Rivojlangan mamlakatlarga aholi va ishchi kuchi xalqaro immigratsiyaning ko’rsatkichlari
|
Xorijiy fuqarolar
|
Xorijiy ishga kuchlari ishchi
kuchining umumiy soniga nisbatan %
|
ming kishi
|
umumiy aholi soniga nisbatan %
|
1990 y.
|
2000 y.
|
1990 y.
|
2000 y.
|
1990 y.
|
2000 y.
|
Avstriya
|
456
|
758
|
5,9
|
9,3
|
7,4
|
10,5
|
Belgiya
|
905
|
862
|
9,1
|
8,4
|
7,1
|
8,9
|
Daniya
|
161
|
259
|
3,1
|
4,8
|
2,4
|
3,4
|
Finlyandiya
|
26
|
91
|
0,5
|
1,8
|
|
1,5
|
Frantsiya
|
3597
|
3263
|
6,3
|
5,6
|
6,2
|
6,0
|
Germaniya
|
5343
|
7297
|
8,4
|
8,9
|
|
8,8
|
Irlandiya
|
80
|
127
|
2,3
|
3,3
|
2,6
|
3,7
|
Italiya
|
781
|
1137
|
1,4
|
2,4
|
1,3
|
3,6
|
Yaponiya
|
1075
|
1686
|
0,9
|
1,3
|
0,1
|
0,2
|
Lyuksemberg
|
113
|
165
|
29,4
|
37,3
|
45,2
|
57,3
|
Gollandiya
|
692
|
668
|
4,6
|
4,2
|
3,1
|
3,4
|
Norvegiya
|
143
|
184
|
3,4
|
4,1
|
2,3
|
4,9
|
Portugaliya
|
108
|
208
|
1,1
|
2,1
|
1,0
|
2,0
|
Ispaniya
|
279
|
896
|
0,7
|
2,2
|
0,6
|
1,2
|
Shvetsiya
|
484
|
477
|
5,6
|
5,4
|
5,4
|
5,0
|
Shveytsariya
|
1100
|
1384
|
16,3
|
19,3
|
18,9
|
18,3
|
Buyuk Britaniya
|
1723
|
2342
|
3,2
|
4,0
|
3,3
|
4,4
|
Xalqaro Migratsiya Tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, jahon-da
120 mln. kishi o’zga mamlakatlarda yashab ishlamoqdalar va o’z
mamlakatiga har yili o’rtacha 2 mingdan 80 ming AQSh dollargacha xorijiy valyuta olib kirishi aniqlangan. Agar ishchi kuchlari eks-portidan keladigan daromad haqiqiy hisob-kitob qilinsa, rasmiy deklaratsiyada ko’rsatilganidan ikki baravar ko’proqdir. Undan tash-qari migrantlar vatanlariga qaytayotganlarida o’zlari bilan turli qimmatbaho buyumlarni, pul jamg’armalarini, zamonaviy texnolo-giyalar va asbob-uskunalarni ham olib kelishlari mumkin.
Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda xorijdan shaxsiy pul o’tkazmalar hajmi mamlakat tovar eksporti hajmidan 30-40% ga ko’p-roq. 90–yillar boshlarida bunday mamlakatlarga Bangladesh, Burki-na-Faso, Misr, Marokash, Pokiston, Svizilend, Sudan, Yamanni ki-ritish mumkin edi.
Jahon bankining 2004 yil uchun “Global rivojlanishni moliya-lashtirish” yillik hisoboti ma’lumotlariga muvofiq, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xususiy kapitalni oqib kelishi 2002 yildagi 155 mlrd. dollardan 2003 yilda 200 mlrd. dollargacha o’sdi. Biroq bu o’sish asosan bir qator muvaffaqiyatga erishayotgan mamlakatlar hisobiga bo’ldi, bu vaqtda qashshoq mamlakatlarga ras- miy ravishda berilgan yordamning o’sishi sezilarsiz bo’ldi.
Xususiy kapital oqimlari juda notekis taqsimlangan, qashshoq mamlakatlarga yordam hajmi o’z miqdori bo’yicha juda sezilarsiz bo’lgan sharoitda, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro mehnat migratsiyasi hisobiga chetga chiqqanlarning pul o’tkazmalari kabi moliyaviy tushum manbalari katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
1998 yildan boshlab bu o’tkazmalar muntazam o’smoqda va 2003 yilda 93 mlrd. dollarga etdi. Bu 2001 yildagiga qaraganda 20 foizga ko’proqdir. Ular o’z ahamiyati jihatdan rivojlanayotgan mamlakat uchun bevosita xorijiy investitsiyalardan keyingi o’rinda turuvchi moliyaviy oqim hisob-lanadi. Amalda ularning qiymati rasmiy ravishda berilayotgan yordam ko’rinishdagi miqdordan 2 marta ko’proqdir. 1992-2001 yillarda yirik pul o’tkazmalarini oluvchi mamlakatlardan 7 tasi IHTT mamlakat-lari bo’ldi.
jadval
Pul o’tkazmalari jo’natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar
Jo’natuvchi
mamlakatlar
|
mlrd. dollar
|
Qabul qiluvchi
mamlakatlar
|
mlrd. dollar
|
AQSh
|
20,7
|
Hindiston
|
7,7
|
Saudiya Arabiston
|
15,4
|
Frantsiya
|
6,9
|
Germaniya
|
8,8
|
Meksika
|
5,7
|
Shveytsariya
|
8,1
|
Filippin
|
5,0
|
Frantsiya
|
4,9
|
Germaniya
|
4,1
|
Italiya
|
2,2
|
Portugaliya
|
3,8
|
Isroil
|
2,1
|
Misr
|
3,8
|
Belgiya / Lyuksemburg
|
1,8
|
Turkiya
|
3,7
|
Quvayt
|
1,4
|
Ispaniya
|
3,0
|
Iordaniya
|
1,4
|
Gretsiya
|
2,7
|
Chetda ishlovchi migrantlarning pul o’tkazmalari Mag’rib, Bang- ladesh, Kolumbiya, Ekvador, Meksika, Pokiston, Hindistonning alo-hida hududlarida jamiyat rivojlanishida muhim rolo’ynaydi. Ko’p-lab eksport qiluvchi mamlakatlar uchun o’tkazmalar eksport, import va hattoki milliy daromadning sezilarli qismini tashkil etadi. Hindiston va Meksika chet elda ishlovchi migrantlar o’tkazmalarini eng yirik oluvchilari bo’lib, har biri 10 mlrd. dollardan ko’proq oladi. Keyingi o’rinlarni – Filippin – 6,4 mlrd. dollar, Marokash, Misr va Turkiya har biri 3 mlrd. doll., Livan, Bangladesh, Iordaniya, Dominika Respublikasi, Salvador va Kolumbiya 2 mlrd. dollarga yaqin – egallaydi.
Rasmiy o’tkazmalardan tashqari norasmiy o’tkazmalar ham mav-jud. Ba’zi bir baholashlarga ko’ra, norasmiy o’tkazmalar 16 mlrd. AQSh dollarini tashkil etish mumkin. BMT ma’lumotlariga muvo-fiq, chet elda ishlovchi migrantlar o’tkazmalari jahon hajmining 40% dan ko’prog’i norasmiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Mehnat resurslari eksportidan milliardlab dollar ishlayotgan mamlakatlar asosan ishchi kuchlari eksportiga ixtisoslashishni qo’l-lab- quvvatlashga harakat qilmoqdalar. Sababi, bu mamlakatlar ishchi kuchlarini eksport qilish uchun valyuta tushumining yaxshigina man-bai bo’lib xizmat qilishidan tashqari, davlat sarf-xarajatlarisiz ijtimoiy barqarorlikni saqlab turish, milliy valyutalarini mus-tahkamlashning ta’sirchan usuli ham bo’lib hisoblanadi. Masalan, Turkiya bilan Sobiq Yugoslaviyani olsak, ularning to’lov balansida valyuta tushumlari xorijda ishlayotganlar tarafidan mamlakatlari-dagi o’tkazib turiladigan mablag’lari hisobiga to’ldirib borilar edi. Shu sababli ular milliy valyutalarini konvertirlashtirishga erishdilar.
Ma’lumki, aholi va ishchi kuchlari migratsiyasi qadimdan mavjud. Lekin, XV-XVII asrlarda buyuk geografik kashfiyotlar yangi qit’a-larni, dengiz yo’llarini ochilishi ular salmog’ini yanada oshirdi. Ayniqsa, XVIII asrda oxirlarida Amerika mintaqasini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan aholi ko’chishining yangi oqimini vujudga keli-shi. Amerika bu oqiminining bir necha «portlash» yoki «bum» bosqich-lari, XIX asrning 40–yillarida Irlandiyada «kartoshka ocharchi-ligi» natijasida vujudga kelgan migratsiya oqimi, XIX asrning 80–yillari boshlarida Italiya va Sharqiy Evropa mamlakatlarida Evropa bug’doyiga narxning tushib ketganligi sababli, yuzaga kelgan migratsiya oqimlarini eslatib o’tish joiz. Ishchi kuchlari xalqaro migratsiyasi oqimini salmoqli bo’lishiga urush harakatlari bilan bog’liq qiyinchiliklar ham sabab bo’ldi. Jumladan, XX asrning 20–yillaridagi kuchli migratsiya oqimi birinchi jahon turushidan keyingi yillardagi qo’shimcha qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lgan bo’lsa, Ikkinchi jahon urushidan so’ng AQShda ishchi kuchlari mig-ratsiyasining uchta yangi oqimi yuz bergan:
«intellekt oqimi» yuqori malakali mutaxassislarning o’z oilalari bilan ko’chishi.
1956 yildan keyin Vengriyani tark etgan, Vetnam urushidan keyin o’z vatanlarini tark etgan, 1980 yildan keyin Kubani tark etgan qochoqlar oqimi.
Meksika, Karib havzasi va Osiyo mamlakatlari (o’tgan asrning 90 yillarida immigrantlarning 84% shu mamlakatlar hisobiga bo’l-gan)dan ishchi kuchlarining zo’r oqimi.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng Evropa mamlakatlarida iqti-sodiyotni tiklash va rivojlantirishda mehnat migratsiyasidan sama-rali foydalanildi. Ishchi kuchlari oqimi asosan Turkiya, Sobiq Yugoslaviya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya mamlakatlari hissasiga to’g’ri keldi.
Iqtisodiy adabiyotlarda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab vujudga kelgan ishchi kuchlarining xalqaro migratsiyasi 2 ta asosiy oqim ajratib ko’rsatiladi:
Rivojlanayotgan va (yoki) boy bo’lmagan mamlakatlardagi uncha- lik malakaga ega bo’lmagan ishchilarning rivojlanayotgan va (yoki) boy mamlakatlarga ko’chishi;
«oq yoqaliklar» ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’chishi.
XX asrning oxirlaridan boshlab dunyodagi siyosiy vaziyatning o’zgarishi tufayli yangi oqim. Sobiq sotsialistik mamlakatlarning yuqori
malakali mutaxassislarini jahonning rivojlangan mamla-katlariga ommaviy ko’chib o’tishlari oqimi vujudga keldi.
Mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli nuqtai nazaridan, mehnat migratsiyasining quyidagi oqimlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga;
rivojlangan mamlakatlar o’rtasida;
rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida;
tashqi mehnat migratsiyasini huquqiy maqomi nuqtai nazaridan ikkita asosiy shaklga ega.
tashkillashtirilgan-bunda ko’chib ketayotganlar soni belgilan-gan va ish joyi aniq bo’ladi.
tashkillashtirilmagan yoki «nolegal», ommaviy ko’chish. Bunda ish joyi bo’lmaydi, qanday ish bilan shug’ullanish noma’lum.
Tashqi migratsiyasining intensivligi mamlakat iqtisodiy ri- vojlanishida yuksalish yoki pasayish holatlarini tug’dirishi mum-kin. Bunday holat ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarga ham, import qiluvchi mamlakatlarga ham taalluqlidir.
Jahon tovar va mehnat bozorlaridagi qiyosiy tahlil natijasida qarama qarshi oqimlar mavjudligi aniqlandi:
ishchi kuchlarini rivojlangan mamlakatlar tomon oqishi;
eksport qiluvchi rivojlangan mamlakatlardan ishchi kuchlari-ni mamlakatlar tomon tovarlar oqimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |