strategiyalari TMKlar o’zlarining raqobat strategiyalarini firmalarning ra-qobatdagi ustunligi asosida tuzib chiqadilar. Raqobatda ustunlikka erishishning ikkita asosiy turi mavjud: bular raqobatchilarga qa-raganda kam xarajatlarlar bilan mahsulot ishlab chiqarish hamda raqobatchisiga qaraganda iste’mol qiymati yuqori bo’lgan tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashish, ya’ni tovar differentsiatsiyasi.
kam chiqim xarajatlarining kam bo’lishi firmaning raqobat-chisi tovarlariga o’xshash tovarlarni ishlab chiqarishning kam chiqim yo’llarini topish va ishlab chiqarish hamda kam chiqim bilan sotish qobiliyati borligini bildiradi;
differentsiya – bu iste’molchilar didiga mos hamda ishlatish uchun qulay bo’lgan tovarning kamdan kam uchraydigan noyob va qim-matbaho turini yaratish. Bunda firma har bir mahsulot birligidan raqobatchisiga qaraganda ko’proq daromad oladi;
xorijdagi bandlik darajasini juda pastligi o’rta 12%;
o’tish davri instituti mamlakatlari TMKlar uchun xosdir. Bu guruh kompaniyalar uchun o’rta transmilliylashni indeksi 14% dara-jasida belgilangan.
Bunda har qanday ta’sirchan strategiya raqobatining har ikki turida qaysi biri afzalligini hisobga oladi. TMK bunday fir-malarning raqobatbardoshlik xususiyatlaridan foydalanib, lokal hamda xalqaro bozorlarda raqobatlashib kelmoqda. Keltiriladigan jadvalda firmaning raqobatda ustun kelish yo’llari ko’rib chiqil-gan.
Hozirgi vaqtda har qanday firmaning raqobatda ustun kelishi-nining asosiy usuli – bu o’zining texnologiyasiga ega bo’lishidadir. Texnologiyaning doimiy takomillashtirib borishi va olingan nati-jani jadal sur’atda ishlab chiqarishga joriy qilinishi transmil-liy kompaniyalarni rag’batlantirishga ta’sir etadi.
Raqobatda ustunlikka erishishning nisbatan Yangi usuli iqtiso-diy aglomeratsiya hisoblanadi. Bu tushuncha 90-yillar oxirida kiri-tilgan.
Bu usul TMKning turdosh firmalar yoki ixtisoslashtirilgan yordamcha tarmoqlari to’plangan «klaster» mintaqalari ilm-fan bi-lan bog’liq sohalariga investitsiya kiritish bilan amalga oshiriladi. Ilgarigi klasterlar (bir guruh firmalar) bir geografik makonda to’plangan va milliylik xususiyatiga (Shveytsariya soatsozlik sano-ati) ega edi. Yangi klasterlar (ilmiy va texnologik parklar, ilmiy-tadqiqot korsortsiumlar, yordamicha xizmat ko’rsatish markazlari) «tashqi» omillar iqtisodiga yo’naltirilgan.
Bundan ko’zlangan maqsad shunday markazlarning imkoniyatlaridan foydalanish, klas-terlar qaerda joylashgan bo’lsa, firmalarni o’sha erga mablag’ kiri-tishga yo’naltirish edi. Bu, o’z navbatida, TMKni mazkur tadbirlarda faol ishtirok etish zaruratini tug’dirar edi. Firmalarning piro- vard ish natijalaridagi muayyan ustunligidan foydalanib «bunyod-korlikmi yoki sotib olish bilanmi» degan masalani echish kerak edi. Hozirgi vaqtda bu ikki yo’ldan qaysi birini tanlab olishning eng samarali usuli
«internalizatsiyalashtirish» kontseptsiyasidir. (Bu kontseptsiyani amerikalik olimlardan Bakli va Kesson 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshida ishlab chiqqan). Bu kontseptsiya firmalarnng o’z mulklarini Yangi bozorlarga chiqarishni kengay-tirishga, xom ashyolarning Yangi manbalarini va ishlab chiqarish ja-rayonlarining Yangi bosqichlarini topishga qaratilgan edi. «Inter-nalizatsiyalash»ning gorizontal va vertikal integratsiyalashdan farq qiladigan tomonlari shundan iborat.
asosiy e’tibor strategik tanlov - boshlang’ich materiallarni sotib olish yoki boshqa firmalarga sotish;
u vertikal va gorizontal integratsiyasi chegarasi doirasidan chiqib, bitimlar tuzish doirasini kengaytirishni o’z ichiga oladi.
Firmalar o’z tasarruflarida bo’lgan xususiy aktivlari im- koniyatlaridan «internalizatsiya» qilish yo’li bilan agar firma yangi tur operatsiyalarni sotib olish yoki bunyod etishdan foydasi tavak-kalchilik oqibatida kelib chiqadigan xarajatlardan yuqori bo’lishi kutilgan taqdirda foydalanishi mumkin.
XX asrning 80–yillaridan boshlab qarama-qarshi jarayon «eks- ternalizatsiya»vujudga keldi. U foyda keltirmaydigan alohida bir korporatsiya faoliyatini ajratib tashlash fikrini ilgari surgan edi. Ko’pgina TMKlar xavf-xatar kuchayib borayotgan bir sharoitda o’z faoliyatlarini murakkab tomonga qaratdilar. Yarim fabrikatlar ta’-minotini va boshqa tur xizmatlarni tashqi mustaqil firmalarga topshirdilar.
TMKning raqobatbardoshlik strategiyasining shakllanishiga «narx-lar zanjiri» kontseptsiyasi katta ta’sir ko’rsatdi. Bu kontseptsiya Garvard biznes maktabining professori M. Porter tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, 1985 yili chop etilgan «Raqobat afzalliklari» kitobida yoritib berilgan.
jadval