom-paniyaning yuridik maqomi yo’qligidandir. TMKning rasmiy o’lchov belgisi yo’qligi o’tgan asrning 70-yillari o’rtasida BTMning TMK bo’yicha komissiyasi tuzilgandan keyin dolzarb muammoga aylanadi. Komissiya «TMKning xulq-atvor Kodeksi»ni komissiya ishlab chiqarishga kirishdi. TMK o’sha davrda jahon iqtisodiyotida hukm-ronlik rolini o’ynayotgan, hatto mamlakatlarga o’z kapitalini kiri-tish uchun iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazayotgan edi. Lekin bu ko-deks qabul qilinmadi. TMK BMT komissiyasi
YuNKTADning bo’-limiga aylantirildi.
TMKlarni mulkchilikni shakllariga ko’ra quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin: oilaviy, davlat, industrial va «birja» oilaviy TMK aktsionerlik kapitalida mazkur kompaniyalar aktivlarini aso-siy egalari yoki
asoschilarining oilalari etakchi ulushni egallovchi korporatsiyalarni o’zida ifodalaydi. Bunday TMKlarga amerikaning Ford, Italiyaning FIAT, Frantsiyaning PCA, Germaniyaning BMW, Yaponiyaning Toyota kompaniyalarini misol qilish mumkin.
Davlat TMKlarining Ikkinchi jahon urushidan keyin, yirik xususiy kompaniyalarni milliylashtirishdagi ulushi muntazam ra-vishda qisqarib borayotgan bo’lsa-da, biroq haligacha etakchi hisob-lanadi. Bu kompaniyalarning direktorlar kengashida davlat vakil-lari qatnashadilar va korporatsiyalarning rivojlanish strategiyasiga xal qiluvchi ta’sir ko’rsatadilar.
Industrial TMK da esa aktsionerlik kapitalida mazkur TMK-larning iqtisodiy faoliyatini nazorat qiluvchi boshqa korpora-tsiyaning roli o’z ifodasini topadi. Hozirgi vaqtda bu mulkchilik-ning, ayniqsa, mashinasozlik sohasida eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Mulkchilikning «birja» ko’rinishi eng yirik mustaqil TMKlar uchun xosdir.
Bunda TMK institutsional investorlar (banklar, sug’urta kom- paniyalari, boshqariluvchi investitsion fondlar) boshqaruvida bo’li-shini ko’zda tutadi.
Jadval Transmilliy kompaniyalarning aktsionerlik kapitalida institutsional investorlarning ulushi (foizda) 2002 y.
Kompaniya
|
Bosh kompaniya chiqqan mamlakat
|
Jami
|
Banklar
|
Boshqaruv chi investitsion
fondlar
|
Sug’urta kompani yalari
|
Pension fondlar
|
Bosh qa invest
orlar
|
General Motors
|
AQSh
|
59,29
|
16,94
|
37,21
|
0,36
|
4,00
|
0,78
|
Honda
|
Yaponiya
|
45,48
|
25,81
|
6,27
|
12,77
|
0,50
|
0,13
|
Ford
|
AQSh
|
39,81
|
4,07
|
31,28
|
0,42
|
3,77
|
0,27
|
Toyota
|
Yaponiya
|
39,25
|
29,22
|
3,11
|
6,58
|
0,27
|
0,06
|
Suzuki
|
Yaponiya
|
37,28
|
16,39
|
11,38
|
9,02
|
0,26
|
0,22
|
Mazda
|
Yaponiya
|
29,26
|
13,35
|
2,33
|
9,66
|
0,03
|
3,88
|
DaimlerChrysler
|
Germaniya/AQS
h
|
28,39
|
12,29
|
15,60
|
0,11
|
0,32
|
0,07
|
PSA
|
Frantsiya
|
26,64
|
6,76
|
18,47
|
0,73
|
0,58
|
0,11
|
Fuji Heavy
Subaru
|
Yaponiya
|
25,35
|
16,09
|
4,57
|
4,62
|
|
0,07
|
Nissan
|
Yaponiya
|
23,20
|
12,20
|
3,77
|
5,04
|
2,09
|
0,11
|
Renault
|
Frantsiya
|
20,74
|
3,63
|
15,92
|
0,20
|
0,92
|
0,08
|
BMW
|
Germaniya
|
20,27
|
5,21
|
14,58
|
0,13
|
0,27
|
0,07
|
Volkswagen
|
Germaniya
|
18,58
|
0,33
|
17,75
|
0,21
|
0,27
|
0,03
|
Mitsubishi
|
Yaponiya
|
12,18
|
8,47
|
0,98
|
2,59
|
|
0,13
|
Isuzu
|
Yaponiya
|
12,13
|
5,27
|
0,66
|
6,15
|
|
0,05
|
FIAT
|
Italiya
|
11,28
|
0,10
|
8,60
|
2,32
|
0,18
|
0,08
|
Manba: LEPERS Shareworld, 2003
Unga quyidagi aniqliklar kiritildi.
«Transmilliy korporatsiya» - bu aktsionerlik yoki xususiy kom-paniya bo’lib, o’z ichiga bosh kompaniyani va uning bo’limlarini olgan kompaniyadir. Bu holda bosh (materin) kompaniya aktsiyadorlik kom- paniyaning ma’lum bir qismiga egalik qilish bilan aktivlarni yoki mamlakatdan tashqarida joylashgan boshqa birliklarni nazorat qi-lib turadi. Aktsiyadorlik kapitalidagi ulushi oddiy aktsiyalar bo’yi-cha yoki aktsiyadorlik kompaniyalarida ovoz berish bo’yicha yoki bular-ning
xususiy kompaniyalardagi ekvivalenti 10 foiz yoki undan oshiq-roqni tashkil etmasa, aktivlar ustidan nazorat o’rnatish uchun kam hisoblanadi.
XX asr oxirida TMKlar soni 63 mingtani va ularning chet el-lardagi filiallari soni 700 mingtani tashkil qildi.
TMKlar xalqaro bozorlarni tovar va xizmatlar bilan ta’min-lovchi asosiy kanal bo’lib qoldi. TMK filiallari orqali sotish hajmi XX asr oxiriga kelib, 14 trln. dollarni tashkil qildi. Xal-qaro tovarlar va xizmatlar eksportida bu miqdor 7 trln. dollarni tashkil qildi. YuNITAD ma’lumotlariga asosan, TMKning xalqaro savdodagi ulushi 2/3 qismni tashkil qilib, buning 1/3 qismi esa ichki forma savdosiga to’g’ri keldi.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |