maxsus (muayyan xususiyatga ega bo’lgan) bojlar – tovarning og’irlik birligida yoki narxning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmagan tovar hajmidan o’ylab topilgan (soxta) summa shaklida olinadi; tovarlar narxi tushib ketgan vaqtda bu usul qo’llansa ko’p naf be-radi.
aralash bojlar – boj tarifida ko’rsatilgan advalor hamda spetsifik boj yig’indisi yoki biryo’la qo’shib olinishi; bunda o’sha vaqtga mos eng samarali boj stavkasi tanlab olinadi.
Bundan tashqari, alohida bojlar antidemping, kompensatsion, taqiqlovchi bojlarni qo’llash ham uchraydi.
Antidemping boj – u yoki bu mamlakatning normal baho-sidan ancha past narxlarda bu xil tovarni keltirish mamlakatda shunday tovarlarni ishlab chiqaruvchilar uchun moddiy zarar kel-tirishi mumkin bo’lgan yoki shunday tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki kengaytirishga to’siq bo’ladigan hollarda qo’l-laniladi.
Kompensatsion boj – subsidiyadan bevosita yoki bilvosita foydalanib, chetdan tovar olib kelishda, tovar ishlab chiqarish yoki chetga mol chiqarishda qo’llaniladi. Chetdan keltiriladigan tovar mamlakatning o’zida tovar ishlab chiqarayotganlarga moddiy zarar etkazishi mumkin bo’lgan holda yoki shu xil tovarni ishlab chiqa-rishni tashkil etish yoki kengaytirishga to’siq bo’ladigan hollarda qo’llaniladi.
Bojxona bojlaridan tashqari hamma mamlakatlardan tovar olib kelinayotgan paytda turli xil yig’imlar va soliqlar ham olinadi. Bu yig’im va soliqlar tovar keltirilayotgan mamlakatning ichki bozordagi
raqobat muvozanati, mamlakat sanoat tarmoqlarini himoyalash; davlat xazinasini to’ldirish maqsadlari; bojxona xizmatini ta’minlash va shu kabilar uchun qulay sharoit yaratadi.
Tovarlarni olib kirishda qo’llaniladigan yig’imlar va soliqlardan tushadigan umumiy qo’shimcha summa miqdori ko’pincha bojxona tarifida belgilangan boj solig’i summasidan ko’proqni miqdorni tashkil etadi. Ba’zi bir yig’imlar stavkalari belgi-lanmagan bo’ladi va faqat mamlakatning olib borayotgan iqtisodiy siyosati hamda kon’yunkturaning holatiga qarab olinadi.
Bojxona tariflari tuzilishi ichki bozorni samarali himoya-lashning
«eskalatsiya» tarifi negizi asosida quriladi.
Samarali tarif stavkasi (stavka effektivnogo tarifa) – ish-lab chiqarish jarayonida tovarlar narxining oshib ketmaslik tari-fini qattiq nazorat qilishni bildiradi. Mahsulotning narxi tayyor mahsulotlar uchun boj stavkasining hajmi, xom ashyo va yarim fabrikatlar boj stavkasi va ularning tayyor mahsulotdagi hissasi o’rtasidagi farqqa bog’liq.
Boj hajmi bilan tayyor mahsulotlar va xom ashyolar o’rtasidagi farq qanchalik yuqori bo’lsa, tayyor mahsulotlarda xom ashyo hissasi qanchalik ko’p bo’lsa, bojdan himoyalanishning haqiqiy stavka hajmi shunchalik ko’p bo’ladi. Bojdan himoyalanishning (protek-tsionizmning samarali darajasi) haqiqiy (yoki samarali) darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
q t a1t1
1 a1
t – import uchun tayyor mahsulotga bojxona bojining bel-gilangan darajasi.
a1 – tayyor mahsulot narxida import xom ashyo bahosining his-sasi bojxona tarifida yo’qligi.
t1 – import xom ashyosining nominal tarifi.
Hozirgi zamon xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bosqichida o’zaro savdo aloqalarini tartibga solib turuvchi rolni o’ynab turgan bojxona mavqei pasayib borayapti.
1947-1998 yillar mobaynida bojxona boji 45% dan 3-4% gacha pasaydi. Uning rivojlangan mamlakatlardagi o’rtacha stavkasi Yaponiyada 3,5% ni, AQShda 5% ni, Evropa Ittifoqi mamla-katlarida 7,5% ni tashkil etdi. Bu hol bir qator omillar ta’siri ostida yuz berdi.
GATT-UST ning maqsadga yo’naltirilgan faoliyatlari;
Bir qator qulay sharoitlarning ta’siri;
Investitsiya tovarlarini to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasi
shaklida olib kelish imkoniyati vujudga kelganligi;
Preferentsional (engillik) kelishuvlarning keng tarqalgan-ligi;
Integratsiyalash guruhlari faoliyati;
Bog’lovchi tarif printsipini amaliyotda keng qo’llanilayot-gani. Alohida tovarlar guruhiga–to’qimachilik, kiyim-kechak, teri-charm,
kauchuk, sayyohlik tovarlari, baliq va baliq mahsulotlari, transport jihozlariga bojning yuqori stavkalari saqlanib qol-gan.
Milliy qishloq xo’jalik bozorlarini himoyalash maqsadida oziq- ovqat mahsulotlari uchun ham boj stavkalari yuqori. Bunga qishloq xo’jaligi sohasini «tarifikatsiya» qilish jarayoni ham ta’sir ko’rsatmoqda. Tarifikatsiya Evropa Ittifoqi mamlakatlari amaliyotida sut mahsulotlariga, shakar, sabzavot va mevalarga ta-qiqlangan boj tarifining paydo bo’lishiga olib keldi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida qishloq xo’jalik bozorlarini himoya qilish tarifida Yaponiya yoki AQShga nisbatan yuqori tarifli bojlarning joriy etilishi natijasida boj stavkasi haddan ziyod yuqori «tarif cho’qqisi»ga ko’tarildi va bu bojlar tovar bahosi ustiga qo’yiladigan 12% dan ortiqni tashkil etadi hamda bu boj turlari milliy ishlab chiqaruvchilarni samarali himoyalash vosi-tasi bo’lib xizmat qilmoqda.
Boj stavkalarini tabaqalashtirishning milliy boj tarif-larida ahamiyati juda katta bo’lib, 350-900 foizgacha etadi. «Tarif cho’qqisi» ishlab chiqarishning bir qator tarmoqlari, masalan, sab-zavot, meva, baliq, poyabzal va charm mahsulotlari, sayyohlik ji-hozlari, avtomobilsozlik mahsulotlari, yuqori texnologik tovar-lar (maishiy elektronika va soatlar) kabi turlari uchun ko’proq xosdir. Misol uchun, tovarlarning «jonli hayvonlar va mahsulot-lar» guruhi uchun bojning eng yuqori miqdori – Evropa Ittifoqi mamlakatlari uchun 198 foiz, Yaponiya uchun 50 foiz, Vengriya uchun 108 foiz, Koreya respublikasi uchun 243 foiz belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |