Terining yog‘ bezlari orqali ajratiladigan yog‘ terini yum- shatib, uni qurib qolishidan va shikastlanishdan saqlaydi.
Quyosh yog‘dusi ta’sirida teri sathida D vitamini sintezlanadi. Bu o‘z vaqtida K va Ca tuzlari almashinuvini yaxshilab, suyak- larning to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlaydi. Terining kasallanishi butun organizmga ta’sir qiladi. Shuningdek, ayrim sistemalar,
chunonchi, asab, ichki bezlar, yurak-tomir va ovqat hazm qilish sistemalari faoliyatining buzilishi teri faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Tashqi muhit — iqlim sharoitlari, ovqatlanish ham terining ishiga katta ta’sir qilishini unutmaslik lozim. Teri, ayniqsa, uning ochiq qismlari kun bo‘yi ozmi-ko‘pmi chang bilan qoplanadi. Bordi-yu shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, changlar ter va yog‘ bilan aralashib, ter va yog‘ bezlarining kanalchalarini berkitib qo‘yadi, natijada teri o‘zining barcha muhim vazifalarini o‘tay olmaydi. Odam doimo pokiza bo‘lib, chiniqib yursa terisi sog‘lom bo‘ladi.
Tozalik — teri gigiyenasining eng muhim shartidir. Terini ifloslanishdan saqlash uchun muntazam ravishda haftada bir- ikki marta cho‘milish kerak. Sovunlar ishqorli va moyli bo‘ladi. Yog‘li sovunlardan bolalar sovuni «Yaichnoye» sovunlari aksariyat teriga yaxshi ta’sir qiladi. Ayniqsa, terisi quruq kishilar shunday sovunda yuvinishlari foydali.
Yuz gigiyenasi. Sog‘lom teri bug‘doy rang yoki pushti rangli bo‘lib, tabiiy tusda bo‘ladi. U nozik, ajinsiz va mayin bo‘ladi.
Har bir odam o‘z yuz terisini ozoda, sog‘lom, nozik, tiniq va ajinsiz bo‘lishiga harakat qilishi kerak. Yuz terisi chiroyiga nuqsonlarni berkitib turuvchi va sun’iy husn beruvchi turli xil pardoz vositalaridan foydalanish bilan emas, balki yuz terisini muntazam ravishda gigiyenik parvarish qilish, shuningdek, ichki a’zolar va tashqi muhitning ta’sirlaridan asrash orqali erishish mumkin. To‘g‘ri ovqatlanish, me’da-ichaklarning holatini kuzatib borish masalalari, spirtli ichimliklar va har xil dorilarni bilar- bilmas iste’mol qilmaslik, sabzavot, mevalar va ko‘katlarni ko‘proq yeb turish kerak. Vaqtida ishlab, vaqtida dam olish bularning jami yuz terisini sog‘lomlashtirish va go‘zalligini saqlashning asosiy shartidir.
Qo‘l gigiyenasida tirnoqlar ozodaligiga alohida e’tibor berish lozim. Tirnoqning asosiy vazifasi barmoq uchini mexanik zararlanishdan saqlash. Tirnoqni tez-tez olib turish kerak. Tirnoq o‘sib ketsa, iflos bo‘lib, turli mikroblar saqlashidan tashqari, salga sinib, barmoq terisini shikastlantiradi.
Soch gigiyenasi. Sochni erinmasdan har kuni tarash, haftada bir marta sovunlab yuvish kerak. Soch yuvilganda chang bilan birga mikroorganizmlar ham yuvilib ketadi. Bosh terisi juda quruqshab ketmasligi uchun haftada 1—2 marta yuvsa ham
Do'stlaringiz bilan baham: |