Yaqin Sharq. Bu mintaqadan neft qazib oluvchi mamlakatlarda kam ish haqi to’lanadigan og’ir ishlarga arzon ishchi kuchlari jalb etiladi. Saudiya Arabistonida 7 mln. xorijiy ishchilar ishlaydi. Bular-Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Misrdan kelishgan bo’lib, har yili ular tomonidan o’z uylariga 17 milliard AQSh dollari jo’-natilmoqda. Bu mamlakatlarda ishchilarning asosiy qismini chet ellardan kelgan ishchilar tashkil qiladi. Masalan, bu ishchilar BAAda 97%ni, Katarda 95%ni, Quvaytda 86%ni Saudiya Arabistoni va Bahraynda 40%ni tashkil etadi. Bu mamlakatda ishlovchilarning asosiy qismi Misr, Iroq, Livan, Suriya, Iordaniya, Falastin, Po-kiston, Hindiston, Bangladesh, Janubiy Koreya, Filippin kabi dav-latlardan kelishgan. Keyingi yillarda immigratsiya asosan Janubi- sharqiy Osiyo mamlakatlari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bu mamla- katlarning mehnat bozoriga neft bozori kon’yunkturasidagi kabi chet el ishchilarini to’xtatib turuvchi va shu yo’l orqali mamlakat aholsining o’zining faolligini oshirish hisobiga ishchi kuchlari safini to’ldirish bilan tabiiy yuksalish sur’atlarini oshirishga ta’sir etuvchi omillar hukmini o’tkazib turibdi. Bir qator arab mamlakatlari malakasi past kadrlarni eksport qilib, yuqori mala-kali ishchi va mutaxassislarni (asosan Iordaniya, Yamandan) import qiladi.
Ishchi kuchi sonining mintaqalar, alohida mamlakatlar doirasi-da o’zgarishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.
20-jadval
Ishchi kuchlari oqimining mintaqalar, alohida mamlakatlar bo’yicha
taqsimlanishi
Mintaqalar mamlakatlar
|
1980 yil
|
1990 yil
|
O’sish sur’ati (foizda)
|
Butun dunyo
|
1.957374
|
2363547
|
120.7
|
Rivojlangan mamlakatlar:
|
|
|
|
Shimoliy Amerika
|
121721
|
135367
|
111.2
|
G’arbiy Evropa
|
150080
|
159579
|
106.3
|
Avstraliya, Yangi Zelandiya
|
8077
|
9533
|
118.0
|
Yaponiya
|
57097
|
62202
|
108.9
|
Turkiya
|
19090
|
23697
|
121.1
|
Isroil
|
1446
|
1906
|
124.2
|
Janubiy Afrika Respublikasi
|
9449
|
12434
|
131.6
|
Rivojlangan mamlakatlar:
|
|
|
|
Sharqiy Evropa
|
7566
|
71785
|
106.3
|
MDH
|
36934
|
146634
|
107.1
|
Aholishunos mutaxassislarning taxminlariga ko’ra asrimizning so’nggi yillarida vujudga kelgan er yuzi aholisining o’sish tenden-tsiyasi XXI asrning boshlarida ham saqlanib qoladi. Jahon aholisi 2025 yilgacha
3.26 mlrd kishiga ko’payishi kutilmoqda. Bu asosan «uchinchi dunyo» mamlakatlari hisobiga bo’ladi. Ya’ni «uchinchi dunyo» mamlakatlarining Evropa mamlakatlariga va AQShga «demografik tazyiqi» 2000 yillarning o’rtalarigacha saqlanib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |