Styuart Mil: jahon talabining shartlari va xalqaro ayirboshlashning foydaliligi
Haqiqiy hayot murakkabroq bo’lgan voqea-hodisalarni tushun-tirib berish uchun yanada batafsilroq bo’lgan, «talab» iqtisodiy kategoriyasini o’z ichiga olgan kengroq modellarni taqozo ega bosh-ladi. Styuart Milning isbotlashicha, sheriklar uchun xalqaro ayir-boshlashning afzalligi belgilovchi xalqaro baholar jahon talabi-ning shartlari bilan aniqlanadi. Bu qoida nima sababdan bir mamlakat ikkinchi bir mamlakatdan ishlab chiqarish xarajatlari bir xil mahsulotlarni nisbiy ustunlikka ega bo’lmagan holda ham sotib olishini tushuntiradi: mahsulot unga talab bo’lgan erda sotiladi va bu talab iste’molchilarning daromadlari, o’ziga xos didlari va talabnomalari yordamida aniqlanadi.
2. Tashqi savdo operatsiyalari mohiyati, turlari va shartlari
Tashqi savdo operatsiyalarining ko’pchiligi ma’lum shartlar asosida to’lovni valyuta bilan amalga oshirishni ko’zda tutadi. To’lov shartlari: valyuta bahosi va uni aniqlash yo’llari; to’lov valyutasi; baho valyutasining to’lov valyutasiga mos kelmay qolgan hollarida valyuta kursini qayta hisoblash, valyutani xavf-xatar-dan sug’urtalashga qaratilgan shart; hisob-kitob shartlari; ular-ning shakllari, to’lov vositalari.
Baho valyutasi – shartnomada tovarning bahosi ifodalangan valyuta.
To’lov valyutasi bu – shartnoma bo’yicha tovar to’lovi amalga oshiriladigan valyuta.
Valyutaga qo’yilgan shartlar tashqi savdo operatsiyalari, yo mil-liy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o’zgarishi yoki milliy valyutaning xarid qobiliyati pasayib ketishi oqibatida kelib chiqadigan valyuta xavf-xatarini bartaraf etishda qo’llani-ladigan sug’urtalash usuli.
Valyutaga qo’yilgan shartlar asosida shartnomaga ilova qilib baholar jadvali tuzib chiqiladi. Amalda quyidagilardan foyda-laniladi:
Bilvosita valyuta shartlari-tovarning bahosi xalqaro savdo hisob- kitoblarida keng tarqalgan valyutada belgilangan bo’lib, to’-lov odatda milliy valyutada ko’zda tutilgan bo’lsa qo’llaniladigan shartlar.
Bevosita valyuta shartlari - baho valyutasi va to’lov valyutasi mos kelib, lekin shartnoma bo’yicha to’langan summa miqdori boshqa ancha barqaror, ya’ni shartli valyutaga nisbatan kurslarning o’zga-rishiga bog’liq holda hisob-kitoblar valyutasiga qo’yiladi.
Multivalyuta shartlari - «valyuta savati»ga to’lovda valyuta kursining o’zgarishiga proportsional ravishda to’lov summasining korrektirovkasini mo’ljallaydi.
SDR bazasida valyuta shartlari-multivalyuta shartining turi bo’lib hisoblanadi.
Hisob-kitob shartlari kontragent davlatdagi tovar bozori-ning holati, tovarlar xarakteri, savdo an’analari, hukumatlararo bitimlari bor-yo’qligi bilan aniqlanadi. Xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari yo’qligi bilan aniqlanadi. Xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari odatda naqd hisob- kitoblar asosida, mashina va uskunalar esa kredit asosida realizatsiya qilinadi.
Hisob-kitob shakllari – yuz foiz miqdoridagi avans, ochilgan hisob raqamidagi kredit, akkreditiv va inkassalardan foyda-lanish mo’ljallanadi. Asosiylari bo’lib akkreditiv va inkassa hisoblanadi.
Xalqaro savdo-sotiqda tovarlarni etkazib berish tayanch shart- larining tashqi savdo bahosida transport omilini inobatga oluv-chi har xil turlaridan foydalanadilar. Bu turlarda taraflarning mahsulot etkazib beruvchining omboridan mahsulot oluvchining omboriga etib borishiga qadar bo’lgan turli bosqichlarda tovarlar tashilishini ta’minlash majburiyatlari tartibga solinadi, trans-port xarajatlari hamda tovarlarning yo’lda tasodifiy nobud bo’-lishi yoki shikastlanishi xavfi bilan bog’liq boshqa xarajatlarni taqsimlash tartibi nazarda tutiladi.
XX asr boshlarida jahon savdosida «tovarlarni etkazib berishning tayanch shartlari»ning yagona talqini mavjud emas-ligi oqibatida ahdlashuvchi taraflarning shundan kelib chiquvchi majburiyatlari mavhum bo’lib qolayotganligi sababli, qolaversa, savdo bitimlari ishtirokchilarining huquqlari va majburiyat-lariga nisbatan anchagina aniq va ixcham shartlarning (atamalar va ularning sharhlarining) tizimi yo’qligidan kuchli qiyin-chilik sezildi. 1936 yili Xalqaro savdo palatasi savdo atama-larini talqin etish fakultativ qoidalarining dastlabki maj-muini qabul qilganligi ham shu bilan izohlanadi. Bu majmua «Inkoterms-1936» nomi bilan mashhur bo’ldi.
Unga 1953, 1967, 1976 va 1980 yillarda kiritilgan qo’shim- chalar sotuvchi zimmasidan asta-sekin sotib oluvchi zimmasiga o’tuvchi javobgarlik asnosida tovarlarni yuklash, tashish, yuklab tushirish va sug’urtalash bilan bog’liq eksportchi va importchi-larning munosabatlari soz holda bo’lishiga erishish imkonini berdi.
Bu jihatdan 1953 yil, ayniqsa, sermahsul bo’ldi. O’shanda bir yo’la 9 ta atama qabul qilinib, «Inkoterms» shartlari sifat jihatidan yangilandi. Xalqaro savdo munosabatlari amaliyotiga EXW («franko- korxona») atamasi qo’shildi, bu atamada tovarni etkazib borishda majburiyatlarni sotuvchi uchun minimumga va sotib oluvchi uchun maksimumga keltirish mujassam topdi. O’shanda tovarni sotib oluvchining mamlakatiga etkazib berishga doir barcha majburiyatlarni sotuvchining zimmasiga yuklaydigan DES («franko-kema» etkazib berish) va DEO («franko-bandar-goh» etkazib berish) shartlari ham qabul qilindi. Boshqa atama-lar ana shu o’ta bir-biridan yiroq nuqtai nazarlar oralig’ida u yoki bu transport turiga nisbatan qo’llaniladigan bo’ldi. 1967 yilda yana bir «ekstremal» atama - DDP («mahsulotni boj to’la-gan holda etkazib berish) qabul qilindi. Bu shart, agar atamadan keyin mahsulot etkazib berilishi lozim bo’lgan joy ko’rsatilgan bo’lsa, tovarni bevosita sotib oluvchiga etkazib berish vazifa-sini sotuvchi zimmasiga yukladi.
1990 yilda "Inkoterms-90» hujjatining yangi tahriri yuzaga keldi. Hozirgi vaqtda bu hujjat 2000 yilgi tahrirda («Inko-terms-2000») amal qilayotir.
«Inkoterms»ning 2000 yilda qayta ishlanishining asosiy sabablaridan biri atamalarni keyingi yillarda anchagina keng tarqalib borayotgan axborotlarning elektron almashinuviga moslashtirishga bo’lgan mushtarak intilish bo’ldi.
Yuqorida aytilganlarga qaramay, «Inkoterms»ning asosiy vazifasi hamma vaqt «tang nuqta»ni, ya’ni sotuvchi o’z zimmasi- dagi shartlarni bajargach, tovar etkazib berilgan deb hisob-lash mumkin bo’lgan vaziyatni aniqlashdan iborat bo’lib qolave-radi. Shu bilan birga, uning tovarga ilova etiladigan hujjat-larni va tijorat hujjatlarini rasmiylashtirish, eksport-im-portni litsenziyalash va tovarni etkazib berganlik uchun to’lov-lar to’lash tartibiga, «tekshiruv operatsiyalari»ni tashkil etish-ga, shartnoma hujjatlarining mazmuni va turlariga, sotuvchi-ning yuklarning o’rovi va markalanganligi borasidagi maj-buriyatlarini, sug’urta muddatlari va shu singarilarni aniq-lashga bo’lgan ta’sirini etarlicha baholamaslik mumkin emas. Bundan tashqari, xalqaro tijorat shartlari tovarlarni ichki ehtiyoj uchun etkazib berilishini, valyuta daromadlari va xarajatlarini boshqarishda, ichki sug’urtalashni rag’batlanti-rish va shu singarilarda davlat iqtisodiy siyosatining muhim vositasidir.
Hozirgi vaqtda shartnomalar tuzilayotganda asosan «Inko-terms-2000» (savdo atamalarini sharhlash bo’yicha xalqaro qoi-dalar) qo’llanilmoqda. «Inkoterms-2000» xalqaro konventsiyalarda yoki muayyan davlatlar doirasidagi qonunlarda yuridik jihatdan mustahkamlangan hujjat emas. Bu aslida tashqi iqtisodiy fao-liyat sohasidagi odat va rasm-rusum majmui bo’lib, tovarlar etkazib berish shartlariga qarab tovar sotuvchisi hamda sotib oluvchisining huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Tabi-iyki, «Inkoterms» shartlarini sharhlash tavsiya xususiyatiga ega bo’ladi.
Shu bilan birga, mazkur hujjatning qoidalari taraflar o’rta-sida yuzaga kelgan, bir-birlariga bo’lgan da’volar hakamlik sudida ko’rilayotganda xalqaro amaliyotda e’tiborga olinishini yodda tutish zarur. Mazkur hujjatning xalqaro amaliyotda foydalanilishi nizolarning hakamlar tomonidan ko’rib chiqilishi bilangina chek-lanib qolmaydi. Buning boshqa muhim jihatlari ham bor. Masa-lan, shartnoma tuzilayotganda tovarlarni etkazib berishning «In-koterms»da mufassal bayon etilgan shartlari aytib o’tiladi. Shy bois, shartnomada mahsulot
etkazib berish shartlari belgila-nayotganda ana shu hujjatga havolalarni aytib o’tilishi maqsadga muvofiqdir. Shu zaylda ular shartnomaning tarkibiy qismiga ay-lanadi, buning uchun taraflarning ikkiyoqlama qarori bo’lishi, binobarin, o’zaro majburiyatlarni belgilab olishda ular ana shu hujjat qoidalariga bevosita yoki bilvosita asoslanmoqlari zarur.
Tushunmovchiliklar va nizolardan xoli bo’lish uchun, yozma shart- noma tuzilayotganda matnga quyidagi iborani kiritadilar: «Ushbu kontraktni talqin etishda «Inkoterms» shartlari amaldagi tah-rirda o’z kuchiga ega». Bu gapni, odatda, Avstriya, GFR, Frantsiya kabi «Inko- terms» shartlari xalqaro savdo odatlariga taalluqli deb hi-soblanadigan va bu haqda atayin aytib o’tilmagan hollarda ham foydalaniladigan mamlakatlar bilan shartnomalar tuzishda ham ko’rsatib o’tadilar.
Shartnoma tuzuvchilar biron-bir sababga ko’ra o’z tayanch shart-larini yoki o’zlariga maqbul shunday shartlarni kiritishlari mumkin. Lekin bunday kezlarda shartnomada ularni aniq ta’riflashdan tashqari ahdlashuvchi taraflar ularni birdek tushunishiga ishonch hosil qilish ham zarur. Agar kontraktda
«Inkoterms» shartlariga zid shartlar keltirilgan bo’lsa, ana shu shartlar ustuvor ahamiyatga ega bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, «In-koterms» shartlari shartnomaga boshqa shartlar kiritilmagan paytdagina tayanch shar- tlar deb hisob-lanadi.
«Inkoterms»da 13 ta atama (shart) keltiriladi. Ular tovarlarni dengiz, aviatsiya, temir yo’l transporti va avtotransportda eksport-import tarzida tashishda, shuningdek, aralash tashishda ishlatiladi.
Atamalarda «franko» («xoli, ozod») tushunchasidan foydalana-dilar. Bu tovar ko’rsatilgan punktga etkazib berilishi yuzasidan sotib oluvchi hech qanday xarajat qilmaydi, ya’ni xarajatlardan xoli degan ma’noni anglatadi. Ayni shu punktda tovarga bo’lgan mulkdorlik va uning nobud bo’lishi xavfi sotib oluvchiga o’tadi va mahsulot pirovard manzilga etkazib berilishi bilan bog’liq barcha xarajatlar uning zimmasida bo’ladi. Shuningdek, pirovard manzil (punkt) shartnomada ko’rsatilmasligi mumkin, ko’pincha, shunday qiladilar ham.
Ana shu asosiy atamalarni quyida ko’rib chiqamiz.