Mehnatni vertikal bo‘lish
Tashkilotdagi ishlar ko‘p qismlarga bo‘lingani uchun, ishni yaxshi ketishini ta’minlash maqsadida kimdir guruh ishini koor- dinatsiya qilishi kerak. Ushbu holda birinchi navbatga tashki- lotning hamma elementlari faoliyatini maqsadli yo‘naltirilgan tarzda koordinatsiya va integratsiyalash masalasi ko‘tariladi. Kimdir o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar vazifalarini aniqlash, tashkilot tuzilmasi va zvenolarini ishini nazorat qilish, koordi- natsiya va tashkil etishni o‘z zimmasiga olishi kerak. Bunday ishda albatta ikki moment mavjud bo‘ladi: intellektual (yechimni tayyorlash va qabul qilish) va erkinlik (hayotga tadbiq etish).
Eng murakkabi boshqaruv yechimini hayotga tadbiq etishdek mehnat faoliyati bo‘lib hisoblanadi. Bu avvalo bosh- qaruv ishlarining turli xilligi va ko‘pligi bilan shartlanadi. Ana shu ishlarni tartibga keltirish uchun obeyktlar bo‘yicha klassi- fikatsiyalanadigan, boshqaruv ta’siri yo‘nalishi, mehnat jarayoni bosqichlariga oid ayrim funksiyalarni bajarilishini ma’lum tizim- ga keltirib olish kerak.
Mehnatni vertikal bo‘lish quyidagi yo‘llanmalarga olib bori- ladi:
Umumiy rahbarlik — hayotga tashkilot faoliyatining eng asosiy istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tadbiq etish.
Texnologik boshqaruv — progressiv texnologiyani ishlab chiqish va tadbiq etish. Bu boshqaruvning zamonaviy usullari, ishlab chiqarishni kompleks mehanizatsiyasi va avtomatlashtirish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini ra- tsionalizatsiyalash bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy boshqaruv — tashkilot iqtisodiy faoliyatini strate- gik va taktik rejalashtirish, tahlil etish, xo‘jalik hisobida ishlashga o‘tish va uni rentabel holatda ishlashini ta’min- lash.
Operativ boshqaruv — operativ rejalarni tuzish va mikro- jamoa hamda ayrim ish bajaruvchilarga yetkazish, ish bajaruvchilarni ish o‘rinlariga joylashtirish va ularni ishlash qonun-qoidalari bilan tanishtirish, ishlab chiqarish jarayo- nining borishini doimiy nazorat qilib borish.
Personalni (xodimni) boshqarish — tashkilot mehnat re- surslarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rivojlantirish.
Shunday qilib, tashkilotda mehnatni bo‘lish (taqsimlash- ning) ikkita ichki shakli mavjud. Birinchisi, mehnatni umumiy faoliyat qismini tashkil etuvchi qismlar ya’ni, mehnatni gorizon- tal bo‘linishi. Ikkinchisi, vertikal bo‘lib harakatning o‘zidan kelib chiquvchi faoliyatini koordinatsiyalash. Boshqa odamlar ishini koordinatsiya qilish boshqaruv mazmunini anglatadi.
Nazorat savollari:
Tashkilot tushunchasiga ta’rif bering?
Tashkilotning hayotiy sikl kombinatsiyasini asoslab bering.
Tashkilot elementlarini yoriting.
Texnologiyalarning o‘zaro aloqasi, topshiriqlar, tuzilmalar va maq- sadlarini yoriting.
Rasmiy va norasmiy tashkilot deganda nimani tushunasiz?
Norasmiy tashkilotlar tavsifnomasini tushuntiring.
Mehnatni gorizontal va vertikal bo‘lishini asoslang.
O B. BOSHQARUV FAOLIYATINING MOHIYATI VA MENEJMENT TAMOYILLARI
BOSHQARUV TUSHUNCHASI
Jamiyat paydo bo‘lganidan boshlab hamma ijtimoiy jara- yonlarni, jamiyat ma’naviy va moddiy shart-sharoitini qayta ishlashni boshqarishga mushtoq bo‘lib kelayapti. Vaqt o‘tishi bilan boshqaruv jarayonlari ancha tashkillashtirildi va bunga ko‘p odamlar jalb etildi, davlat iqtisod, armiyani boshqarishda maxsus funksiyalar amalga oshirildi. Shunday qilib «boshqaruv» tushunchasiga ta’rif beramiz.
Boshqaruv — bu ma’lum bir natijalarga erishish uchun boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo‘nalti- rilgan tarzdagi ta’siriga oid jarayon.
Boshqaruv subyektideganda hokimlik ta’sirida kelib chiqa- digan yuridik yoki jismoniy shaxsni tushuniladi. Boshqaruv subyektining hokimlik vakolati, uning iqtisodiy va ma’naviy- axloqiy ta’sir kuchi boshqaruv jarayonining asosini tashkil eta- di.
Boshqaruv obyekti, boshqaruv subyektining hokimlik ta’siri- da yo‘naltirilgan bo‘lib u jismoniy-iqtisodiy tizim va jarayonlar bo‘lishi mumkin.
Tashkilotning bitta tuzilmasi boshqaruvning ham subyekti, ham obyekti bo‘lishi mumkin.
Masalan, univermagda boshqaruvchi tizimchasi direktor rahbarligidagi boshqaruv apparati bo‘lib hisoblanadi, boshqa- riluvchi tizimga esa bo‘limlar (seksiyalar) bo‘lib hisoblanadi. Bo‘lim (seksiya)da o‘z navbatida boshqaruvchi tizimga bo‘lim mudiri boshchiligidagi boshqaruv apparati bo‘lib hisoblanadi, boshqariluvchi tizimga esa sotuvchidir. Shu bilan bir vaqtda univermag ma’muriyati (direktori) boshqaruvchi tizimcha- dan boshqariluvchi tizimchaga yuqori tashkilot rahbariyatidan tushadigan buyruqlar, farmoyishlar bajarilish mobaynida o‘ta- di.
Boshqaruv jarayoni ayrim xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
Boshqaruv — vaqt va fazo bo‘yicha to‘xtovsiz tarzda amalga oshiriladigan jarayondir.
Boshqaruv — maqsadga yo‘naltirilgan jarayon.
�
Faoliyat
|
|
�
|
Transformatsiya
|
Boshqaruv subyektining obyektga ta’siri natijasida qo‘yil- gan maqsad bilan solishtirila oladigan qandaydir natija olinishi kerak.
Boshqaruv koordinatsiyalangan faoliyat bo‘lib bir odamning ko‘rsatmasiga ko‘p odamlarning bo‘ysunishidir. Moliyaviy nati- jalar olishni maqsad qilib qo‘ygan xo‘jalik subyektlari uchun odamlarni ma’lum bir daromad olish uchun boshqaruvchi — menejment tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Tashkilotdagi ishning samaradorligi mehnatni vertikal tarz- da bo‘linishining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Gap rah- bar xodimning bo‘linmalar va ish bajaruvchilar faoliyatini koor- dinatsiya qilish bo‘yicha mehnatni tashkil etishda borayapti. Tashkilotni boshqarish jarayonining harakat tamoyili sxemada keltirilgan.
Boshqaruv mehnati jamoatchilik mehnatining asosiy kate- goriyasi bo‘lib hisoblanadi. Shuning natijasida boshqarilmaydi- gan ishdan boshqariluvchi ish ajralib chiqadi, chunki boshqaruv faoliyat ko‘rinishida har qanday birgalikda bajariladigan mehnat- ga taalluqlidir. Boshqaruv keng ma’noda tashkilot oldidagi maqsadni shakllantirish va shu maqsadga erishish uchun rejalashtirish, motivatsiya va nazorat jarayonidir.
�
�
�
|
|
Axborot
|
|
|
|
|
Boshlang‘ich ma’lumotlar: Ishchilar, ishlab chiqarish vositalari, vaziyat
|
Shunday qilib, boshqaruv mehnati — birgalikdagi mehnat jarayoni qatnashchilari va umuman mehnat jamoasining maq- sadga yo‘naltirilgan, koordinatsiyalashgan faoliyatini ta’minlab beruvchi jamoaviy mehnat ko‘rinishidir.
Boshqaruv mehnatining maxsus xususiyatlarini ajratish mumkin:
uchta faoliyatdan iborat bo‘lgan boshqaruv apparat xodimlarining aqliy mehnati:
tashkiliy-ma’muriy va tarbiyaviy ish (axborotni qabul qi- lish va uzatish, yechimni ish bajaruvchilarga yetkazish, nazo- rat);
tahliliy va konstruktiv ish (axborotni qabul qilib olib, yechimlarni tayyorlash);
axborot-texnikaviy ish (hujjatlarga oid, o‘quv, hisoblash va rasmiy-mantiqiy operatsiyalar);
moddiy boylik yaratishda bevosita emas, bilvosita qat- nashish (ya’ni boshqa odamlar mehnati orqali);
mehnat predmeti — axborot;
mehnat vositasi — tashkiliy va hisoblash texnikasi;
mehnat natijasi — boshqaruv yechimlari.
Tashkilotni boshqarish jarayonida funksional roliga qarab rahbarlar, mutaxassislar, yordamchi personal ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |