M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


Tushunchalar va tayanch iboralar: mintaqa va mintaqaviy­



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

Tushunchalar va tayanch iboralar: mintaqa va mintaqaviy­
lashuv, Yevropa Ittifoqining institutsional shakllanishi, Yevropa dav­
latlarining iqtisodiy, siyosiy va harbiy birlashuvi, Yevropa Atom
Energiyasi bo'yicha Hamjamiyati, Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati,
globallashuv, axborotlashuv, sotsiomadaniylik, global madaniyat,
global jamiyat, global siyosat, global ta ’lim, mintaqaviylashuv, re-
gionalistika, mintaqaviy hamkorlik, integratsiya, xalqaro munosabat­
lar, jahon siyosati, xalqaro siyosat, xalqaro tashkilotlar.
6.1. Integratsiyaning mazmun va mohiyati
Hozirgi zamon integratsiya jarayonlarining o ‘chog‘i G ‘arbiy Yev- 
ropadir, bu yerda integratsiya oxirgi o‘n yilliklarda eng baland nuqta- 
ga yetdi. Shu sababli ham mavjud adabiyotlar Yevropa integratsiyasi- 
ni keng yoritadi. Biz Yevropa siyosiy integratsiyasida mavjud bo‘lgan 
yondashuvlar - federalizm, fimksionalizm, kommunikatsiyaviy yon- 
dashuv va neofunksionalizmning mohiyatini ochib berishga harakat 
qilamiz.
61


Xalqaro hamjamiyatning XX asr yakuni va XXI asr boshidagi 
rivoji dunyoning barcha mintaqalarida (Avstraliyadan tashqari) dav­
latlararo integratsiyaviy tuzilmalaming shakllanishi bilan izohlanishi 
mumkin. Hozirgi kunda suveren davlatlami birlashtiruvchi o‘ndan 
ortiq shu kabi birlashmalar mavjud. Vaqt o ‘tishi bilan davlatlaming 
turli sohalardagi hamkorligi ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan yondashuv- 
laming yaqinlashuviga va bu oxir-oqibat ular o ‘rtasida kamida min­
taqaviy tuzilmalaming shakllanishiga olib keladi. Bu hoi esa integ­
ratsiyaviy tuzilma hisoblanmish siyosiy va ilmiy fenomenni atrof- 
licha o‘rganishni taqozo etadi. Bunday ilmiy izlanuv har qanday holda 
ham Markaziy Osiyo va 0 ‘zbekiston manfaatlari nuqtayi nazaridan 
amalga oshirilishi lozim.
Mazkur muammoni o‘rganish bilan jahon iqtisodiyoti, shuning- 
dek, boshqa fanlar sohasidagi ko‘plab olim va mutaxassislar ham 
shug‘ullanganlar. Nazariyotchilar tadqiqotlaming bosh obyekti sifa­
tida ko‘plab xilma-xil integratsion qarash va nazariyalar rivojlanishi 
uchun boshlang‘ich nuqtaga aylangan Yevropa mintaqaviy integra­
tsion jarayonini tanlaganlar.
Ta’kidlash lozimki, «integratsiya» tushunchasining o‘zi (lotincha 
«integrare» - «butunga aylantirish», «integer» - «butun», «integra- 
tio» - «tiklash», «yaxlit narsani to‘ldirish») nisbatan yaqinda pay do 
bo‘lgan. Mashhur amerikalik iqtisodchi F.Maxlup ushbu atamaning 
kelib chiqish tarixini kuzatishga urinib, u 1942-yildan avval paydo 
bo‘lmaganligini, ammo xalqaro iqtisodiy munosabatlar - xalqaro 
savdo, kapitallar harakati, moliyaviy soha kabilarda tezda foydalanila 
boshlaganligini aniqladi.
«Integratsiya» umumlashma tushunchasi quyidagicha ifodalani- 
shi mumkin: bu jamiyat, davlat tuzilmalarining davlat doirasida yoki 
kengroq davlatlararo jamoaga birlashishi, qo‘shilishidir. Davlatlararo 
integratsiya hokimiyatning yangi institutlarini tashkil qilish va ularga 
milliy organlar huquqlarining bir qismini berish orqali yuz beradi.
Turli tadqiqotchilaming integratsiya nazariyalari integratsiya ja ­
rayonining mazmuni va shakllarini o ‘ziga xos talqin etishi bilan 
o'zaro farqlanadi. Yevropa tarixida Yevropa davlatlarini birlashtirish 
g ‘oyasiga asoslangan ko‘plab turli-tuman loyihalar topiladi. Turli
62


asrlarda va turli maqsadlar qo‘yib, jamoatchilik oldida integratsiya 
loyihalarini ilgari surgan arboblar orasida Fransiya qiroli Go‘zal 
Filippning legisti Per Dyubua (XIV asr), Chexiya qiroli Iiji Podebrad 
(XV asr), Genrix IX ning maslahatchisi gersog Syulli (XVI asr), mash- 
hur ingliz kvakeri Uilyam Penn (XVII asr), publitsist va anarxosindi- 
kalizm mafkurachisi Per-Jozef Prudon va «Yevropa Qo‘shma Shtat- 
lari» shiorini birinchi bo‘lib ilgari surgan yozuvchi Viktor Gyugo, 
1922-yildayoq «pan-Yevropa» g ‘oyasi bilan chiqqan Avstriya grafi 
R .N .K udenxove-K alergi ham da bu g ‘oyani am alga oshirishga 
uringan Fransiya bosh vaziri Aristid Brian kabilami keltirish mumkin.
Biroq Yevropa mamlakatlarini birlashtirish jarayoniga oid ushbu 
tadqiqotchilaming barcha xilma-xil takliflari Ikkinchi jahon urushi 
oxirida Yevropa mintaqada joylashgan davlatlami birlashtirish rejala­
rming amalga oshishiga obyektiv ravishda imkon bergan vaziyatda 
qolgan, Ikkinchi jahon urushining oxirigacha hayotga amalda siyo­
siy joriy etishni talab qilmay, faqat nazariy shaklda bayon etilganicha 
qolgan edi. Yevropaliklaming milliy suverenitetga ustuvorlik bergan 
davlat-millatlardan ko‘ngli qolishi Umumiy Yevropaning tashkil 
qilinishiga asosiy turtki bo‘ldi. Milliy davlatlarga nisbatan salbiy mu- 
nosabat asosan millionlab odamlaming qurbon bo'lishiga olib kelgan 
Birinchi jahon urushi tufayli yuzaga kelgan edi. Aynan shu kayfiyat- 
lar Yevropa davlatlarini birlashtirish loyihalari pay do bo‘lishiga olib 
keldi. Bu loyihalar integratsiyaga oid ilmiy maktablar yuzaga kelishi 
bilan mustahkamlandi. Ushbu maktablar aslida yangi dunyoviy tartib 
o‘matilishi zarurligining, shuningdek, Yevropa va xalqaro hamjami- 
yatni rivojlantirishning urushni inkor etuvchi va tinchlikka da’vat 
qiluvchi ancha oqilona yo‘lga ehtiyoj mavjudligining dalili bo‘lgan 
turli model va nazariyalami ishlab chiqdilar.
Agar integratsiyaga oid nazariy tafakkuming shakllanishi va rivoj- 
lanishida sezilarli ahamiyatga ega bo‘lgan nazariy yo‘nalishlami xro- 
nologik tartibda qo‘yib chiqadigan bo‘lsak, birinchi o‘rinni G‘arbiy 
Yevropada Federativ Ittifoq tashkil qilish tarafdorlarini birlashtiruv- 
chi hamda Yevropa integratsiya jarayonini tadqiq etish va tahlil qi- 
lishga eng ko‘p darajadagi siyosiy yondashuv bo‘lgan federalizm bi­
rinchi o ‘rinni egallaydi.
63


Mazkur konsepsiya vakillari Yevropa birlashuvini amalga oshirish 
g‘oyasida federal prinsipdan foydalanganlar. Bu prinsip «hokimiyat 
tarmoqlarini umumiy (markaziy) va mintaqaviy (mahalliy) hukumat- 
lar har bir alohida sohada muvofiqlashgan va mustaqil boiadigan 
tarzda taqsimlash usuli» sifatida ta’riflanadi. Boshqacha aytganda, 
hududiy birliklar, federalistlar fikricha, markaziy hokimiyat idorala- 
riga o ‘z vakolatlarining bir qismini beradilar, ayni vaqtda o ‘zlarining 
yaxlitligi va muayyan darajadagi muxtoriyatini saqlab qoladilar. 
Bunda yangi Birlashgan Yevropaning davlatlararo organlari vakolat- 
lari alohida davlatlaming vakolatlaridan keng bo‘lishi mumkin emas. 
Buning oqibatida E.Uistrich «Federalizmning mohiyati barcha zarur 
joylarda nomarkazlashtirish (desentralizatsiya)dan iborat» deb hisob- 
lagan. Shu o‘rinda «barcha zamr joylarda» prinsipi bo'yicha bunday 
nomarkazlashtirish, aslida, Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi Maastrixt 
shartnomasining asosiy qoidalaridan bo‘lgan subsidiarlik prinsipi- 
ning mazmunini tashkil qiladi.
Shunisi e’tiborliki, federalistlar Yevropaning birlashuvi jarayoni 
inqilobiy xususiyatga ega emasligiga ishonar va uni tadrijiy, ilga- 
rilama rivojlantirish zamrligini e’tirof etardilar. 0 ‘z vaqtida g‘arbiy 
Yevropalik mashhur arbob, Yevropa Ittifoqi doirasida davlatlararo 
integratsiyaning faol kurashchisi J. Monne ta ’kidlaganidek, «...Yev­
ropa ittifoqi ham, iqtisodiy integratsiya ham bosqichma-bosqich 
amalga oshirilishi kerak. Kunlardan bir kun bu jarayon bizni Yevropa 
Federatsiyasiga olib keladi...». Shu bilan birga, bu ittifoq davlatlar 
o ‘rtasidagi siyosiy munosabatlar sohasi bilan-cheklanib qolishi mum­
kin emas, siyosiy integratsiyasiz, federalistlar fikricha, umuman haqi- 
qiy integratsiya bo‘la olmaydi.
Davlatdan ustun turadigan federativ davlat g‘oyasining afzal- 
liklariga qaramay, barcha federalistik loyihalar Ikkinchi jahon umshi 
tugamagunicha loyihadan nari o‘tmadi. Umshlar o‘rtasidagi davrda 
«Birlashgan Yevropa» to‘g‘risidagi mulohazalar mavhum-nazariy 
xususiyatga ega edi va umuman olganda, sof shior xususiyatiga ega 
bayonotligicha qolib keldi. Buni o ‘sha vaqtda Yevropa birlashuvi 
amaldagi siyosiy voqelikka mos kelishidan hali juda uzoq ekanligi 
bilan izohlash mumkin. Buning ustiga, federalizm u yoki bu davlat
64


manfaatlarini, uning tashqi siyosiy strategiyasi kabi siyosiy muhim 
katcgoriyalami inobatga olmas edi. Amalda esa integratsiyaviy bir- 
lashuvda ishtirok etuvchi har bir davlat mavhum umumiy maqtashlar 
uchun yon bermay, o‘z manfaatlarini ko‘p yoki oz darajada izchil hi- 
moyalashga harakat qilardi.
Federalistik qoidalaming haqiqiy hayotdan uzilib qolishi integ- 
ratsiyani o‘rganishning federalizmdan mutlaqo farq qiladigan yangi 
konsepsiyalari paydo bo‘lishiga olib keldi.
Milliy davlatning buzg‘unchi xususiyatiga qarshi chiqqan, ammo 
federalistik yondashuvdan ancha farq qiluvchi ikkinchi yo‘nalish 
funksionalizm nazariyasi edi. Bu nazariya klassik ko‘rinishda D. Mi- 
trani asarlarida o‘z ifodasini topdi. Olim buning uchun, federalist- 
lar qilganidek, Yevropa davlatlari o‘rtasidagi mojarolarni tugatish 
usullarini topishga intildi hamda buning uchun xalqaro hamjamiyat 
tizimining ideal shaklini izlash emas, balki u bajarishi kerak bo‘lgan 
funksiyalami ochib berish kerak, deb hisoblardi.
Shunday qilib, D.Mitranining fikricha, bir necha o ‘n yillar mo- 
baynida shakllangan xalqaro munosabatlar tizimi haqidagi tasavvur- 
lami o ‘zgartirish va yangilash hamda buning o ‘migapirovard maqsa- 
di yalpi jahon birligi bo‘lgan «funksional muqobillik»ni taklif etdi. 
Mazkur nazariya Yevropa davlatlarining yaqinlashuviga olib kelgan 
amaliy harakatlarda o ‘z ifodasini topdi.
Funksionalizmning asosiy qoidalaridan biri shundaki, millatlar 
o ‘rtasidagi integratsiya iloji boricha nosiyosiy bo‘lmog‘i kerak, dav­
latlaming samarali hamkorligi va to‘qnashuvlarga y o i qo‘ymasligiga 
esa birinchi navbatda integratsiyaviy tuzilmaning barcha ishtirokchi­
lari uchun umumiy bo‘lgan farovonlik masalalarini hal qilishda sa’y- 
harakatlami kelishib olish orqali erishilmog‘i kerak. Funksionalizm 
nazariyasiga binoan, integratsiya jarayonlarining rivojlanishi bevosi­
ta davlatlaming o‘zlarida namoyon bo‘ladigan muayyan vakolatlarga 
ega funksional tashkilotlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Integratsi­
yaning oxirgi mahsuli «elementlari umumiy siyosiy ustqurmasiz ish- 
lay boshlashi mumkin boig an funksional tizim...» bo‘ladi. Funksio­
nalizm vakillari xalqaro integratsiyaga an’anaviy davlatlararo ham­
korlik tizimidan muayyan funksional hamjamiyatga asta-sekin o ‘tish,
65


suveren davlatlar hokimiyat vakolatlarini tashkil etilayotgan va funk- 
sional samaradorlikka ega bo‘lgan, davlatdan ustun turuvchi tuzilma- 
larga berish jarayoni sifatidagi xalqaro integratsiya deb qaraydilar.
Funksionalizm tarafdorlari o‘zlarining integratsiya jarayoni haqi­
dagi mulohazalarida inson hamda uning ehtiyoj va manfaatlari ustu- 
vorligi qoidasidan kelib chiqqanlar. Bu manfaatlar, ulaming fikricha, 
har qanday millat-davlatdan ustun turadi. D.Mitrani intematsional 
(baynalmilal) tashkilotlar insonning ayrim ehtiyoj larini milliy dav- 
latlarga qaraganda yaxshiroq qondira olishi mumkinligiga ishongan. 
Binobarin, odamlar o‘z ehtiyojlarini oqilona belgilamoqlari hamda 
ushbu ehtiyojlami qondirish fimksiyasi ishonib topshirilgan va ulami 
bajara oladigan institutlami tashkil etishga ijodiy yondashmoqlari 
kerak.
D.Mitranining fundamental g ‘oyalaridan ayrimlari keyinchalik 
jiddiy o‘zgarishlarga uchradi va xalqaro integratsiyaga oid eng obro‘li 
nazariyalardan biri bo‘lmish neofunksionalizmning asosini tashkil 
etdi. Bu nazariyaga keyinroq batafsil to‘xtalamiz.
Fanda o‘ziga xos kommunikatsiyaviy yondashuv yoki «xavfsizlik 
hamjamiyatlari» nazariyasi ancha rivojlangan bo‘lib, uni amerika- 
lik siyosatshunos K.Doych ilgari surgan. Bu nazariya hozirgi zamon 
xalqaro munosabatlarining rivojlanishidagi eng muhim qonuniyatla- 
rini ochib bergan. Mazkur munosabatlar bo‘lmaganida Yevropa integ- 
ratsiyasini nazariy jihatdan tadqiq etish mumkin bo‘lmagan bo‘lardi. 
Shu bois, biz uni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Ushbu konsepsiya kommunikatsiya nazariyasi nuqtayi nazari­
dan ko‘rib chiqiladi va unda ijtimoiy kommunikatsiyalar (aloqalar) 
ijtimoiy rivojlanish jarayonida milliy davlatga aylanuvchi (evolyu- 
tsiyalanuvchi) mahalliy jamoalarga asos bo‘ladigan o‘ziga xos 
g‘ishtchalar hisoblanishi ta’kidlanadi.
K.Doych davlat ichidagi o ‘zaro munosabatlar hamda xalqaro so- 
hadagi hamkorlik o‘rtasida o‘ziga xos o ‘xshashlik o‘tkazadi. Bun­
da davlatlar shunday «xavfsizlik hamjamiyati»ni tuzadilarki, ular 
«o‘zaro integratsiyaning katta darajasiga erishgan va muayyan ham- 
jamiyat (birlik) zamrligini anglagan bir guruh davlatlar» bo‘ladi. 
Bunday hamjamiyat doirasida davlatlar urush yuzaga kelishi xavfini
66


nolga tenglashtirishga harakat qiladilar, buning uchun o‘z kelish- 
movchiliklarini hal qilishning boshqa yo‘llarini qidiradilar va bu bi­
lan hamjamiyat a’zolarining «tinch-totuv yashashini» ta’minlaydilar.
Davlatlararo integratsiya, mazkur yo‘nalish vakillarining fik­
richa, - ko‘p vektorli, ko‘p jihatli jarayon bo‘lib, uni har tomonla­
ma o ‘rganish uchun bilishning yetarlicha ko‘p usul va vositalarini 
qo‘llash lozim. Shu sababli, K.Doych davlatlar integratsiya tashab- 
buslarini amalga oshirishlari darajasini aniqlash, u yoki bu sohada 
ular hamkorligining amalga oshish tezligini, shuningdek, ulaming 
bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini faollashtirishga xalal berayotgan 
to‘siqIami aniqlash maqsadida muayyan mezonlar tizimi kiritishni 
taklif' qildi.
K.Doych integratsiyaviy evolyutsiyaning manbai deganda, indi­
vidual xatti-harakatning pragmatik deatamaantlashganligini tushu- 
nadi. «Odamlar, 
deb yozadi K.Doych, - ertami-kechmi iqtisodiyot 
va siyosiitiiing raqobatli o‘yinida agar koalitsiya (uyushma) tuzsa 
o '/ miuiffiiitliinni yaxshiroq himoya qila olishlarini tushunib yetadi- 
liir... Siyosat va iqtisodiyotda bunday koalisiyalar ко‘p jihatdan ij­
timoiy kommunikatsiyalar va madaniyatga, shaxsning tuzilishiga, 
ishtirokchilarning kommunikatsion odatlariga bog‘liq bo‘ladi». 
Kommunikatsion nazariya tarafdorlarining fikrlaricha, diplomatik va 
savdo aloqalarining yaqinroq bo‘lishi «hamjamiyat va ishonch his- 
sini» kuchaytiradi.
K.Doych ishtirok etuvchi birliklar ichida va orasida «xavfsizlik 
hamjamiyati»ni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan qu­
yidagi asosiy ilk ijtimoiy-iqtisodiy omillami keltiradi. Ulaming dast- 
labki to ‘rttasi transmilliy hamjamiyat shakllanishini osonlashtiruvchi 
yordamchi xususiyatga ega, ammo majburiy emas: dastlabki sulo- 
laviy yoki ma’muriy ittifoqning mavjudligi; etnik yoki lingvistik as- 
similatsiya; chambarchas iqtisodiy aloqalar; tashqi harbiy tahdid; 
siyosiy xatti-harakatga aloqasi bo‘lgan asosiy qadriyatlaming o ‘zaro 
mosligi; hamjamiyat ishtirokchilariga xos bo‘lgan turmush tarzi; ancha 
yaqin va foydali iqtisodiy aloqalar o‘matilishi va muayyan yutuq- 
larga ega bo‘lishni kutish; loaqal ayrim ishtirokchi birliklaming 
siyosiy va m a’muriy sohalardagi imkoniyatlarining chuqurlashuvi;
67


loaqal bir qator ishtirokchi birliklarda (qo‘shni hududlarga nisbatan, 
istiqbolli integratsiya sohasidan tashqarida) ancha yuksak darajadagi 
iqtisodiy rivojlanish; birlashishi lozim bo‘lgan hududlar va ular ichi- 
dagi jamiyatning asosiy ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida muhim uzluk- 
siz ijtimoiy kommunikatsiya oqimlarining mavjudligi, ulaming ayir- 
boshlanishi va integratsiyalanuvchi birliklar o‘rtasida teng (muvo- 
zanatlashgan) taqsimlanishi; loaqal bir qator siyosiy birliklar ichida 
siyosiy elitaning kengayishi; shaxslaming nisbatan yuqori darajadagi 
(geografik va ijtimoiy) harakatchanligi, loaqal siyosiy sohaga aloqasi 
bo‘lgan qatlamlar orasida, o ‘zaro kommunikatsiya va o ‘zaro ta’sirlar 
yo‘nalishlarining ko‘pligi; kommunikatsiyalar va o ‘zaro aloqalar ja- 
rayonidagi umumiy qoidalar; ishtirok etuvchi birliklar orasida guruh­
lar rollarining almashuvi; xatti-harakatni (ishtirokchilaming qanday 
ish tutishini) taxmin (bashorat) qilish mumkinligi.
Ayni vaqtda integratsiyaning jarayon sifatidagi ba’zi o‘ziga xos 
sifat jihatlari ham ta’kidlanadi. Ulaming bo‘lmasligi, Doych fikricha, 
muvaffaqiyatli rivojlanish imkoniyatlarini ancha kamaytiradi:
- vaqt omiliga katta ahamiyat beriladi: integratsiya jarayonining 
ishtirokchilari integratsiyada ishtirok etish tufayli zimmalaridagi 
yukni sezishlaridan avvalroq haqiqiy foyda olgan taqdirdagina integ­
ratsiya jarayonini muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin;
- integratsiya jarayoni aksariyat hollarda integratsion birlashma- 
ning qolgan a ’zolariga nisbatan rivojlanganroq yohud kuchliroq bir 
yoki bir necha siyosiy birlikdan iborat “kuch markazi” atrofida tashkil 
etiladi va muvaffaqiyatli rivojlanadi;
- integratsiya jarayoniga ishtirokchilar o‘rtasida urushlami psi- 
xologik jihatdan qabul qilmaslikning chuqurlashuvi xos bo‘lib, yana- 
da muhimrog‘i, «harbiy harakatlarga tayyorgarlikni institutsional- 
lashtirishga va urushni qonuniy asoslangan deb hisoblashga tayyor- 
likning pasayishi» xosdir;
- integratsiya rivojlanishi bilan siyosiy partiyalar, diniy, iqtisodiy 
manfaatlar guruhiari kabilar o ‘rtasidagi davlat ichki ajralishi (ichki 
milliy ajralish) o‘zining ichki milliy xususiyatini yo‘qotadi va borgan 
sari transmilliy xususiyat kasb etadi;
68


-
ilgari integratsiyaviy birlashmaning muvaffaqiyati ko‘p jihat­
dan asosiy siyosiy partiya yoki fraksiyalaming muayyan yangi g ‘oya, 
shior, umummintaqaviy xususiyatga ega rejalami maydonga olib 
chiqishlari bilan belgilangan.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, davlatlararo integratsiya juda 
murakkab siyosiy jarayon hisoblanadi. Unda ishtirok etadigan dav­
latlar umumiy manfaatlar tizimini yaratish orqali halq xo'jaliklari 
uyg‘unlashuvi va jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishi mum­
kin.
Integratsiya tushunchasi ilmiy tahlil qilinganda uning asl mohiyati 
anglab etiladi. Integratsiya nazariyasi - halqaro munosabatlar fani- 
ning ajralmas qismi sifatida m a’lum mintaqa integratsion jarayoni 
to‘g ‘risida ilmiy mulohaza yuritishda va uning amaliy mohiyatini 
keng yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
M a’lumki, ilmiy jamoatchilikda ushbu nazariya atrofida baxslar 
keskin ravishda kechayotganligi ko‘zatilmoqda. Bu holatni bir qator 
olimlar siyosiy qadriyatlami yangi, yanada takomillashgan darajaga 
ko‘tarilganligi bilan tushuntirishadi. Boshqacha qilib aytganda, ho­
kimiyat masalalari davlatdan yuqori darajaga ko‘tarilmokda, ya’ni 
integratsiyada ishtirok etayotgan davlatlar umumiy manfaatlarga 
erishish maqsadida o ‘zlarining mustaqilliklaridan qisman voz ke- 
chishga majbur bo'lmoqdalar. Xususan, g‘arb nazariyotchisi Robert 
Koen va Djozef Nay nuqtai nazariga ko‘ra , integratsiya davomida 
davlatlar o ‘rtacida o‘zaro bog‘liqlikka olib keluvchi siyosiy institutlar 
va boshqaruv tizimi yaratiladi. Bunda mazkur mualliflar integratsi- 
yani rudimentar darjasidan to eng yuqori darajagacha borishini tahlil 
qilishadi. Bundan oxirgi bosqichda yagona halqaro boshqaruv tizimi 
barpo etiladi degan mazmun kelib chiqadi.
Mualliflar tomonidan integratsiya yuzaga kelayotgan tabiiy holat, 
ya’ni tarixiy jarayondir deb qaraladi. Yuzaga kelayotgan holat jiha- 
tidan integratsiya tizimi ichida uni tashkil etuvchi elementlaming 
o ‘zaro bog‘liqlik darajasi tushiniladi. Jarayon sifatida esa integratsi­
ya tizimi ichidagi elementlaming o ‘zaro bog‘liqligining kuchayib 
borishi anglaniladi . Integratsiyaning ushbu nazariy talqinidan kelib 
chiqqan holda aytish mumkinki, halqaro siyosiy integratsiya deganda,
69


mustaqil davlatlaming hamjamiyat tarzida birlashuviga olib keluvchi 
jarayon tushiniladi. Siyosiy integratsiya bir vaqtning o‘zida iqtisodiy 
integratsiyasiz kechmaydi. Iqtisodiy integratsiya o‘z navbatida ikki 
jabhada namoyon boiadi:
1) integratsiyalashuvchi davlatlar o‘rtasida halqaro mehnat 
taqsimoti va umumiy bozoming shakklanishi;
2) halq xo‘jaligi faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonun- 
qoidalar va supranatsional darajada iqtisodiy tashkilotlaming barpo 
etilishi.
Siyosiy va iqtisodiy integratsiyalashuv zamirida esa huquqiy in­
tegratsiya yotadi. Integratsiyaning ushbu shakli kontseptual qarama- 
qarshiliklarga boy bo‘lib, erishiladigan umumiy huquqiy tizimda in­
tegratsiyalashuvchi barcha davlatlaming fuqarolari, jamiyat va davlat 
manfaatlari uyg‘unlashuvi asosida yuzaga keladi.
Ikkinchi bir tomondan integratsiyalashuvchi davlatlardagi siyosiy 
tizim va siyosiy integratsiya o‘rtasida o ‘zaro bog'liqlik bo‘lgandagina, 
integratsiyaning siyosiy jihatdan kuchayishiga olib keladi. Shu sabab-
li, Lindberg va Shayngoldning ta’kidlashicha, integratsiya natijasida 
har bir siyosiy tizimda halqaro siyosat, iqtisod va xavfsizlik masa­
lalari buyicha qaror qabul qilish jarayoni o‘lchami, ham ko‘lami ji- 
hatidan o‘s a d i. Boshqacha qilib aytganda, kuchli integratsiyalashgan 
hamjamiyatga institutsional va huquqiy-normativ jihatdan integrat­
siyalashuv orqali erishish mumkin. Ha jamiyat uchun zamr bo‘lgan 
supranatsional organlar bo‘lmas ekan, integratsiyalashgan siyosiy 
tizimni shakllantirib bo‘lmaydi.
Shu o ‘rinda halqaro munosabatlar nazariyasiga murojaat qilish 
integratsiya to‘g‘risidagi ilmiy qarashlarga yanada oydinlik kiritadi. 
D astaw al ta’kidlash joizki, integratsiya halqaro munosabatlar naza- 
riyasi doirasida o‘rganiladigan tushuncha hisoblanadi. Integratsi- 
yadan maqsad: halqaro munosabatlar sub’ektlarining imkoniyatlari 
va resurslarini birlashtirish orqali halqaro miqyosda o ‘z mavqelari va 
ta’sir doiralarini kuchaytirishga erishishdir. Realizm maktabi namo- 
yondasi Gans Morgentauning quyidagi kontseptsiyasi fikrimizning 
yaqqol dalili bo‘la oladi:
70


«Halqaro siyosatning mohiyati hokimiyat uchun ko‘rashdan ibo­
rat. Halqaro siyosatning yakuniy maqsadi qanday bo‘lishidan qatiy 
nazar, hokimiyat bevosita maqsad bo‘lib qoladi. Bunda foydalanila- 
digan instrumentlar qanday bo‘lsa ham, tashqi siyosatning yakuniy 
maqsadi o‘zgarishsiz qoladi, ya’ni qarama-qarshi tomonlaming fik- 
rini o ‘zgartirish orqali o‘z manfaatlarini ilgari surishdir».
Darhaqiqat, «integratsiya» tushunchasining takomillashuvi 1970 
yillarda yuzaga kelgan neorealizm nazariyasi ta’siridan holi emas. 
Jumaladan, Kennet Veits, Robert Gilpin, Stefen Krasner, Djordj 
Modelski va Robert Taker singari olimlar davlatlaming halqaro 
sahnadagi faoliyatini anarxiya holatiga o‘xshatishadi. 
Ulaming 
ta’kidlashlaricha, halqaro munosabatlarda mavjud bo‘lgan mazkur 
holat davlatlararo munosabatlami halqaro tizimni shakllantirish orqa­
li tartibga keltirishni taqozo etadi va bu esa o‘z navbatida integrat­
siyaga bo‘lgan extiyojni tug‘diradi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish