M. Mirsaidov


IX bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATsIYa



Download 0,66 Mb.
bet125/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

IX bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATsIYa





  1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning ob’ektiv asoslari va mohiyati

  2. Integratsiya jarayonlari evolyutsiyasi va mintaqaviy integra- tsiyaning asosiy shakllari

  3. Valyuta sohasidagi integratsiya

  4. Hududiy iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlari

  5. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi integratsiyasi
    1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning ob’ektiv asoslari va mohiyati


XX asrning II yarmidan boshlab xo’jalik aloqalarini inter- natsionallashuvi hozirgi zamon jahon iqtisodini rivojlanishi-ning muhim omillaridan biri bo’lib qolmoqda. Bunday holat alo-hida yoki bir guruh rivojlangan mamlakatlar ta’sir doirasiga ki-ruvchi iqtisodiy mintaqalarni paydo bo’lishida namoyon bo’lmoqda hamda bu davlatlar ular atrofida joylashgan mamlakatlar uchun o’ziga xos integratsion Markaz bo’lib qolmoqdalar. Shu bilan birga, iqtisodiy integratsiya, bu jarayonda qatnashuvchi davlatlar o’rtasida ishlab chiqarish va kapital integratsiyasining tezlashuviga sharoit yaratmoqda.
Aytish joizki, to hozirga qadar iqtisodiyot fanida integratsiya haqida shakllangan nazariya mavjud emas. Integratsiyalashayotgan mam-lakatlar uchun xalqaro iqtisodiy integratsiyani (XII) foydalari va aniq ustunliklari haqidagi savolga hali to’liq javob berilmagan bo’lsa-da, xalqaro iqtisodiy integratsiyaga turli xil nazariy yonda-shuvlar mavjud. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari (A. Smit, S. Mill, D. Rikardo, J.Sey va ularning izdoshlaridan hozirgi zamon iqtisodchilari – S. Xarris, E.Xeksher, F.Perts, G.Mordel, B.Olin, P.Samuelson, S.Linder, V. Leontev, J.Porterlar) xalqaro inte-gratsiyani xalqaro mehnat taqsimotidan kelib chiqqan holda baho- laydilar. Ma’lumki, xalqaro mehnat taqsimoti, unda qatnashuvchi mamlakatlar uchun ma’lum darajada iqtisodiy manfaat ko’rishga olib keladi, mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni te-jaydi. Klassik nazariyaga ko’ra, ayirboshlashdagi ustunlik mam-lakatlar o’rtasidagi mehnat taqsimoti natijasida kelib chiqadi. Hozirgi sharoitda esa, aynan tex-nologiyalardagi ustunlik (S.Lin-der), raqobat ustunligi (M.Porter) jahon xo’jaligi aloqalarida ayirboshlashdagi ustunlikni shakl-lantiradi, uning ko’lamini ken-gaytirishga, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga, xalqaro iqti-sodiy munosabatlarning yanada yuqoriroq darajada rivojlanishiga yordam beradi. Bu jarayonda sherik-mamlakatlarning iqtisodiy dara-jasi va strukturasining yaqinligi, texnologiyalaridagi o’xshashlik-lar muhim ahamiyat kasb etadi va tashqi bozorga kirib borish bilan qatnashuvchi mamlakatlar qo’shimcha oladigan ustunliklarida namoyon bo’ladi.
Hozirgi paytda aksariyat tadqiqotchilar qo’shimcha ustunlikni Bojxona Ittifoqi doirasida yaratib berilgan iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqadi, deb izohlaydilar. Bunday yondashuvga binoan integratsiya jarayonida yangi tovarlar oqimi yaratiladi, bu esa integratsiyada
qatnashuvchi mamlakatlarda serxarajat ishlab chiqa-rishlarni bartaraf etish, so’ngra, integratsiya doirasida ishlab chi-qarilayotgan tovarlar, uchinchi mamlakatlardan import qilinadigan tovarlar o’rnini bosadi. Natijada, integratsiyada qatnashuvchi har bir mamlakatda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga olib ke-ladi.
Boshqa bir ilmiy qarashlarda mamlakatlarning integratsiyaga intilishlari omillar cheklanganligini bartaraf etishga qaratil-ganligidir.
Umumiy tushunchaga ko’ra, «mintaqaviy iqtisodiy integratsiya» bir qator mamlakatlarning xo’jalik yuritishda asta-sekin birla-shish jarayonidir. Ana shu birlashish natijasida yaxlit xo’jalik organizmi- Xalqaro Mintaqaviy Kompleks shakllanadi. Aslini ol-ganda, integratsiya jarayoni tovarlar, xizmatlar, kapitallar harakat-dagi cheklashlarni bartaraf etish, o’zaro savdoni erkinlashtirish (liberalizatsiyalash) dan boshlanadi. Ana shularga mos ravishda she-rik-mamlakatlarning manfaatdorligi bo’yicha iqtisodiy, huquqiy, mintaqa miqyosida axborotlar olishning yagona makoni asta-sekin shakllanadi. Shuningdek, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yangi sifat o’zgarishlari vujudga kela boshlaydi. Bu erda
«mintaqa-viy»lik tushunchasi faqat chegaralarning geografik birligini emas, balki tarixiy jihatdan qaror topgan mintaqaviy birlikni ham bildiradi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning o’zaro iqtisodiy hamkorlik shakllaridan farqlaydigan asosiy belgilari quyidagilardan ibo-rat:

  • Xalqaro iqtisodiy integratsiyada qatnashuvchi mamlakatlarning iqtisodiy siyosatni olib borishdagi kelishuvi.

  • Milliy qonunchilik, uning normalari, standartlarining yaqinla-shuvi.

  • Milliy ishlab chiqarish jarayonlarining birlashib ketishi, mintaqa doirasida ishlab chiqarish jarayonlarida yagona texnologiyaga amal qilishni shakllantirish;

  • Ishlab chiqarishda, ilm-fan va texnika sohasida xalqaro ixtisoslashish va kooperatsiyalashni rivojlantirish ko’lamini ken-gaytirish;

  • Integratsiya jarayonlarini maqsadga muvofiq tartibga solish;

Integratsiya jarayonlari umumiy tizimidagi alohida bo’g’inlar harakati quyidagilardan iborat:

  1. Tashqi savdoni erkinlashtirish va «yuzaki» yoki «yumshoq» deb ataluvchi trans chegara oqimlarining o’sishi tufayli integratsiya jarayoni silliq o’tadi;

  2. Haqiqiy ishlab chiqarish – chuqur integratsiyasi (deep integra-tion) qiyin kechadi;

  3. Qarorlar qabul qilish sohalari – firmalar, tadbirkorlik bi-lan shug’ullanuvchilar ittifoqi, milliy hukumat, xalqaro davlat-lararo hamda milliy darajada qabul qilinadigan hujjatlar.

Integratsiyadagi ziddiyat ko’p jihatdan tomonlar manfaatlarini bir- birlariga mos tushmasligi natijasida kelib chiqadi. Ishlab chi-qarish tizimining ba’zi bo’g’inlari integratsiyalash jarayonlarida bir xilda qobiliyatini ko’rsata olmaydi.
Integratsiya rivojining shart-sharoitlari

  • Integratsiyalashayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojla-nish darajasining bir-biriga yaqin va bozor iqtisodiyot yaxshi ri-vojlangan bo’lishi, xo’jalik mexanizmlarining birgalikda olib bo-rilishi;

  • Davlatlarning chegaralari hamda iqtisodiy munosabatlarning tarix jihatdan qanday tarkib topganligi.

  • Bir qator mamlakatlarda yuzaga kelgan iqtisodiy muammolarni birgalikda sa’y-harakat qilib echish.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya mikro darajada (korxonalar, firmalar) va makro darajada (davlatlar, mintaqalar) shakllanadi. Shu munosabat bilan integratsiyalashda ikkita yo’l vujudga keladi;

  1. Ko’p qiyinchiliklarni engib o’tishga yordam beradigan trans-milliy firmalarni tashkil etish va rivojlantirish yo’li.

  2. Davlatlararo kelishilgan holda maqsad sari yo’naltirilgan jahon xo’jaligi bozori makonini yirik mintaqalarda joylashti-rish.

Bu ikki yo’nalishni birga qo’shib olib borish xalqaro iqtisodiy integratsiyaga o’tishni ta’minlash xalqaro xo’jalik munosabatlarning eng yuqori samarali va istiqboli yo’li bo’lib hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning sub’ektlari bo’lib xalqaro ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va ilmiy-texnika tomondan hamkorlik qilayotgan hamda tovarlar va xizmatlar almashinuvini olib borayotgan tomonlar hisoblanadilar. Xalqaro iqtisodiy integ-ratsiya iqtisodiy usullar tizimi, tashkiliy chora-tadbirlar va ins-titutlar ko’rinishidagi XII mexanizmlarini ishga solish bilan amalga oshiriladi.
Mintaqaviy integratsiyaning maqsadlari:

  1. Bozorni kengaytirish imkoniyatlaridan foydalanish va ishlab chiqarish ko’lamini oshirish hisobiga ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirishdan iborat.

  2. Hamma yo’nalishlar bo’yicha mamlakatlar o’rtasidagi hamkor-likni mustahkamlash.

  3. XII qatnashuvi mamlakatlarning jahon bozoridagi mavqeini raqobatdagi mintaqaviy ustunligini ta’minlash.

Integratsiyaning afzalliklari, xom ashyolar, moliya, ishchi kuchiga, ilmiy resurslarga kirib borishning osonligi, bozorning hajmiga qarab mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytira olish imkoniyatlari borligi, ijtimoiy masalalarni hal etishdagi qulaylik tomonlari, mamlakatlar o’rtasidagi raqobatning o’sib borishi, savdoda juda qulay sharoitlar yaratib bera olishi, infratuzilmani yaxshilash bi-lan parallel ravishda savdoni kengaytira borish mumkinligi, yangi texnologiyalarni keng joriy etish tomonidan afzallikka ega.
Mintaqaviy xalqaro investitsiya noxush hollarni keltirib chi-qarishi ham mumkin: rivojlanishdan juda orqada qolib ketgan mam-lakatlardan resurslarning (ishlab chiqarish omillari) oqib chiqib ketishiga olib keladi, qayta taqsimlash o’zidan kuchli sherigi foy-dasiga hal bo’ladi. TMK lar bilan xalqaro mintaqaviy integratsiya qatnashchisi bo’lgan mamlakat o’rtasida oligonol til biriktirish natijasida narxning ko’tarilib ketishi, haddan tashqari kontsen-tratsiyalash orqasida ishlab chiqarish hajmini oshirishdan kelib chiqadigan yo’qotish.
XX asrning 90–yillarida xalqaro iqtisodiy munosabatlar so-hasida mintaqaviy keskin interfikatsiyalash – «mintaqaviy bum» ni keltirib chiqardi. Bu ikki xil shaklda namoyon bo’ladi: Birinchidan, mintaqaviy kelishuvlarning yangi oqimi – miqdorining oshib keti-shi ilgari tuzilgan bitimlarning yangi sharoitga moslab qaytadan tuzilishi va hokazolar. Ikkinchidan, bitimlarning sifat o’zgarishi – bitimlar o’sishining chuqurlashuvi, integratsiyaning ko’proq rivoj-langan shakllarini kompleks qo’llash. Shuningdek, «Makrominta-qa»–Shimoliy Atlantik, Tinch okeani
«Evrosiyo», Janubiy va boshqa integratsiyalash mintaqalarining vujudga kelishi hamda rivojla-nib borayotganligi edi. Mintaqaviy integratsion birlashmalar kelishuv bitimlari tuzish tendentsiyasi mustahkamlanib bormoqda. (MERKOSUR – Evropa Ittifoqi bilan Lotin Amerikasining Janubiy Konus mamlakatlari Umumiy bozori o’rtasidagi bitim).
Mintaqaviy integratsiya va globalizatsiya. Mintaqaviy iqtisodiy komplekslarga globallashuv rivojining muhim elementlari sifati-da qarash kerak. Mintaqaviylashtirish qo’shimcha imkoniyatlarni, sav-doni erkinlashtirish, kapital harakati, xalqaro iqtisodiyotdagi ish-lab chiqarishning barcha shakllarini rag’batlantirish mexanizmlari-ni vujudga keltiradi. Mintaqaviylashtirish jamoa protektsioniz-mini mustahkamlab, ba’zi bir savdo-iqtisodiy guruhlarning kuchayishiga sabab bo’lsa, globallashuvning umumiy jarayoniga to’g’a-noq bo’lishi ham mumkin.

    1. Download 0,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish