Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish – davlat tashkilotlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha chora- tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va uni bajari-lishini ta’minlash jarayonidir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo darajada tar-tibga solish xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan ishlab chi-qiladigan va ishtirokchi mamlakatlar manfaatdorligini ta’min-lashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish usullari - tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda qo’llaniladigan vo-sitalar va yo’l- yo’riqlar majmuasidir.
Bevosita usullar - taqiqlash yoki ruxsat berish xususiyatiga ega bo’lgan usullar.
Bevosita usullar - tashqi iqtisodiy faoliyatga iqtisodiy tayanchlar yordamida ta’sir etish.
Bojxona boji – mamlakatga olib kelinayotgan yoki mamla- katdan olib ketilayotgan mahsulotlarga solinadigan majburiy so-liq.
Advalor boji - mahsulotlar qiymatiga foiz hisobidan un- diriladigan boj.
O’ziga xos (spetsifik) boj - mahsulot og’irligi, hajmi yoki birligiga belgilangan pul miqdorida undiriladigan boj.
Import boji – davlat byudjetini to’ldirish va ichki bo-zorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish maq-sadida belgilanadigan boj.
Eksport boji – mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsu-lotlar taqchilligini oldini olish maqsadida belgilanadigan boj.
Bojxona tarifi – boj olinadigan va boj olinmaydigan, olib kelish va olib chiqish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkalarining tartibga solingan ro’yxati.
Litsenziyalash - tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat olish tartibi.
Kvotalash – eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chega- ralarini belgilanishi.
Dempingga qarshi bojlar - jahon narxlari va import qila-yotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha eksport qi-linayotgan mahsulotlarga o’rnatiladigan boj.
Kompensatsion bojlar – ishlab chiqarish yoki eksport qi-lishda subsidiyalar ajratilgan mahsulotlarga nisbatan belgila-nadigan boj.
Tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchilarini ro’yxatga olish – tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarini hisobga olish va rasmiy-lashtirish tartibi.
Mahsulot bayonnomasi - tashqi iqtisodiy aloqa qatnash- chisining mahsulot davlat chegarasini kesib o’tayotgani haqida ushbu mamlakatda o’rnatilgan qoidalarga muvofiq bergan arizasi.