M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Chiniqtirish jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir



Download 422,93 Kb.
bet115/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Chiniqtirish jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir.
To‘g‘ri chiniqtirish organizmning tashqi muhit sharoitiga chidamliligini, kasalliklarga qarshiligini kuchaytirib, umuman jismoniy va asab-ruhiy jihatdan rivojlanishiga yordam beradi, jismoniy va aqliy mehnat qiyinchiliklariga chidamlilikni oshiradi.
Chiniqtirishda quyidagilarga qat’iy amal qilish zarur:

  • ta’sir kuchini asta-sekin oshirib borish, masalan, suv muolajalarini uy haroratidagi suv bilan boshlash;

  • chiniqtiruvchi muolajalarni har kuni muntazam ravishda bajarib borish;

  • muolajani kompleks usulda to‘g‘ri taqsimlab uning ta’sir kuchini oshirish.

Chiniqtiradigan muolajalar tavsiya etilar ekan, organizmning ahvoli, jinsi, yoshi, boshidan kechirgan kasalliklari, ruhiy- emotsional holatini hisobga olish lozim.
Havoda chiniqish. Havo organizmni kislorod bilan ta’min- lashdan tashqari, bir kecha-kunduz davomida o‘zgarib turadigan boshqa ob-havo omillari bilan ham ta’sir ko‘rsatadi. Havo vannalari harorati 20-30°C da iliq, 20 dan 14 darajagacha - salqin, 14°C dan past haroratda sovuq vannalarga bo‘linadi.




Havo vannalari olish miqdorini belgilab beradigan asosiy omil havo haroratidir. Havo juda nam va shamol bo‘lib turganda organizm ko‘proq sovuq qotadi.
Odam o‘zini doimo tetik va xushchaqchaq sezishi, harakatlari ildam va chaqqon bo‘lishi, qoniqib uxlashi, ishtahasi ochilib, ish qobiliyatining oshishi va boshqalar havo vannasining ijobiy ta’sir qilayotganini ko‘rsatadi.
Havo vannasi qabul qilish vaqtida odam o‘zini noxush sezib, qaltirasa, eti uvishsa, muolajani to‘xtatishi yoki isinish uchun chaqqon-chaqqon harakat qilishi zarur. Havo sovuq, yomg‘irli, tumanli bo‘lganda, sekundiga 3 metrdan ortiq tezlikda shamol esib turganda havo vannalari qabul qilish yaramaydi. Yilning sovuq paytlarida yengilroq kiyinib yurish ham havoda chini- qishning bir turi hisoblanadi.
Suvda chiniqish. Chiniqishning eng samarali va keng tarqalgan vositasi suv muolajasi. Buning sababi suvning fizik xossalariga— issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi yuqori bo‘lishi, teriga mexanik ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liq. Havo harorati 24°C da yalan- g‘och odam o‘zini yaxshi sezadi, xuddi shu haroratdagi suv esa sovuqroq tuyuladi, binobarin, suvni 30—35°C gacha ilitish kerak bo‘ladi. Suvda chiniqish havo vannalariga qaraganda ancha kuchli ta’sir qiladi. O‘rta Osiyo iqlimi keskin kontinental — kunduzi va tunda harorat tez-tez o‘zgarib turadi, bunday iqlim bola organizmiga ma’lum talablarni qo‘yadi, albatta.
Bolani harorati 24—16 va 16°C dan past bo‘lgan suvda chiniq- tirish kerak. Sovuqroq va sovuq suvda cho‘milib, badan ishqab artib turilsa, shamollash kasalliklariga chidamli bo‘ladi. Munta- zam ravishda chiniqish lozim.
Badanni go‘daklikdan (butun tanani va ma’lum bir qismini) ho‘l sochiq bilan ishqalab artish — chiniqishning eng oson va foydali usulidir. Avval badanning yuqori qismi sovuq suvda ho‘llangan porolon yoki sochiq bilan artiladi, keyin quruq qilib artiladi. Pastki qismida ham shu hol takrorlanadi va badan quruq sochiq bilan qiziguncha artilib muolaja tugatiladi. Ayni vaqtda qo‘l harakatlari chetdan yurakka tomon yo‘naltirilishi kerak. Badanni yaxshisi, ertalab uyqudan turgandan keyin ho‘l sochiq bilan artish kerak.
Suv muolajalarining yana bir usuli biror idish yoki vodoprovod trubasiga ulab qo‘yilgan shlang bilan boshdan suv quyishdir. Asab sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi sezgir bolalarga bu muolaja to‘g‘ri





Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish