Iqtisodiy nazariyalar va mehnat migratsiyasining samaradorligi
Ikki mamlakat ishchi kuchlari bozoriga migratsiya ta’sirining ikki tomonlama modelini ko’rib chiqaylik. U o’z ichiga turmush dara-jasi past mamlakat (A) va turmush darajasi yuqori mamlakat (V)ni oladi. Dastlab, A nuqtasiga muvofiq ikki sxema bo’yicha (1 rasm) migratsiyaga ruxsat berilmagan holatni ko’rib chiqaylik. Bu nuqtada V mamlakat ishchilari soatiga 4,5 dollar ish haqi olsa, A mamlakat-ning bir xil malakaga ega bo’lgan ishchilari 1,25 dollar ish haqi olishadi. Agar migratsiyadagi rasmiyatchilik to’siqlari olib tashlan-sa, turmush darajasi past bo’lgan mamlakatlardan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarga ishchi kuchlari oqib o’tib, mehnat bozo-rida raqobatlashar edilar. Migratsiya intensivligi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chib o’tishdagi moliyaviy va ijtimoiy va ru-hiy holatlarga bog’liq.
Endi migratsiya uchun ruxsat berilgan vaziyatni ko’rib chiqaylik. Agar ko’chib yurishlar ko’p chiqim-xarajatlar talab qilmaganda va uning og’irlik tomonlari bo’lmaganda migratsiyaning ko’lami kengayib ketar edi. Bu jarayon V mamlakatdagi pasayib borayotgan ish haqi to A mamlakatdagi o’sib borayotgan ish haqiga tenglashmaguncha davom etaverar edi. Boshqacha qilib aytganda, ishchi kuchlarining ko’chib yurishi rivojlangan mamlakatlardagi ish haqi darajasi emigrant – mamlakatlardagi ish haqi darajasi bilan tenglashguncha davom etadi.
Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chib o’tish migrantlar-dan, bir tomondan, moddiy-iqtisodiy chiqim talab qilsa, ikkinchi tomondan, ruhiy holatni ham talab qiladi. Ular o’zlarini o’rtoqlaridan va qarindoshlaridan ajralib qolayotgandek sezishadi. Notanish mamlakat hayotiga ishonchsiz ravishda qarashadi. Balkim, ma-halliy xalqning o’ziga dushmanlik nazari bilan qarashini his etar. Ko’chib yurishning to’la-to’kis yuridik asoslari bo’lgan, ish haqlari orasidagi farqlar katta bo’lgan taqdirda ham bu masalalarning ham-masi katta ahamiyatga ega.
Shunday qilib, migrantlarning ozroq qismigina (ko’rsatilgan model bo’yicha million kishi) ish haqidan yutib (ko’chib borgan erida soatiga 2,4 dollardan ish haqi oladi) qilgan xarajatlarini qop-laydi. Ishchi kuchlari migratsiya oqimi V mamlakatning V nuqtasi-dagi soatbay ish haqining 4 dollarga tushirib qo’ydi, A nuqtasidagi ishchi kuchlarining chet elga ketgan ishchilar hisobiga kamayishi natijasida soatbay ish haqi 1,6 dollarga ko’tariladi. V nuqtasida yuzaga kelgan yangi muvozanat shuni bildiradiki, V mamlakatdagi soatbay ish haqining 4 dollariga tenglashib
qolishi A mamlakatdagi ishchilar talabiga muvofiq keladi. Soatiga 4 dollarlik ish haqi uchun ishlashga rozi bo’lgan ishchilar yangi mamlakatga ko’chib o’tadilar, vaholanki, o’z mamlakatlari – (yashab turgan joylari)da ish haqi uchun soatiga 1,5 dollar olar edilar. Ish haqlari o’rtasidagi bu farq ko’-chib o’tishdagi har xil yo’l xarajatlari va chet elda yashab, ishlash xa- rajatlarini qoplashga etadi. Migratsiyaning sof foydasini aniqlash (o’lchash) uchun migrantlar mehnatiga bo’lgan egri talabning eski va yangi joylardagi ish haqlari o’rtasidagi farqni o’lchash lozim bo’la-di: 1,25 dollar va 1,6 dollar soatbay ish haqi «d» va «ue» oralig’ida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |