M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


joylashgan yeri, jihozi, yuvish usuli. Xonaning sanitariya holati, pashsha, kemiruvchi, suvaraklar bor-yo‘qligi



Download 422,93 Kb.
bet109/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

joylashgan yeri, jihozi, yuvish usuli. Xonaning sanitariya holati, pashsha, kemiruvchi, suvaraklar bor-yo‘qligi.
Oshxona idish-tovoqlari yuviladigan xona; birin-ketinlikka rioya qilinishi (yuvilgan va yuvilmagan idish-tovoqlarning duch kelmasligi), jihozlari (yuviladigan vannalar soni va joylanishi, stellajlar, yuvadigan mashinalar); sovuq va issiq suv bilan ta’min- lanishi, tarelkalar, vilkalar, qoshiqlar va pichoqlarni yuvish usuli hamda sifati (asboblarning qaynatilishi); toza idishlarning saqla- nishi, havo tortadigan ventilatsiya.

  1. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish uchun xonalar. Vestibul, garderob, umivalniklar (sovun, qo‘l yuvish uchun cho‘tka, sochiq, elektr sochiq), sanitariya uzeli.

Ovqatlanadigan zal. Kattaligi (bir odamga to‘g‘ri keladigan maydon), derazalarning joylanishi, tabiiy va sun’iy yoritilishi, jihozlari, stollar servirovkasi, iste’molchilarga xizmat qilinishi, sanitariya holati.
Bufet. Jihozlari: sovun bor-yo‘qligi, umivalnik, bufetchining oziq-ovqat mahsulotlarini qisqichda, qoshiqda olib berishi va hokazolar; tarelkalar, stakanlar, asboblarning yuvilishi.

  1. Sanitariya jihatidan tozaligi. Pol, ship, devorlar (paneli borligi) holati, yoritilishi, ventilatsiya, suv bilan ta’minlanishi (suv sifatining analizlari), kanalizatsiya, qattiq va suyuq chiqin­dilarni yig‘ish va olib ketish.

  2. Supurib-sidirish rejimi (kundalik, haftalik, mavsumiy) va dezinfeksion vositalar hamda pashshalarga qarshi kurash vosita- larining qo‘llanilishi.

  3. Xizmat ko‘rsatadigan xodim. Sanitariya ma’lumoti (sani­tariya minimumini topshirganligi, ayniqsa, ovqatdan zaharlanish va infeksiyalarning oldini olish hamda ovqat pishirayotganda vitaminlarni saqlab qolish usullariga tegishli masalalarni qanchalik bilishi; sog‘ligi (vaqt-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi), shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi (qo‘li, kiyim-kechagining tozaligi, ichak tayoqchalari bor-yo‘qligiga qo‘li hamda kiyim-kechagidan olingan yuvindini tekshirish natijalari); sanitariya kiyimlari komplektining soni, ahvoli va boshqalar. Oshxona xodimlari bilan doim sanitariya-oqartuv ishlari olib borilishi.

  4. Tibbiy hujjatlarning ahvoli. Sanitariya jurnalining borligi (vrach yoki feldsherning takliflari, ularning to‘ldirilishi), barcha xodimlarga sanitariya daftarchasi berilganligi va unda meditsina ko‘rigi, batsilla hamda gijja tashuvchanlikka tekshirish, o‘pkaning




rentgenoskopiyasi, balg‘amni tekshirish, profilaktik emlashlar natijalari, sanitariya minimumi topshirilganligi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganligi yoki ovqat pishirayotganda sani­tariya qoidalari buzilganligi to‘g‘risida vrach yoki feldsherning yozuvi qayd qilinganligi, shuningdek, xomashyo va tayyor ovqat- lar sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladigan brakeraj jurnal borligi.

  1. Oshxona ustidan sanitariya nazorati va jamoat nazorati o‘rnatilishi. Oshxona ustidan kim va qanday sanitariya nazorati o‘rnatishi; kim va qanday jamoat nazorati o‘rnatishi (jamoat nazoratchilariga sanitariya instruktaji berilishi) ko‘rsatiladi.

Oshxona ovqatiga fiziologik-gigiyenik baho berish. Kaloriyalilik, oziq-ovqat moddalarining tarkibi, ovqatlanish rejimi, ovqatning xilma-xilligi va oziq-ovqat mahsulotlarining assortimenti, ovqatning ta’mi va boshqa organoleptik xossalari, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqa to‘yimli moddalarning saqlab qolinishi nuqtayi nazaridan ovqat pishirishning to‘g‘riligi; ovqat tarqa- tilishi, uning vitaminlashtirilishi to‘g‘riligi.
Bu ma’lumotlar taomnoma va kaloriyalilik hisobi hamda ovqatlanish tarkibi bilan tanishib chiqib olinadi. Bundan tashqari, oshxonani tekshirayotganda oshxonaga buyurtma qilingan portsiyalar soni bo‘yicha ovqat qancha chiqqanligi hamda qozon- dagi ovqatning amaldagi miqdori va miqdor massasi nazorat qilinadi (ayniqsa, baliq, go‘sht, sariyog‘ va boshqalar miqdorining massasi tekshiriladi).
Laboratoriyada kaloriyalilikka tekshirish uchun ovqatdan na- muna olinadi. Ovqatlarning hisob bo‘yicha va amaliy kaloriyaliligi o‘rtasidagi laboratoriyada belgilangan farq 10% dan oshmasligi kerak. Zarur bo‘lgan hollarda sanitariya laboratoriyasiga oqsillar, yog‘lar, C vitamini miqdorini, kotletga qancha non aralash- tirilganini va boshqalarni tekshirish uchun namunalar yuborilishi mumkin.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish