Kvotalash-eksport-import miqdorini cheklashning keng tar-qalgan shakllaridan biri hisoblanadi.
Kvotalash yoki kontingent (ma’lum mamlakatlarga kiritila-digan,
ulardan chiqariladigan yoki ular orqali o’tkaziladigan ba’zi tovarlar uchun belgilab qo’yilgan miqdor) deyilganda qiymati bo’yicha import (eksport) miqdorini cheklash yoki ma’lum bir mud-datga miqdor cheklovi tushuniladi. Shu bilan bir vaqtning o’zida kvotada belgilanganidan ortiqcha mahsulot importi (eksporti)ni ham taqiqlaydi. Import kvotalarining joriy etilishi ma’lum tovarga nisbatan talabni cheklaydi va import mahsulotlari chiqa-ruvchi mamlakatlar ichki bozorida narxning ko’tarilishiga olib ke-ladi. Hozirgi vaqtda kvotalarning bir necha turidan foydalanil-moqda.
Global – bu har yili belgilanadigan kvota.
Individual – Bu kvota import qiluvchi ma’lum bir firma tomonidan olib kelinadigan tovarga belgilanadi va import chek-lovining juda kuchli tadbiri hisoblanadi.
Mavsumiy - qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ishtirib olish mavsumida qo’llaniladi.
Tarif kontingenti – preferentsial import hajmini aniq-lash uchun qo’llaniladi, tarif kvotasida belgilanganidan ko’p miq-dorda tovar olib kelinsa, bu holda odatdagi darajada bojga tor-tiladi.
Amaliyotda kvotalar quyidagicha taqsimlanadi:
Auktsion asosida - hukumat litsenziyalarini auktsion savdo-lari doirasida taqsimlash;
Mamlakatni o’tgan davr importdagi ulushi asosida;
Xedjerlari asosida.
To’lovlar mexanizmidagi cheklovlar:
Iste’molchi mamlakatlar ichki bozoridagi import tovardan (ichki diskrimatsion soliqqa tortish) olinadigan soliqlar;
Bilvosita chegara soliqlari iste’molchi mamlakatlarning bojxona hududidan olib o’tilayotgan tovardan olinadi (faqat im-port tovarlardan olinadi);
Import depoziti talabi shundan iborat: import qiluvchi ma’lum miqdordagi summani (import qiymatini hisobga olib) kelgusidagi boj to’lovi uchun bankning maxsus foizsiz schetiga garovga qo’yadi. Bitishuv nihoyasiga etgach, garovga qo’yilgan summa foiz miqdorisiz import qiluvchiga qaytarib beriladi. Depozit summasi import tovarning qiymatiga qarab 50-70 foizga etishi mumkin va import uchun sarflanadigan naqd mablag’ resurslarini kamaytirishga qaratiladi.
Dunyo amaliyotida milliy, xorijiy va jismoniy shaxslar uchun, tovarlar va xizmatlar uchun belgilangan soliqlarning bir xil stavkalaridan kelib chiqqan soliq olish printsipi keng tarqalgan. Lekin bu holda turli
xil narxlardan foydalaniladi: milliy tovar uchun sanoat narxi, chet el tovari uchun «sif» narxi qo’l-laniladi va bu narxga sug’urtalash va tansport xarajatlari ham qo’shiladi.
Soliqlar Evropa Ittifoqi mamlakatlari milliy qishloq xo’-jaligi bozorlarini himoyalashda keng qo’llaniladi. Kvotalar olib kelinayotgan mahsulotlarning miqdorini belgilaydi. Bu ichki bozorda narx o’sishini rag’batlantiradi.
Soliqlar ichki bozor narxlarini doimo bir xil darajada ushlab turadi. Bu – talabga qarab mumkin bo’lgan hajmdagi mah-sulot olib kelish imkonini beradi. Talabning o’sishi oqibatida kvotalar tarif ekvivalenti ortib boradi, soliqning ekvivalenti bo’lsa pasayadi.
G’arbiy Evropa mamlakatlari amaliyotida import soliqlari -