Tashkilot elementlari. Tashkilotlarning qisqacha ta’rifi
Tashkilotga a’zolar o‘rtasidagi harakatlar va resurslarni talab qilingan mahsulotga aylantirish degan ta’rifni bersak bo‘ladi. Menejmentni jalb etish va balansni ta’minlash vositasi deb hisoblasak bo‘ladi.
Hamma tashkilotlar bir-biridan har tomonlama farq qiladi (funksiya, usullar, boshqaruv tamoyillari va boshqalar bilan). Lekin ular umumiy ta’riflarga ham ega.
Resurslar. Har qanday tashkilotning maqsadi resurslar borligi va ishlatilishidan iborat va ular orqali taktik va strategik maqsadlarga erishiladi. Asosiy resurslar — bu odamlar (mehnat resurslari), asosiy va aylanma vositalar, texnologiyalar va axborot.
Ichki va tashqi muhitga bog‘liqlik. Bu tashkilotning muhim ta’riflaridan biridir. Hech qanday tashkilot alohida, tashqi o‘zgarishlarga e’tibor bermasdan faoliyat yuritmaydi. Faoliyat tashqi muhitdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Ular tash- kilot faoliyatiga ta’sir o‘tkazadilar.
Tashkilotning ichki va tashqi muhit omillarining farqlanishi:
Konyuktura
Tashkilotga tashqi muhit har xil ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun muhim omillarni qayd etishimiz va ularga javob bera olishimiz kerak.
Tashkilotning ichki muhiti
|
|
|
|
|
|
|
Tashkilot maqsadi
|
|
Tashkiliy tuzilma
|
|
Topshiriqlar
|
|
Texnologiyalar
|
|
Odamlar (mehnat resurslar)
|
Ichki muhit deganda tashkilotning holat omillari tushunila- di. Tashkilotlar odamlar tomonidan yaratilgan tizimlar bo‘lib, ularning ichki omillari boshqaruv yechimlarining natijalari hisoblanadi. Buni tashkilotning xo‘jalik organizmi, uning tuzil- masi deb tushunsa bo‘ladi.
Tashkilot, ta’rifi bo‘yicha, bu — odam guruhi, ular umumiy maqsadlarga egadirlar. Tashkilotni maqsadga erishish vositasi deb hisoblasak ham bo‘ladi, u jamoa orqali maqsadga erishish- ga imkon beradi. Tashkil etish — bu ma’lum bir tuzilmani tu- zish degani, u qo‘yilgan maqsadga erishib va uni samarador- ligiga vositachilik qiladi. Tashkilot bu maqsadga va rejalarini bajarish uchun ko‘pgina elementlar tuzimini tuzish kerak bo‘- ladi.
Maqsadlar — bu mehnat jamoasi erishishga intiladigan oxir- gi ahvol yoki istalgan natija.
Tashkilotda hech bo‘lmaganda bitta umumiy maqsad bo‘ladi, unga mehnat jamoasining barcha a’zolari erishishga harakat qiladilar. Tashkilotlar, bir necha o‘zaro bog‘langan maqsadlarga bo‘lgan tashkilotlar murakkab deyiladi. Rejalash- tirish jarayonida tashkilot boshqarmasi maqsadlarni ishlab chiqa- di va a’zolarga ma’lum qiladi. Bu jarayonda tashkilotning bar- cha a’zolari ishtirok etadi.
O‘zaro maqsadlarni belgilash kelishuvi tashkilot a’zolariga yordam beradi, har biri nimaga ishlatilishini biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |