Rahbar mehnatiboshqaruvning eng yuqori pog‘onasi bo‘lib hisoblanadi. Rahbarlar tashkilot faoliyatiga oid muhim masala- lar, qarorlar qabul qilish va quyi zvenolar ishini koordinatsiya qiladilar.
Mutaxassislar boshqaruv qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish vazifasini bajaradilar.
Yordamchi personal (texnikaviy ishlarni bagaruvchilar) bosh- qaruv apparatiga axborot xizmatini bajaradilar.
Boshqaruv faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar boshqa bel- gilar bo‘yicha ham klassifikatsiya qilinadilar jumladan, rahbarlik qilayotgan jamoa tarkibi, yo‘nalishi, boshqaruv tizimida egalla- gan joyi va darajasiga qarab.
BOSHQARUV IYERARXIYASI
Boshqaruvning traditsion tizimi asosan iyerarxik tamoyil bo‘yicha tashkil etiladi. Ko‘pchilik kompaniyalarda rahbarlik, huquq va javobgarlik hamda boshqaruvning turli darajadagi bir- biriga bo‘ysunishi aniq belgilab qo‘yilgan. Boshqaruvning yuqori, o‘rta va quyi darajalari ajratilib qo‘yiladi. Yakka hokim- likka asoslangan kompaniyalarda, xo‘jayin bir vaqtning o‘zida yuqori pog‘onadagi menejer bo‘lib hisoblanadi. Funksional bo‘linmalar va filiallar, boshqarmalar o‘rta pog‘onadagi rahbar-
ga, kichik jamoalar va guruhlar quyi pog‘onadagi rahbarga bo‘y- sunishadi.
Boshqaruvning har bir pog‘onasidagi funksiyalar tarkibi, huquq va majburiyatlar o‘ziga xosdir. Yuqori pog‘ona — presi- dent, vitse-prezident, direktorlar kengashi — bu kompaniyaning boshqaruv piramidasining cho‘qqisidir. Yuqori pog‘onada maqsad, siyosat shakllantiriladi, yangi aksiyalarni chiqarish, xorijiy filiallarni tashkil etish, yangi bozorlarni egallash va shu kabi strategik menejment deb nomlanuvchi yirik masalalar bo‘yicha qaror qabul etiladi. Yuqori pog‘onadagi menejer kom- paniya aksiyalarni past bahoda sotib olish kabi yengilliklarga ega bo‘ladi.
Kompaniya rahbariyatining ikkinchi pog‘onasi — hayot- ga — o‘rta — operativ rejalarni rivojlantirish va hayotga tadbiq etish va yuqori pog‘onada qabul qilingan qarorlarni joriy etish tartibini ishlab chiqishga javobgardir. O‘rta zvenodagi menejer- lar rejalarni joriy etishda keng imkoniyatga egadirlar. Masalan, ular qanday yangi uskunalarni sotib oish, reklama uchun ommaviy axborot vositalaridan qanday foydalanish kerak va sh.k. masalalarni mustaqil hal etadilar. Ushbu pog‘onadagi turli xil bo‘linmalar menejerlari kiradi.
Uchinchi, asosiysi — bu operatsion menejmentdir. U boshqaruvning quyi pog‘onasi bo‘lib hisoblanadi. Unga xiz- matchilar va ishchilarga bevosita rahbarlik qiladigan brigadirlar, ustalar va sh.k. boshqaruvchilar kiradilar. Ushbu pog‘onada menejerlar o‘rta zvenoda ishlab chiqilgan operativ rejalarni bajarilishi bilan shug‘ullanadilar. Katta firmalar, korporatsiyalar, aktsionerlik jamoalarda boshqaruvning hamma pog‘onalarida yollanma menejerlardan foydalaniladi, aktsionerlar umumiy majlisi va jamoa kengashlari qonunchilik huquqiga ega bo‘lib ayrim vaqtda strategik menejment funksiyasi bajariladi.
Hamma tashkilotlarda (eng kichkinasidan qat’i nazar) boshqa ishchilar uchun bitta va undan ko‘p boshqaruvchi talab etiladi. Shartli qilib aytganda kompaniyada yuqori, o‘rta va quyi zvenolardan tashkil topgan boshqaruv iyerarxiyasi ya’ni, tuzilma mavjuddir. Rasmda keltirilgan piramida shu narsani ko‘rsa- tayaptiki boshqaruvning quyi zvenosida yuqori zvenodagiga qaraganda rahbarlar ko‘p bo‘ladi.
Yuqori zveno boshqaruvchisi— hamma kompaniya faoliyati uchun javobgar va eng katta huquqqa ega bo‘lgan boshqaruv- ning yuqori pog‘onasi vakillaridir. Misol sifatida tashkilot vazi-
fasini belgilab beradigan, uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarni ishlab chiqadigan, siyosatni shakllantirib kompaniyani tashqi muhitda muhofaza qila oladigan firma prezidentini keltirib o‘tish mumkin. Yuqori zveno boshqaruvchilari bir xil korpora- tsiyalarda turli xil ya’ni, vitse-prezident, ish bajaruvchi vitse- prezident, direktorlar kengash raisi bajaradigan ishlari mazmun jihatdan bir-biriga o‘xshaydi. Yuqori rahbariyatni elchi boshqa- ruvchiyoki umumiy rahbarlikdarajasiga bo‘lish mumkin. O‘rta zveno boshqaruvchisi majburiyatigaboshqaruvning yuqori pog‘o- nasida ko‘rsatilgan umumiy masalalarni amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan rejalarni ishlab chiqish va quyi zveno boshqaruv- chilari ishini koordinatsiya qilish kiradi. Boshqaruvning o‘rta pog‘onasi o‘ziga korxona menejeri, bo‘lim va boshqa bo‘lin- malar menejerlarini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |