252-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsga tegishli hujjatlarni arxivga topshirishi
Tugatuvchi asosiy hisobvaragʻi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda
davlat yoki nodavlat arxiviga tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning qonunchilik hujjatlarida nazarda
tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
253-modda. Tugatishni yakunlash va tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni Reyestrdan
chiqarish
Tugatuvchi tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni Reyestrdan chiqarish uchun roʻyxatdan
oʻtkazuvchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat
koʻrsatuvchi banklarning maʼlumotnomalari;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning muhr va shtamplari (agar mavjud boʻlsa);
vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi
maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa);
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs hujjatlarining belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat
arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab
project.gov.uz
06.06.2022
126
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslari bundan mustasno).
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan barcha hujjatlar
olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida ushbu Kodeksning 250 va 251-moddalari ijrosi
taʼminlanganligini Tizim orqali tekshiradi hamda Reyestrga tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs
tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi.
Ushbu Kodeksning 250 va 251-moddalarida nazarda tutilgan maʼlumotlar Tizimda mavjud
boʻlmasa yoki ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan
taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Reyestrga yozuvlar kiritishni rad etadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida
tugatuvchiga joʻnatiladi. Reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan
barcha hujjatlar, muhr va shtamplar (agar mavjud boʻlsa) qaytariladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Reyestrga tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs tugatilganligi
toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida:
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs tugatilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika
organlarini Tizim orqali xabardor qiladi;
tugatilgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning muhr va shtamplarini (agar mavjud boʻlsa)
belgilangan tartibda yoʻq qilish choralarini koʻradi;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarning asl nusxalarini
(agar mavjud boʻlsa) ularni bergan organlarga topshiradi;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsga litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga hujjatlar va vakolatli
organlar xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomalarni bergan organlarni “Elektron hukumat” tizimi
idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali xabardor qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs joylashgan joydagi
filialini tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan
oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi
kerak.
Koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga toʻliq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi. Roʻyxatdan
oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish
toʻxtatilganligi toʻgʻrisida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.
Ixtiyoriy tugatish ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan muddatda tugallanmaganda,
shuningdek, ixtiyoriy tugatish va tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs faoliyatini tiklash tartiboti
toʻxtatilganda ushbu Kodeks 246-moddasining birinchi qismi 1-bandi toʻrtinchi xatboshisida belgilangan
imtiyozlar qoʻllanmaydi hamda barcha tegishli toʻlovlar ularni hisoblab yozish toʻxtatib qoʻyilgan davr
uchun toʻliq hajmda undiriladi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va
parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha cheklovchi tadbirlar (karantin) paytida ushbu
moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan muddat tadbirkorlik subyekti oliy boshqaruv organining
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan qaroriga asosan uch oyga uzaytiriladi.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-
Do'stlaringiz bilan baham: |