M. Mirsaidov



Download 0,66 Mb.
bet43/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

«Sirpanuvchan kompensatsion yig’imlar» keng qo’llaniladi. Buni qo’llashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad ma’lum tovarlar uchun belgilangan ichki yuqori narxni ushlab turish hamda nazorat ostiga olingan narxni tartibga solib turish hisobiga qishloq xo’jalik bozorini himoya qilishdan iborat. Ko’pgina tovarlarga minimal import narxi (yil sayin EI Komissiyasi tomonidan aniqlab turiladigan) belgilanadi, bu tatbiq indikator vazifasini o’tab boshqa bir uchinchi mamlakatdan mahsulot olib kelish imkonini beradi.
Kompensatsion yig’im hajmi tovarning dunyo narxi hamda Ev-ropa Ittifoqi mamlakatlaridagi transport xarajatlari va tovar sifatini hisobga olgan ichki nazorat narxi o’rtasidagi farqqa bog’liq bo’ladi. Yig’imlar ta’siri ostida importga mo’ljallangan qishloq xo’jalik mahsulotlarining
70 foizi Evropa Ittifoqiga kelib tushadi. Buning natijasida qayta ishlangan mahsulotlar bir vaqtning o’zida boj to’lovi va kompensatsion yig’imga tor-tiladi. Yig’imlar qishloq xo’jaligi xom ashyosidan, boj esa shu xom ashyodan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotdan olinadi.
Qishloq xo’jaligi Evropa Ittifoqi, AQSh, Kanada, Yaponiya va boshqa mamlakatlar iqtisodiyotining eng ko’p protentsion himoya- langan tarmog’i hisoblanadi.

5. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi


Bozor iqtisodiyotiga o’tish davlat tomonidan tashqi iqtiso-diy faoliyatni tartibga solishning yuqori sifat ko’rsatkichiga bo’lgan yangicha yondashuvni talab qiladi. Hozirgi vaqtda davlat tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda quyidagi vazifa-lar ustuvor masala sifatida ko’riladi:

  • uzoq muddatli strategiyani aniqlash;

  • eksport va import, valyutali tashqi savdo, investitsiya prog- nozlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb etilgan vazirliklar, idoralar, kontsern va assotsiatsiyalar, ishlab chiqarish birlashmalari va barcha turdagi xususiy korxonalarning faoliyati ustidan nazorat o’rnatish;

  • mamlakatni xalqaro mehnat taqsimotida yanada faol va sama-rali ishtiroki etishi uchun sharoit yaratib berish va rag’batlanti-rish.

Davlatning asosiy vazifasi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchilar faoliyatlarini tartibga solib turishni cheklov-chi chora-tadbirlarni o’rnatishdan iborat emas, balki ularning jahon bozoriga kirib borishlari uchun har tomonlama yordamla-shishdan iborat.
Davlat milliy manfaatlarini, butun jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga so-ladi va uning qatnashchilariga aniq chora-tadbirlar bilan yordam ko’rsatadi, qo’llab- quvvatlaydi yoki tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim nomaqbul turlari amalga oshirilishiga imkon bermaydi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tashqi iqtiso-diy aloqalarni davlat tomonidan tartibga solib turilishi o’z ichi-ga quyidagilarni oladi.

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarini ro’yxatdan o’tka-zish;

  • Soliq va imtiyozlarning tabaqalashgan tizimini joriy etish;

  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni axborotlar bilan ta’minlab tu-rishning davlat tizimini tashkil etish;

  • Ayrim hududlar, tarmoqlar, korxonalarning tashqi iqti-sodiy aloqalarni o’rnatish va uni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan dotatsiya, subsidiya, subventsiya, byudjetdan ssuda, tavakkal-chilik sug’urtasi shaklida moliyaviy yordam berish;

  • Respublikada tashqi iqtisodiy aloqalarni turli xil shakl-larini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli kompleks dastur-larni ishlab chiqish, moliyalashtirish va ekspertizasini o’tkazish;

  • Mahsulotlarni (ishlar, ko’rsatiladigan xizmatlar) eksport va import

qilish tartibini deklaratsiyalash;

  • Valyuta mablag’lari va boshqa fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish;

  • Davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo’nalishlar bo’-yicha rivojlanadi.

  • Iqtisodiyotni mustahkamlash, barqarorligi va rivojlani-shini ta’minlash;

  • Fuqarolar sog’lig’i, xavfsizligini ta’minlash va atrof-mu-hit muhofazasi;

  • Mamlakatdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni chet el bozo-riga chiqish imkoniyatlarini ta’minlash;

  • Mahalliy tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar-ning raqobatbardoshligini ta’minlash;

  • Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini rivojlantirishni rag’batlantirishni ta’minlash, ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko’mak-lashish;

  • Ayrim tarmoqlar ehtiyojini qondirish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning holati va rivojiga davlat to-monidan ta’sir o’tkazish chora-tadbirlari tizimida, ayniqsa, boj-tarif asosida tartibga solib turish muhim o’rin tutadi. U mavjud qonunlar va huquqiy- me’yoriy aktlarga asoslanadi: O’zbekiston Respublikasining «Bojxona tarifi to’g’risida»gi O’zbekiston Res-publikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlari, Davlat bojxona qo’mitasi, Moliya vazirligi, davlat soliq qo’mitasining qabul qil-gan va me’yoriy hujjatlari.
O’zbekiston 2002 yilning 1 iyulidan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyatida Tovarlar nomenklaturasi qo’llanila boshladi. Bundan ko’zlangan maqsad bundan buyon import operatsiyalarini boj tarif-lari asosida tartibga solib turishni takomillashtirish, import bojini unifikatsiyalash edi.
Butunjahon savdo tashkilotining standartlariga mos ravishda import tariflari tuzilishi takomillashtirildi, 2002 yilning 1 iyunidan boshlab import bojining yangi stavkalari tasdiqlanib amaliyotga joriy etildi; jismoniy va yuridik shaxslar uchun alo-hida import bojxona boj stavkalari joriy etildi, jismoniy shaxslar uchun bojxona bojini yangi turi

  • yagona bojxona boji joriy etildi; O’zbekiston hududiga import tovarlarining olib kirishning yangi qoidalari qabul qilindi.

Mahsulotlar olib kelish va chetga chiqarishni tartibga solish chora- tadbirlari hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar, qonuniy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunga misol qilib kodirovkalash, embargo e’lon qilish va texnik to’siqlarni ko’rsa-tish mumkin.
Hozir paytda O’zbekiston Respublikasida quyidagi taqiqlov-chi va cheklovchi chora-tadbirlar amal qilib turibdi:

    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan “eksport uchun taqiqlangan buyum-lar va mahsulotlar” Ro’yxati. Bunday taqiqlangan buyumlar va mah-sulotlar ro’yxati mamlakatdagi ichki vaziyatga ko’ra hamda jahon bozorida sodir bo’lgan vaziyatdan kelib chiqib tuziladi.

    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq O’zbekistonga “olib kirilishi taqiqlangan buyumlar” Ro’yxati;

    • O’zbekiston Respublikasining «maxsus yuklar va harbiy kon- tingentlar tranziti to’g’risida»gi qonuniga asosan O’zbekiston Respublikasi bojxonaga hududidan tranzit bilan olib o’tilishi taqiqlangan buyumlar Ro’yxati.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish maqsadida res-publikada eksporti taqiqlangan tovarlar miqdori qisqartiril-di. 2002 yil may oyidan boshlab sut kukuni, choy xom ashyosi va etil spirti eksportiga belgilangan taqiq bekor qilindi, 2002 yil iyun oyidan boshlab chet el valyutasi ajratilishi tavsiya etil-maydigan import va iste’mol tovarlari ro’yxati bekor qilindi. O’zbekiston Respublikasining amal qilib turgan qonunlariga bi-noan hozirgi vaqtda kvotalash ham bekor qilindi.
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida yuridik shaxslar tomonidan keltiriladigan import is-te’mol tovarlari, chunonchi sifatli texnologiyalar xom ashyolar, butlovchi qismlar, mahsulotlar va nooziq-ovqat tovarlar uchun belgilangan yig’imning tovar bojxona qiymatining 30 foizi miqdoridagi qismini to’lashdan ozod qilindi.
2003 yil iyul oyida uy-joy qurilishini kengaytirish uchun shart- sharoit yaratish, aholining va respublika korxonalarining yog’och va yog’och materiallariga bo’lgan ehtiyojini qondirish, bu mah-sulotlar bilan ichki iste’mol bozorini to’ldirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomondan maxsus qaror qabul qilindi. Bu qarorga binoan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan yog’och va yog’och materiallariga import bojlari bekor qilindi.
Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishning tarifli va notarif usullari mexanizmini takomillashtirish, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni va ichki bozorni himoyalash doirasida Respublikada
«Himoya choralari, dempingga qarshi va kompensatsion bojlar
to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.
Ko’pgina davlatlar milliy iqtisodiyotni tiklash jarayonida ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsa-dida protektsionizm siyosatini qo’llaydilar. Aks holda mahalliy korxonalar
«sinishi», ishsizlikning yuzaga kelish xavfi tug’iladi. Lekin protektsionizm siyosati salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Masalan, iqtisodiyotning himoya qilinayotgan soha-larida resurslardan oqilona foydalanmaslik holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Iqtisodiyot tizimini boshqarishni qayta qurish vositasi si-fatida tariflar va bojlarni qo’llash milliy iqtisodiyotni ri-vojlantirish uchun ko’proq samara beradi. Xususan, respublika xalq xo’jaligining u yoki bu sohasi ahamiyatini, ularning rivoj-lanish imkoniyatlarini baholab, qisqa muddatlarda kam sarf-xara-jatlar qilib, jahon bozorida raqobatlasha oladigan va mamlakat valyuta resurslarini to’ldirishini ta’minlaydigan tarmoqlarda qo’llanilishi va rag’batlantirishi mumkin.
Agar mamlakatlar Bojxona Ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi barcha ishtirokchi davlatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo’lib qoladi (masalan, Evropa iqtisodiy hamjamiyati). Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlr iq-tisodiyotida va jahon xo’jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta’-sirida o’zgaradi. Umuman, jahonda bojlarning pasayishi tenden-tsiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama va ko’p tomonlama muzo-karalar asosida mamlakatlar tomonidan rag’batlantirilmoqda va nazorat qilinmoqda.
Shunday qilib, bojxona bojlari va tariflar milliy dara-jada bo’lgani kabi, millatlararo darajada ham tashqi savdoni tar-tibga solishning muhim vositalari hisoblanadi. Bojxona tarif-lari va bojlaridan tashqari tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita, egiluvchan usullari sifatida turli soliq turlari keng qo’llaniladi. Bunda faqat tashqi soliq tizimidagi emas, balki ichki soliq tizimidagi soliq turlaridan ham keng foydalaniladi. Faqat tashqi savdoni tartibga solishda qo’llani- ladigan soliqlarga import va eksport soliqlari kiradi. Ular olib kelinayotgan yoki olib chiqilayotgan mahsulotlarga, ularning oqimlarini tartibga solish, ya’ni rag’batlantirish yoki to’xtatish maqsadida belgilanadi.
Ko’pgina malakatlarda import tushumlariga soliqlar keng qo’l- lanilsa, eksport mahsulotini sotishdan tushadigan tushumlarga so-liq imtiyozlari joriy etilgan. Bu eksportni rag’batlantirishga, ichki va tashqi bozorlardagi narxlar farqi ko’p bo’lganda o’z mah-sulotlari kabi import mahsulotlarga ham mamlakat ichida sotish uchun bir xil sharoitlar
yaratish imkonini beradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek, ichki soliqlar tizimi yordamida ham tartibga solinadi. Davlat sotishdan olingan foy-daga, pul kapitalidan daromadlarga, kapitalning qo’shimcha o’si-shiga, qimmatbaho qog’ozlarga, ortiqcha foydaga va boshqalarga so-liqlarni belgilab, o’zining hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar-ning faoliyati uchun qulay yoki qulay bo’lmagan sharoitlarni yara-tishi mumkin.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish