M. Maxkamova


Mehnatni gorizontal bo‘lish



Download 0,92 Mb.
bet9/49
Sana18.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#388322
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin)

Mehnatni gorizontal bo‘lish


Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy maqsadi ishchilarni ayrim ishlar (operatsiya) ko‘rinishini bajarish uchun ixtisoslashtirish bo‘lib, mehnatni bo‘lishning muvofiq shaklini bunyod etishni talab etadi. Ish mehnat jarayoni ishtirokchilari- aro kasbiy belgilar bo‘yicha tarqatiladi. Malaka qanchalik to‘liq va chuqur hisobga olinishiga qarab, ish bajaruvchilar shaxsiy hissasi va mehnat samaradorligi belgilanadi. Mazmunan hamma ishni turli xil qismlarga bo‘lib chiqiladi, ya’ni umumiy ishlab chiqarish yo‘llanmasi va ish bajaruvchilarga mos tarzda taqsim- lab chiqiladi.

Mehnatni gorizontal taqsimlash — bu sifatiy va miqdoriy differensiallash va mehnat faoliyatini maxsuslashtirish. Mohiyat bo‘yicha bu butun ishni tashkil qiluvhci komponentlarga ajratish, ya’ni butun ishlab chiqarish jarayonini qismlarga ajratish, mehnat faoliyati har xil turlarini ishlab chiqarish va

bajaruvchilarni maxsuslashtirilgan holda uzluksiz xususiylashti- rish ko‘nikmalarini yaxshiroq egallashga majbur qiladi.

Mehnatni gorizontal bo‘lish kasbiy, funksional, malakaviy va operatsion — texnologik belgilari bo‘yicha olib boriladi.

Mehnatni kasbiy bo‘lish — bu mehnatni kasb bo‘yicha bo‘lish: hisobchi, iqtisodchi, moliyachi, inspektor.

Mehnatni funksional bo‘lish — mazmuni bo‘yicha birinchi- ga yaqin bo‘lib har bir ishchi o‘zining aniq ishini bajaradi. Ushbu holatda ayrim funksiyalar ajratib olinadi va shunga muvofiq tarzda ish bajaruvchilar belgilanib oladi. Masalan, bank boshqaruvchisi umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bo‘lim boshlig‘i bir necha odamlar ishini boshqaradi, bo‘lim inspektori o‘z obeyktidagi funksiyalar nazoratini amalga oshiradi.

Mehnatni kasbiy bo‘lish — bu mehnatni kasbga qarab bo‘lishdir. Masalan, bu iqtisodchilarning uch-to‘rt lavozim toifalari, oddiy iqtisodchi, birinchi, ikkinchi toifali iqtisodchi, yetakchi iqtisodchi.

Mehnatni operatsion — texnologik bo‘lish yo‘nalishi aniq mehnat operatsiyalari bajarilishini chegaralagan va ixtisoslashti- rilgan holda boshqaruvning ma’lum vaqtlariga mehnatni aniq bo‘lishi bilan bog‘liq. Masalan, qandaydir buyumni sotadigan sotuvchilarni ixtisoslashtirish, ishchi tomonidan murakkab mashinaning faqat bitta qismini ta’mirlash va sh.k.

Kichik korxonalarda biznesning asosiy funksiyalarini bir odam bajaradi (tadbirkorning o‘zi). Ishning hajmi o‘sib borishi bilan tadbirkor yana odamlarni jalb etadi.

Mehnatni bunday funksional bo‘lish boshida vertikal bo‘yi- cha sodir bo‘lib menejmentning loaqal ikki pog‘onasini nazarda tutadi: rahbarlar va ish bajaruvchilar (qo‘l ostida ishlovchilar).

Biroq mehnatni vertikal bo‘yicha (bo‘ysunish sifatida) bo‘- lish cheksiz davom etolmaydi. Agar tashkilot o‘sishda davom etsa, u holda mehnatni bo‘lishning gorizontal ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Bu mehnatni ichki bo‘linish jarayoni bo‘lib, uning bajarilishi noyob mutaxassislar yordamida amalga oshirilib yaxshi natijalarga erushiladi. Mehnatni gorizontal bo‘lish bo‘limlarda ish hajmini oshishi evaziga xodimlar sonini oshirish- ni talab etadi. Mehnatni gorizontal bo‘lish vertikal bo‘lishdagi kabi yuqori darajadagi bo‘ysunuvchanlikni talab etmaydi.

Menejer mehnati bo‘linishining turli xil ko‘rinishlarini paydo bo‘lishi firmada turli xil bo‘limlarni tashkil etish bilan bog‘liqdir. Ushbu jarayon departamentlash deb ataladi.

Departamentlash — bu bir-biriga yaqin bo‘lgan funksiya va bo‘limlardagi asosiy ishar ko‘rinishlarini guruhlashdir. Ular kor- xona hamma resurslarini samarali koordinatsiya qilish maqsadi- da tashkil etiladi.

Mehnatni gorizontal bo‘lish odatda funksional buyum-soha va malakaviy belgilar bo‘yicha olib boriladi.



Mehnatni funksional bo‘lisheng avvalo ishchilarni faoliyat- lari bo‘yicha ixisoslashtirish asosida olib boriladi. Ushbu holda ayrim funksiyalar ajratilib ularni bajarish uchun muvofiq ishchi- lar ajratiladi.

Buyum-soha belgisi bo‘yicha mehnatni bo‘lishkonkret meh- nat operatsiyalarini bajarishda chegaralash va ixtisoslashtirish bilan bog‘liq. Masalan, qandaydir bitta buyumni sotadigan so- tuvchini ixtisoslashtirish; slesarning murakkab mashinaning faqat bitta qismini ta’mirlashni amalga oshirish va sh.k.

Mehnatni malakaviy bo‘lishmehnat jarayoni ko‘rinishlarini aniqlashda ishning murakkabligi va uni bajarish uchun kerak bo‘lgan malakaga asoslanadi. Bunday holatda birorta yuqori malakali ishchi past malakali ishchi bajaradigan ishni bajar- maslik tamoyili buzilishi kerak emas. Ushbu tamoyilning buzi- lishi ish tannarxini oshirib inson resurslarini parchalanishiga olib keladi.

      1. Download 0,92 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish