Kichik halqali harflar o‘rgatishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish.
O'quvchilarni o'qitishda ko'rgazmali vositalardan foydalanish o'quvchilarda materialistik g'oya va tushunchalarni shakllantirishga ,ularning malaka va ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Ko'rgazmali o'qitish vositalari maktabda turli bosqichlarda qo'llaniladi:o'qituvchi yangi mavzuni tushuntirganda,o'quvchilar uni mustahkamlaganda,o'ganilgan mavzuni takrorlashda va o'quvchilar bilimini tekshirganda.Ko'rgazmali o'qitish vositalari dastur va darsliklar mazmuniga,o'qitish metodikasi va texnikasiga, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi,shuningdek ma'lum ilmiy, estetik,sanitariya gigiyenik ,texnik va iqtisodiy talablarga javob berishi kerak.Ta'limning ko'rgazmali qurollari o'zining maqsadi,mazmuni, tasvirlash usullari, materiallari va ishlab chiqarish texnologiyasi, qo'llash usullari jihatidan juda xilma -xildir.Ular odatda 2 asosiy guruhga bo'linadi:tabiiy yoki ishlab chiqarish ob'ektlaridan tashkil topgan tabiiy ko'rgazmali o'qitish vositalari va predmat va hodisalar ,san'at va texnologiya vositalari orqali tasvirlaydigan ko'rgazmali o'qitish vositalari.Maktak amaliyotida biz asosan ko'rgazmali qurollardan sinfdan tashqari ishlarda,ko'rgazmali o'qitishning turli vositalaridan foydalanamiz.
Boshlang'ich sinflarda o'qitishda ko'rgazmali qurollardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.Misol uchun "Kichik halqali harflar "ga ko'rgazmali qurol tayyorlashga nazarimizni qarataylik.Avvalo,bu mavzuni o'tishdan asosiy maqsad o'quvchilarga halqali kichik harflarni grafik jihatdan to'g'ri yozishga o'rgatish.Ularda chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish.Darsni boshlashdan oldin o'quvchilarni halqali kichik harflar tasvirlangan ko'rgazmali qurollar,husnixat daftari va kerakli ish qurollari bilan qurollantirish lozim.Biz halqali kichik harflarni yozilishga ko'ra 3 guruhga bo'linadi:
1.Halqasi asosiy chiziqdan yuqorida joylashgan harflar.
2.Halqasi asosiy chiziqdan yuqorida va pastda joylashgan harflar
3.Halqasi asosiy chiziqdan pastda joylashgan harflar
O'quvchilarga ushbu qismlarni birlashtirib ,halqali harflarni hosil qilish topshirig'i beriladi.Shundan so'ng husnixat daftarlariga halqali harflar grafik qoidalarga asosan yozdiriladi.Halqali kichik harflar ishtirokida so'zlar tuzish va husnixat daftariga yozish topshirig'i beriladi.Husnixat mashqi tugagandan so'ng talabalarga quyidagi boshqotirmalar beriladi:
Mavzu yuzasidan o'quvchlar yangi mavzuni qay darjada tushunganligini tekshirish maqsadida savol -javob yoki didaktik o'yinlar tashkil qilinadi.Didaktik o'yinlarda bola kuzatadi,taqqoslaydi,yonma-yon
qo'yadi,tasniflaydi,u yoki bu sabablarga ko'ra narsalar ishlab chiqaradi,unga mavjud tahlil va sintez,umumlashtirishlar qiladi.
O'yin ma'lum bir tempda bo'lishi kerak.O'qituvchining bu o'yinga o'zi katta qiziqish ko'rsatishi ,o'quvchilarni o'ziga jalb qlishi kerak.O'yinning muvaffaqiyatli bo'lishi o'qituvchining uni qanday o'tkazishga bog'liq.Didaktik o'yinlarni tanlashda bolalarning fikrlash xususiyatlarini hisobga olish kerak.Shuni ham yodda tutish kerakki,o'yinlar bolalar psixologiyasining har tomonlama rivojlanishga ularning kognitiv qobiliyatlariga ,nutqiga, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish tajribasiga mos kelishi,o'quv faolliyatiga qiziqish uyg'otishi, ko'nikmalrni hosil qilishi kerak.Didaktik o'yinlar bolararda diqqat va xotira kabi aqliy jarayonlarning rivojlanishini taminlaydi.O'yin vazifalari bolalarda zukkolik,topqirlikni rivojlantiradi.Bola uchun o'yinda o'z -o'zidan bilim olish mumkin bo'ladi.U muvaffaqiyat quvonchini va o'z qobilyatlariga ishonchni hosil qiladi.Har bir o'qituvchi maktab kunida kichik yoshdagi o'quvchilar bu o'yin mashg'ulotlariga kirishish uchun bir necha daqiqa sarflashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |