1. Poyida yig’laydi kumush qor yum-yum Nafis chayqaladi bir tup na'matak



Download 67 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi67 Kb.
#515534
Bog'liq
she\'riy san\'at test


She’riy san’at
1. Poyida yig’laydi kumush qor yum-yum
Nafis chayqaladi bir tup na'matak..
Ushbu misralarda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tazod, ruju C)mubolag'a, tajnis
D)tashxis, sifatlash B) tardi aks, tanosib
2.Raiyat qo'y erur, sulton anga shubon-u yo bo'ri
Bo'ri o'lg'o-yu goy ting'oy, chu Musotek shubon keldi.Yuqoridagi baytda qaysi san'atlar birga qo'llangan?
A) tanosib va istiora C) tazod va talmeh
B) ishtiqoq va tanosib D)tashbeh va talmeh
3.Qaysi badiiy tasviriy vositada o'xshatilayotgan va o'xshayotgan narsa- hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog'lanishga, yaqinlikka, vazifalardagi umumiylikka tayaniladi? Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) majoz B)istiora C) ramz D) talmeh
4.Qaysi payg'ambar badiiy adabiyotda sabr-toqat timsoli hisoblanadi?
A) Yusuf alayhissalom B) Ya'qub alayhissalom
C) Iso alayhissalom D)Ayyub alayhissalom
6.Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot
Ro'zgorimdek ham o'lg'onda qorong'u kelmadi
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) husni ta'lil B) tarse' C) tajnis D)tashbeh
7. Hikoya janrida yozilgan hajviy asarlar qaysi javobda berilgan?
A) Muqimiyning "Moskovchi boy ta'rifida","Saylov", "Dodhohim", "Tanobchilar" asarlari
B) Hamzaning "Maysaraning ishi", "Tuhmatchilar jazosi", A.Qahhorning "Og'riq tishlar", Gogolning Revizor" asarlari
C)ChexOvning "Yovuz niyatli kishi", "Chiqdi", Qiyshiq oyna", A.Qahhorning "Adabiyot muallimi"
D) IIf va Petrovlarning "O'n ikki stul", "Oltin buzoqcha'" asarlari
8. Birni Qipchoq-u Xito-yu, birni Yuz, Nayman demang
Qirq-u Yuz, Ming son bo'lub bir xon oyinlik qiling. (Turdi Farog'iy)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A)tazod B) tarse' C) tashxis D) tashbeh
10.Ishq o'tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Bu siymbarim, xoh inon, xoh inonma. (Lutfiy)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A)tazod B) talmeh C) ta'did D) tajnis
11.Qalam qilding qaro ko'nglungni oq
O'shal erning so‘zin halqa qilib toq.
«Sabot ul- ojizin»dan olingan ushbu parchada qanday so'z san'ati ishlatilgan?
A)tazod B) tajnis C)tarse D) talmeh
12. Mansuri Xallojbek ichirib sharobi antahur,
Charx urub, yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida. Baytdagi badiiy san'atlarni toping.
A)talmeh, sifatlash B) tadrij, ishtiqoq
C)tazod, sifatlash D) tajonilu orifona, sifatlash
13. Uvaysiy qalamiga mansub quyidagi baytlarning qaysi birida talmeh san'ati qo'llangan?
A) Gar kishi bo'lsa xaridori Uvaysiy ichra bor -
Ul matoyi ramzg'a bozordurman ishqida.
B) Chu sabrim timog'ida har kuni yuz ko'hi g'am
qozdim,
Meni oldimdadur Farhod-ojiz, Ko'hkan nozik
C) Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiman,
Qayda dard eli bo'Isa, oshno Uvaysiman
D) Barchasida talmeh san'ati qo'llangan.
14.Musofirman, g'aribman, bekas-u benavodurman,
Vujudim dardg'a to'ldi, emdi darmonimni sog'indim (Uvaysiy)
Ushbu baytda qo'langan she'riy san'atni toping
A)ta'did B) irsoli masal C) tashbeh D) talmeh
15. Bir yoqodin bosh chiqorib, barcha bir to'ng'a kirib,
Bir o'ngurluk bir tirizlik bir yaqo yenglik qiling.
Baytda qo'llangan badiiy san'atni aniqlang.
A) tashxis B) iyhom C)tanosub D) ruju
16. Birni Qipchoq-u Xitoy-u birni Yuz, Nayman demang,
Qirq-u Yuz, Ming son bo'lub bir jon oyinlik qiling.
Baytda qo'llangan badiiy san'atni aniqlang.
A) tashxis B)tazod
C) tajohulu orifona D) tashbeh
17.Zolhid menga bir shishada may, senga namozing
Ming taqvini bir kosayi mayga sota qoldim. (Mashrab)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A tazod B) tarse' C) tajnis D) tashbeh
18. Agar Fag'furi Chindur, Qaysari Rum,
Muhabbat ahlini oldida ma'dum
Ushbu baytda qanday badiiy san'atdan foydalanilgan?
A) tashxis B) tamsil C)talmeh D)tashbeh
19. Quyidagi baytda qaysi badiiy san'at qo'llangan?
Gul uza rayhonmu yo mushkin qoshingni soyasi
Yuz tuman savdo erur boshimda bul bozor aro.
B) ruju D) tazmin
A) husni ta'lil C) tajonul-u orifona
20. Shoira Nodira qalamiga mansub:
«Zohida, ishq-u muhabbat ahlini ma'zur tut,
Yor ko'yida na bo'ldi shayx San'on oqibat», baytida qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tazod B) husni ta' lil C)talmeh D) ruju
21. "Zarbulmasal "da Navozanda: «Safarga ko'p haris bo'lmaki, anda, bir nuqta ziyoda bo'lsa, saqar bo'lur.., deydi Bozandaga Bu yerda qanday so'z san'ati qo'llangan?
A)harfiy san'at B) talmeh C) tajohuli orifona D)saj
22. Ushbu baytda qanday badiiy san'atlar qo'llangan?
Xalqini ko'rsang agar o'lasi-yu, qoq-u xarob,
Ochlikdan egilib qomati misli kamalak
A) mubolag'a va istiora B) tashbeh va istiora
C) husni ta'lil va tashxis D)tashbeh va mubolag'a
23.Senki shohi husnsen,har kun qilib qulluq sanga,
Sajda aylarga qo‘yar tufroqqa ruxsor oftob.
A)husni ta‘lil B)tazod C)tashbeh D) tajnis
24.Ishrat mayin ahbob tarab birla iching siz,
Biz bodayi g'am necha taab birla icharmiz,
Ogahiy qalamiga mansub ushbu baytda ajratib ko'rsatilgan so'zning ma‘nosini hamda baytda qo'llangan badiiy san'at turini aniqlang
A) shodlik; tazod B) niyat, husni ta'lil
B) do'st, istiora D) qadah, tashbeh
25. Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat
Sel g'amdin bu imorat bo'ldi vayron oqibat,
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) mukarrar B) intoq C) tazod D) husni ta'lil
26. Bir ko'rib chohi zaqan Xorut ila Morut ikov
Chohi Bobil ichra qolmishlar bo'lak tadbirda (Furqat)
Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping
A) tajnis B) tarse C)talmeh D) tazod
27. Xayfkim ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerdá bulbul oshyonin zog'lar (Muqimiy)
Ushbu baytda qo'llangan badiiy san'atni toping.
A)tazod B) tashbeh C) ruju D) istiora
28. Ushbu baytda qanday badiiy san'atlardan foydalanilgan?
Bulbul o'qig'och yig'lab subhidam azon faslin,
G'uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.
1.tazod 2. husni ta'lil 3.tanosib 4.tajohilu orifona 5.tashxis
A) 1,2,3 B) 2,4,5 C)2,3,5 D) 3,5
29. Nazokat ortturay desang, misoli g'uncha xomush bo'l,
Nadinkim og'zini to ochdi gul, bargi xazon bo'ldi.
Zavqiy g'azalidan olingan ushbu misralarda qo'llangan badiiy san'atlarni aniqlang.
A) iyhom, tamsil, istiora B) tashxis, tashbeh, husni ta'lil
C) ruju, iyhom, husni ta'lil D) tashbeh, intoq, mubolag'a
30. Barf-u bo’ron ustiga tinmay yog'ib bo'lg'onig'a
O'zi ham, chog'imda, o'lguncha pushaymon qila loy. (Muqimiy)
Ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'nosi va baytda qo'llangan badiiy san' atni aniqlang.
A) qor; tashxis C)uy; tanosub
B) yomg'ir; mubolag'a D) ho'l-u quruq; tashbeh
31, Go'ro'g‘li Rayhonga qanday yolbordi?
Omonlik deganga diyonat yaxshi.
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) talmeh B) tazod C) tashbeh D) tajnis
32. Beg ati bilig birla bag'lig' turur
Bilig "lam"(i)ketsa,beg ati qalur.
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) talmeh B) tazod C)hartiy san'at D) tajnis
33.Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron,
G'amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o‘rtar(Mashrab)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) talmeh B) tazod C) tadrij D) tajnis
34. Qaysi san'at muayyan matnda o'zaro bir-biriga mutanosib, biri ikkinchisini mantiqan taqozo etadigan so'z va ifodalarni qo'llashni talab qiladi?
A) tajnis B) tashbeh C)tanosib D) talmeh
35. Qaysi baytda tashxis va tanosib san'ati qo'llanmagan?
A) Subhidam tushib shabnam, bo'ldi sabzalar
xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog'di abri naysonlar.
B) Nastarin yuvib yuzni, yosuman tuzib o'zni,
Nargis ochibon ko'zni intizori yoronlar.
C) Bir sahar edim uyg'oq: o't tutashdi olamga,
Tog'lar chekibon larza, titradi-biyobonłar.
D) Kuymasin bu savdoda ne uchun dimog'imkim,
Ranj-u g'ussada dono, kechsa shod nodanlar.
36.G'azal boshida o'rtaga tashlangan fikr she'r davomida atroflicha dalillanib, keyingi takrorida xulosaga aylanmog'i lozim. Gap qaysi san' at haqida ketyapti?
A) husni ta' lil C) istiora
B) irsoli masal D) raddi matla
37-Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor
Firog'i shiddatinda yo'qsa jon bermaklik osondur (Bobur)
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) ruju B) tashbeh C) tazod D) husni ta'lil
38. Qaysi baytda qo'llangan tashbehda vosita ishtirok etgan?
A) Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko'tara olmay uyotdin zabun.
B) Ul ulus jondin ayru el yanglig'.
Sayr etib suv yuzida yel yanglig'
C)Ermas alar tufrog' -u, sen nuri pok,
Xilqat alarg'a-vu sanga tiyra xok.
D)A,B
39. Qaysi baytda qo'llangan tashbehda asos ishtirok etgan?
A) Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko'tara olmay uyotdin zabun.
B) Ul ulus jondin ayru el yanglig',
Sayr etib suv yuzida yel yanglig'.
C) Ermas alar tufrog -u, sen nuri pok,
Xilqat alarg'a-vu sanga - tiyra xok.
D) Xalqini ko'rsang agar o'lasi-yu, qoq-u xarob,
Ochlikdan egilib qomati misli kamalak.
40. Quyidagi xususiyatlar qaysimxos?Muallif badiiy san'atga fikr-mulohazasini maqol, matal, hikmatli so'z orqali quvvatlab oladi; O'quvchini ishontirishga xizmat qiladi; Ifoda ta'sirchanligini oshiradi.
A) husni ta'lil B)Irsoli masal C)istiora D) raddi matla'
41.Ya'qub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz,
Nuri basarim, xoh inon,xoh inonma. (Lutfy)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A)tazod B)talmeh C) tajnis D) takrir
42. Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O‘tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi. (Nodira)
Ushbu baytda nechta talmeh qo'llangan?
A) beshta B) yettita C)sakkizta D)o'nta
43.Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga. (Navoiy)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) mubolag'a B) talmeh C) mukarrar D) takrir
44. Boshimg'a yoqqan g'am toshin mingdin biricha bo'Imag'ay
Gardun agar ming Besutun yog'dursa Farhodustina.(Ogahiy)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) talmeh, ruju C) mukarrar, mubolag'a
D) takrir, tanosib B) talmeh, mubolag' a
45. Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulamondek agar taxting qurub bod ustina.(Ogahiy)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) husni ta'lil B) talmeh C) mukarrar D) tadrij
46. Ul qaro ko 'z ko zlariga surma bejo tortadur.
Balki andin dahr eli ortuqcha g'avg'o tortadur.
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tazod B) talmeh C)tajnis D) tadrij
47. Bo'yung sarv-u sanubardek, beling qil,
Vafo qilg'on kishilarga vafo qil(Xorazmiy)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tazod, ruju C)mubolag' a, tajnis
D) takrir, kitobat B) tardi aks, tanosib
48.Chiqmadi zulfung savodindin ko'ngul yo'l bor uchun,
Muncha umr etib uzun tunlarda shabgir ustina. (Lutfiy) Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tajnis B) tardi aks C)ishtiqoqD)tazod
49. Qosh-u ko'z-u kirpugungning fitnasidin yo'q kalom,
Ul balodin, netayin, kelmasa bir-bir ustina.
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A)tanosib B) tardi aks C) ishtiqoq D)tazod
50.Qaro ko'zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg'il.
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il. (Alisher Navoiy)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
B) tardi aks, tajnis D) tazod, tashbeh
A) tanosib, ruju C) ishtiqoq, tanosib
51. Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo'q,
Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo'q.
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A)tarse B)ishtiqoq C) tazod D) husni ta'lil
52, Tiling bilan ko'nglungni bir tut,
Ko'ngli va tili aytqon so'zga but.
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tarse B) tashxis C) tazodD) tardi aks
53. "Jonimdagi "jim" ikki dolingga fido...
Andin so 'ng "alif" toza niholingga fido".
Baytda qanday badily san'at qo'llangan?
A) tashxis B) talmeh C) tazod D) harfiy san' at
54. Mani ishqdin man etar soda shayx
Dema soda shayxkinm, erur boda shayx.
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tarse'B)ruju C) tazod D) husni ta'lil
55. Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dash taro har yon qizil, sorig',yashil
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A)tanosib B) tashbeh C) tajnis D)husni ta'lil
56. "Men qochon dedim vafo qilg'il mango zulm aylading
Sen gachon deding mango, bo'ldim sango.
Baytda qanday badiiy san'at qo‘llangan?
A) tanosib B)tashbeh C)tazod D)husni ta'lil
57. G'ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo'ldim sango.
Baytda qanday badiiy san'at qo‘llangan?
A)ishtiqoq B) ruju C) tazod D) husni ta'lil
58. Garchi sabrim uyi yanglig', aylading vayron meni,
Doimo, yo Rabki, husnung mulkidek obod bo'l
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) iyhom B) ruju C) tazod D) husni ta'lil
59. Tuttum o'lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo'l
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tarse, tazod C) tazod, talmeh
B) ishtiqoq, tanosib D) talmeh, husni ta'lil
60. Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A)tanosib B) ishtiqoq C) tazod D)mubolag' a
61. Navbahor ayyomi bo'lmish, men diyor-u yorsiz,
Bulbul olg'andek xazon fasli gul-u gulzorsiz (Navoiy)
Ushbu baytda quyidagi badiiy san'atlardan qaysi biri qo'llanmagan?
A) tanosub B) talmeh C) tashbeh D)tazod
62. Anbar bo'yi bo'g'ilmasun, ey gul, ko'ksingda
Xanda qil g'unchalar kulsin zani zamona! (Anbar Otin)
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tanosub, tajnis, takrir
B) tashxis, tanosub, tarse
C) tajnis, iyhom, tazod
D) iyhom, tashxis ,tanosub
63. Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizardi gul uyotin anjumanda.
Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) husni ta'lil va tashxis B) tashxis, tarse
C)tajnis, iyhom D) iyhom, tashxis
64. Labing qonim to'karga tashnalabtur,
Dami Iso-yu o'lturmak ajabtur.
Ushbu baytda quyidagi badiiy san'atlardan qaysi biri qo'llangan?
A) tanosubB) talmeh C) tashbeh D) tajnis
65. Ey mus'hafi husnung'a menging nuqtasi oyat
Islom eliga bo'ldi yuzing nuri hidoyat
UShbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) husni ta'lil B) tarse C) tajnis D)tashbeh,tanosub
66. Adabiyotda fikr, holat yoki tushunchalarni darajalab, muttasil ravishda kuchaytirib boorish qanday badiiy san'at hisoblanadi?
A) tanosib B) tashbeh C) ruju D) tadrij
67. Qaysari Rum nayzasidan
Bag'rida dog' uzra dog'
Chingiz-u Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, o'zbegim
Ushbu to'rtlikda qaysi badiiy san'at qo'llangan?
A) tazod B) tashbeh C)talmeh D) takrir
68. Yuzing visolig'a yetsin desang ko'ngillarni
Sochingni bashdin- ayoq chin ila shikan qilg'il.
Baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) tanosib B) iyhom C) tazod D) tajnis
69. Bo'ying sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg'on kishilarg'a vafo qil.
Baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?
A) tajnis B) tamsil C) litota D) A, C
70. Arabcha "bir narsani ikkinchi narsa orasiga
qo'ymoq ma'nosini bildiradigan so'zni aniqlang.
A) tazod B) tazmin C) iyhom D) tarse
71. Vah, muncha ofatmu bo' lur bir odamizod ustina!?
Baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?
A) ruju' B) istifhom C) tajohuli orif D) tavzi'
72. Arabcha "so'zdan so'zni ajratish’’ degan ma'noni bildiradigan so'zni aniqlang.
A) ishtiqoq B) tarse C) tanosub D) tavzi'
73. Holbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q,
Yulduzday kulganim yo'q, oy kabi to'lganim yo'q... Baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?
A) talmeh B) ishtiqoq
C) tarse D) tashbeh
74. Nega buncha go'zal ko'rinar olam?
Nega qarab to'ymas ko'zlarim?
Baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?
A) epifora B) takrir C) anafora D)alliteratsiya
75.Tabibo, sharbati o'ynob icharga bermagin
pandim,
Labidin talx-u shirin so'z erur dori-yu gulqandim.
Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) tazod B) iyhom
C) intoq D) talmeh
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish