Rivojlanayotganmamlakatlarmintaqasiuchun. Bu mintaqa mamlakatlarining o’zaro iqtisodiy aloqalari darajasi past. Bu munosabatlarni intensifikatsiya (kuchaytirish, rivojlantirish) qi-lish uchun
maqsad sari yo’naltirilgan shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi. Bu, o’z navbatida, integratsion jarayonlarda davlat oldida keng qamrovli iqtisodiy vazifa turganligini ko’rsatadi. Bu hol haqiqiy integratsiyani rivojlantirishga kirishishdan oldin shunga o’xshash yuzaki integratsiyani amalga oshirish qonuniy ekan-ligidan dalolat berib turadi. Bulardan biri ma’lum bir iqtiso- diy guruhlarni va ularning siyosiy-huquqiy institutlarini tashkil etish bilan xarakterlanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa mintaqaviy institutlarni rasmiylashtirish yuz bergan va milliy xo’jaliklarni yaxshigina integratsiyalashgan makroiqtisodiy daraja-sida ham davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlarda integratsion birlashmalarni tashkil etish va faoliyat ko’rsatishida siyosiy omillarning ham o’ziga yarasha o’rni bor. Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy birlashmalarni tashkil etishda, ko’pincha, siyosiy omillar to’sqinlik qilmoqda. Shu sababli iqtisodiy poydevor yaratish maqsadida dastlab siyosiy ittifoq tuzishga harakat qilish kerak. Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy integratsiyalashning zarurati shundan kelib chiqadiki, integratsiya sharofati bilan iqtisodiy rivojlanishdagi, birinchi navbatda, sanoatdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish imkoni tug’i-ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasi oldida quyidagi maqsadlar turishi kerak.
iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish;
xo’jaliklarning eng qulay (optimal) tuzilmasini yaratish;
ilgarigi metropoliya (hukmronlik) ga tobelikni bo’shashtirish;
xalqaro mehnat taqsimoti tizimidagi qaramlik vaziyatini o’z- gartirish.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasi rivoji sur’atiga bir qator omillar salbiy ta’sir etadi:
har bir mamlakat ichki iqtisodiy holatini belgilab beruvchi omillar; o’zaro munosabatlarning xususiyatlari (moddiy bazasining kuchsizligi; infratuzilmasining etarli darajada rivojlanmagan-ligi; bir xil tipdagi xo’jalik va tarmoq tuzilmasi (struktura)ga ega integratsiyalashayotgan mamlakat iqtisodini to’ldirib turish daraja-sining pastligi; mintaqaviy qo’shma loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarning kamligi).
Tashqi tartib-intizom omillari (sanoati rivojlangan mam-lakatlarning tashqi savdo va eksport ishlab chiqarishi ustidan TMKlar nazoratining ustunligi)