M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


hudud, mintaqaviy ittifoqlar, xalqaro siyosiy mintaqa, mintaqaviy



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

hudud, mintaqaviy ittifoqlar, xalqaro siyosiy mintaqa, mintaqaviy
mojaro, hududiy nizolar.
7.1. Xalqaro siyosiy mintaqa va mintaqaviy hudud
tushunchasi
Xalqaro siyosiy mintaqa tushunchasi geografik va ijtiftioiy-iqti- 
sodiy mintaqa tushunchasidan farq qiladi. Muammoviy-siyosiy min­
taqaning umumiy qismi bo‘lgan xalqaro-siyosiy mintaqa (MNR) eng 
avvalo xalqaro sahnada faol geostrategik faoliyat yurituvchi davlatlar 
o‘rtasidagi munosabatlar bilan xarakterlanadi.
Jahon siyosatida yangi tartibotning o ‘rnatilishidan keyingi davr­
da mintaqaviylashuv (regionalizm) davlatlaming ichki va tashqi 
siyosatining muhim omiliga aylandi, u makon va ijtimoiy zamon 
funksiyalari rolining o ‘sishi, hududning geosiyosati, geoiqtisodi 
va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarining qo‘shilishi bilan xarak­
terlanadi. Ichki va xalqaro munosabatlarning mintaqaviylashuvi 
hududiy iyerarxiyaning turli darajalarida amalga oshiriladi, ular
77


orasida quyidagilar ajratib k o ‘rsatiladi: submintaqa, kontinental 
va transkontinental36.
Shu bilan birga, mintaqaviylashuv (regionalizm) G ‘arb yoki in­
dustrial sivilizatsiya rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarga asos- 
langan natijasi bo‘lib hisoblanadi37. Shu tariqa, Yagona Yevropa 
shakllanishining asosida, fuqarolik jamiyatini davlatning vasiyligidan 
qutqarishga qaratilgan Amerika inqilobidan boshlanadigan, Atlantik 
model turadi. «Atlantik federalizm» g ‘oyasi G ‘arbiy Yevropaning 
ijtimoiy-madaniy strategiyasiga aylandi. Bu yerda mintaqaviylashuv 
o ‘zining eng rivojlangan cho‘qqisiga erishdi. Prioritet milliy dav­
latlaming emas, balki fuqarolik jamiyatining birlashishiga, Yevropa 
milliy iqtisodiy, bojxona va valyuta ittifoqidan sekin-asta mintaqalar 
Yevropasiga o ‘tishga berilmoqda. Shu tariqa, bu yerda mintaqaviy­
lashuv mohiyati «mintaqalar Yevropasi» formulasi ostida integratsi- 
yalashishdan iborat.
Ikki qutbli dunyoning parchalanishidan keyingi davrda mintaqa- 
viylashuvning kuchayishi turli iqtisodiy kengliklaming «chet»ida 
joylashgan chegara davlatlar rolining o ‘sishi bilan birga kechmoq- 
da. Bu yerda postsovet va G ‘arbiy Yevropa (Finlandiya, Turkiya, 
Kipr va boshqalar) o‘rtasidagi chegaraviy funksiyalardan samarali 
tarzda foydalanib keluvchi davlatlar guruhi ajralib ko‘rsatiladi. Agar 
Finlandiya bevosita eng yirik postsovet davlat-Rossiya bilan qo‘shni 
bo‘lgan Yevropa Ittifoqining a’zosi bo‘Isa, Turkiya va Kipr Yevropa 
periferiyasida joylashgan.
Umumsayyoraviy doirada geografik jihatdan har doim ham bir 
turda bo‘lmagan bir necha iqtisodiy hududlami ajratish mumkin: Shi- 
moliy Atlantik, Tinch okeani va janubiy makromintaqalar; transm it 
liy korparatsiyalaming, ayniqsa, bank-moliyaviy, davlat nazoratiga 
tobe bo‘lmagan va erkinlikning yuqori darajasiga ega bo‘lgan meta 
mintaqalar; 400-500 mlrd. dollarlik tovar aylanmasiga ega bo‘lgan

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish