DIDAKTIK (MASHG`ULOTIY) TAHLIL.
Didaktik tahlil — mashg`ulot turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlarni mashg`ulotda qanchalik to’g’ri va mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir.
Didaktik tahlil mashg`ulot jarayonida tarbiyachining mashg`ulot tamoyillarini qay darajada tadbiq etayotganligiga va quyidagi pedagogik talablarga qaratilishi lozim:
a) tarbiyachi bayonining guruh jamoasiga to’la tushunarli (ommabop) bo’lishi;
b) bildirilayotgan fikrning g’oyaviy jihatdan milliy tarbiya talablariga mos tushishi;
v) o’quv materialining barcha bolalar tomonidan ongli ravishda o’zlashtirilishi;
g) ko’rsatmali qurollardan, teхnika vositalaridan to’g’ri foydalanish darajasi;
d) sayohat,o`yin, ko`ngil ochar ishlarining ko’zlangan maqsadga yo’naltirilgan holda o’tishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |