Keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni o’tkazish ishlab chiqarish sur’atlarini pasaytirgan holda iqtisodiyotning tarmoqlar tuzili-shini qayta qurish, ishlab chiqaruvchilar faoliyatini bozor iqtisodi-yoti tizimiga solish, shu yo’l bilan iqtisodiy o’sishga erishishdan iborat. Ishchi kuchlari migratsiyasi yuqoridagi masalani echish yo’lla-ridan biri hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, ishchi kuchlari mig-ratsiyasidan respublikadagi mehnat resurslari ortiqchaligi muam-mosini hal etishning eng ta’sirchan va samarali yo’li sifatida foy-dalanish mumkin. Respublikada ishchi kuchlarning yillik o’sish miq-dori 210-220 ming kishini tashkil etadi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda xalqaro mehnat bozoriga kirish uchun dastlabki qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi:
tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi, shuning-dek, mehnat migratsiyasining huquqiy-me’yoriy asoslari ishlab chi-qilganligi; bir qator xalqaro tashkilotlarda, ayniqsa, XMTda teng huquqli vakil sifatida qatnashayotganligi;
milliy iqtisodda tub qayta qurish o’tkazilayotganligi: insti-tutsion asosdagi strukturadan, tarmoq va ishlab chiqarishning hudu-diy strukturasida o’tkazilgan qayta ko’rish;
demografik holatning o’ziga xosligi;
mehnat bozori qatnashchilarining etarli ravishda umumta’lim-ga hamda yuqori malakaga ega ekanligi.
Respublikaning demografik o’ziga xosligi aholi sonining tez o’sib borayotganligi bilan belgilanadi, aholisi tarkibining ham, ishga yaroqli aholisining ham asosiy qismini (25-30 yoshli) yoshlar tashkil etadi. Qishloq aholisi umumiy sonining ham asosiy qismi yoshlardan iborat. Ishchi kuchlari absolyut va nisbiy o’sish sur’atlari qishloq joylarga to’g’ri keladi. Umumiy aholi soniga nisbatan 15-19 yoshlilar 11%ni, ishga yaroqlilar soni 24% ni tashkil etadi. Respub-lika aholisining 23%ni 24-39 yoshda bo’lganlar tashkil qilsa, yarmi-dan ko’p qismini, ya’ni 53%ni mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar tashkil etadi. Respublika aholisining 62% qishloqlarda yashaydi. Mehnat resurslarining 54% qishloq joylarda to’plangan.
Vujudga kelgan demografik vaziyat ish bilan bandlikda qo’shimcha zichlikni keltirib chiqaradi, mehnat bozorida tanglikni yuzaga kel-tiradi. Ish bilan bandlik muammosini xal etish yo’nalishlaridan biri migratsiya jarayonini rivojlantirishga qaratilgan.
Mamlakat ichki mehnat migratsiyasi ishlab chiqarishning deyarli hamma sohasiga bir tekisda joylashtirilishiga va hamma regionlar-ning rivojlantirilishiga qaratiladi. Tashqi migratsiya ichki mehnat bozoriga bo’lgan bosimni pasaytirish maqsadida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog’liq bo’ladi.
Migratsiya aholining harakatchan hamda mehnatga layoqatli qismi hisobidan tashkil etiladi.
Hozirgi paytda O’zbekiston respublikasi aholisi migratsiyasi juda past darajada ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu, ayniqsa, qishloq joylarga xos bo’lib, bu holatni tub aholining urf-odatlari, an’analari, tug’ilib o’sgan eriga qattiq bog’lanib qolganligi bilan izohlash mumkin. Bunday xol milliy iqtisodiyotni rivojlanti-rishga to’siq bo’luvchi ishchi kuchlarini regional miqyosda qattiq taq-simlash imkoniyatini cheklab qo’yadi.
Vaqtinchalik ish bilan ta’minlashga qaratilgan tashqi migra-tsiyada buning tamoman aksini ko’rish mumkin, Respublikaning juda ko’p fuqarolari bunday qadam qo’yishni jon-jon deb kutib oladilar. Bu erda chetga chiqish uchun to’siq bo’lib turgan omillar bor: Chet elga ishlash uchun borishning yo’l-yo’riqlari haqida to’liq ma’lumot-larning yo’qligi muammosi, til bilmaslik, ma’muriy strukturalar-ning ruxsat olish sohasidagi uquvsizligi (davlat yoki litsenziyaga ega bo’lgan shaxslar), yarim legallarning mavjudligi (litsenziyasi bo’l-magan) va ular tomonidan
«pul ishlab» kelish xohishi bo’lgan kishi-lar chet elga ishga yuborilishi. Bunda ular ko’chmanchilarga o’z mutaxas-sisliklari bo’yicha ish taklif qilmaydilar.
Noqonuniy (nolegal) mehnat migratsiyasi deb ataluvchi bu yo’l MDH mamlakatlari oldida turgan asosiy muammolardan hisobla-nadi. Fuqarolarning ma’lum bir qismi ijozatnoma bilan chet elga borganda (ayniqsa, turistik agentligi orqali) noqonuniy mehnat bi-lan shug’ullanadilar. Vaholanki, chet elga borish uchun berilgan ruxsatnoma bunday noqonuniy ish bilan shug’ullanish huquqini bermaydi. O’zbekiston respublikasi mehnat va ijtimoiy himoyalash vazirligining tashqi mehnat migratsiya masalalari bilan shug’ul-lanuvchi Respublika agentligining bergan ma’lumotlariga qaragan-da, hozirgi kunda 10 mingga yaqin O’zbekiston fuqarolari noqonuniy ravishda Koreya Respublikasida, O’zbekistonliklardan 4 ming kishi AQShda, 2 mingga yaqini Italiyada ishlamoqda. Noqonuniy ravishda chet ellarda ishlayotgan bu fuqarolar huquqiy va ijtimoiy himoyadan mahrum bo’lib, o’zlarining mutaxassisliklariga, malakalariga to’g’ri kelmaydigan ishlarni bajarishadi.
Shuningdek, mehnat haqlari ular bajarayotgan ishlarni bajaruvchi mahalliy ishchilarning oladigan ish haqlaridan ancha past.
O’zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi 2 asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi.
MDH mamlakatlarida yagona mehnat makonini yaratish
uzoq xorijiy mamlakatlar – Janubiy Koreya, Turkiya, AQSh, Isroil, Evropa mamlakatlari, Yaqin Sharq, Arab mamlakatlari yo’na-lishi
O’zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlardagi kabi MDH mamlakatlarida tarkib topayotgan chet el mehnat migratsiyasi namu-nasi ishchi kuchlarini eksport qiluvchi kam rivojlangan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Bunga quyidagi xususiyatlar xosdir.
iqtisodiy omillar moslashuvining mutaxassislik, kasb-hunar dan ustun emasligi;
Chet elda ishlayotgan fuqarolarning asosiy qismi o’z mutaxas-sisligi bo’yicha emas, balki og’ir, sog’liq uchun xavfli, kam ish haqi to’lanadigan ishlarga jalb etilgan;
mahalliy ishchilarga qaraganda ish haqining ancha kamligi;
ijtimoiy himoya nihoyatda past darajada ekanligi yoki umuman yo’qligi;
noqonuniy migratsiya ko’lamining kengayib borayotganligi;
xorijga oliy yuqori malakali ishchilarning, mutaxassislar-ning ko’chib ketishi («aql egalari»)
xorijdagi (asosiy bir yillik shartnoma) ish beruvchilar bilan qisqa muddatli shartnoma tuzilishi;
bizning fuqarolarga ish joylari chegaralanganligi. Respublikammizda tashqi mehnat migratsiyasi huquqiy va tash-
killashtirilgan ta’minotni oladi. Aholini xorijda ish joyi bi-lan ta’minlash O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan «Aholining bandligi haqida»gi qonuni asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimida ish-chi-migrantlar ishi bo’yicha Respublika agentligi tuzildi.
Bu agentlik O’zbekiston fuqarolarini tashkiliy ravishda chetga ishlash uchun yuborishni amalga oshiradi. Uning funktsiyasiga fuqaro-larga litsenziya olib berishda yordamlashish hamda O’zbekiston fuqa-rolarining chet elda, chet el fuqarolarining O’zbekistonda o’z muta-xassisliklari bo’yicha faoliyat ko’rsatishlarini nazorat qilib turish kiradi. Mehnat migratsiyasi tashkiliy ravishda davlatlararo tuzil-gan shartnomaga ko’ra shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Bitim-da talab qilingan ro’yxat bo’yicha kvotalar, ixtisosi va kasb-hunari aniq ko’rsatiladi.
1995-2000 yillar davomida respublikamizning 7 mingdan ortiq fuqarosi agentlik yordamida o’qitilib, Janubiy Koreya Respubli-kasida ishlab keldi. Mutaxassislar AQSh, Yaponiya, Malayziya, BAAga ishlash uchun yuborildilar. Xorijiy ish beruvchilar doirasini kengaytirish maqsadida tegishli shartnomalar tuzilmoqda.
O’zbekistonning xalqaro mehnat bozorida teng huquqli va raqo- batbardosh faoliyat ko’rsatishida xalqaro mezon (norma)larga va XMT qoidalariga mos ravishda ishchi kuchlarini chetga chiqarish va jalb etishning Respublika mehnat qonunchiligi ma’muriy-huquqiy norma-larini asta sekin qo’llashni talab qiladi. Chet el mehnat migratsiyasi iqtisodiy tomonidan foyda olib kelishi bilan (yuqori oylik ish haqi, xar tomonlama maishiy sharoit) birga mutaxassis o’zining bu-tun kuch va mahoratini ishga solishi ham demakdir. Tashqi bandlik hozirgi jarayonda O’zbekiston uchun quyidagilarni hal etishga yordam beradi:
Ishsizlik darajasini kamaytirishga, ma’lum ma’noda respublikadagi ijtimoiy tanglikni yumshatishga;
Mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlarini tejashga;
ishlab chiqarish strukturasini va texnologiyaini kam chiqim bilan qayta qurishni olib borishga ketadigan xarajatlarni kamay-tirishga;
mamlakatga chet el valyutasining qo’shimcha oqimini ta’min- lashga;
xorijda ishlovchi shaxslarning pul o’tkazmalaridan byudjetga kelib tushadigan mablag’ni ko’paytirishga;
qarindoshlarga moddiy-moliyaviy yordam berish bilan ular-ning ham, uyi ichidagilarning ham turmush darajasini yaxshilashga, xarid qilish qobiliyatini oshirishga hissa qo’shibgina qolmasdan tovarlar va xizmatlarga bo’lgan qo’shimcha talabni ham vujudga kel-tirishga;
xorijda ishlovchilarga o’z mamlakatida shaxsiy korxona ochish uchun boshlang’ich kapitalni jamg’arib kelib, korxonalarini ochish-lari va bu bilan tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo’shish-lariga;
xorijda ishlash yangi bilimlar, ish mahorati va usullarini o’z- lashtirish demakdir.
O’zbekistonning xalqaro mehnat bozorida qatnashuvi nafaqat ishchi kuchini eksport qilish, balki uni jalb qilish imkonini ham beradi.
Bu oxirgisi xorijiy investitsiyalarni respublikaga jalb qi-lish bilan bog’liq. Respublika uchun eng ahamiyatli tomoni shundaki, chet elga ishga boradiganlarning rivojlangan mamlakatlarda o’qi-tilishidir. Bu
zamonaviy bilimlarni olgan yuqori malakali muta-xassislar tayyorlash va qayta tayyorlashga yordam beradi.
O’zbekistonda ishchi kuchlarning eksporti istiqbolga ega. Buni aholining tashqi bandlikka bo’lgan talabi ortib borayotganligi tas-diqlab turibdi. Mamlakatda bu xil mehnat bilan shug’ullanish ko’-nikmasi hosil bo’layotganligi, demografik vaziyat va uning ichki meh-nat bozoriga ortib borayotgan bosimi kuchi, chet tillarni biladigan yoshlarning soni oshib borayotganligi hamda zamonaviy kommunikatsiya vositalarining mavjudligi, shuningdek, yosh avlodning harakatchan-ligini ko’rsatib o’tish kifoya.
O’zbekiston aholisining tashqi bandlik kontseptsiyasi tashqi band-likka aloqador xizmatlarni kengaytirishning hozirgi jarayonida bozor mexanizmini shakllantirish hamda respublika fuqarolarini chet elda ishlashini qonuniy ravishda tashkil etish vositachilik faoliyatni erkinlashtirishni ko’rib chiqish talab etiladi.