project.gov.uz 06.06.2022 127 mulki uning shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu tadbirkorlik subyekti –- yuridik shaxsga
nisbatan majburiy huquqlarga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi)lariga, agar qonunchilikda oʻzgacha tartib
nazarda tutilmagan boʻlsa, topshiriladi.
254-modda. Yuridik shaxslar birlashmalarini tugatish Yuridik shaxslar birlashmalarini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning taʼsis hujjatlarida
bunga vakolat berilgan yuqori organi tomonidan qabul qilinadi.
Yuridik shaxslar birlashmalarini ixtiyoriy tugatish ular tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati
amalga oshirilmasligini inobatga olgan holda Kodeksning ushbu bobida koʻrsatilgan umumiy tartibda
amalga oshiriladi.
22-bob. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish 255-modda. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyekti- yuridik shaxsni aniqlash Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar
faoliyatini harakatsiz holatga oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
toʻqqiz oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlari
tushmaganligi;
toʻqqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning bank hisobvaraqlariga toʻqqiz oy mobaynida moliya-
xoʻjalik faoliyati boʻyicha pul mablagʻlari tushmaganda tijorat banklari uch ish kuni ichida u hisobga
qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha maʼlumot taqdim etadi.
Davlat soliq xizmati organi tijorat banklaridan maʼlumot tushgach va (yoki) hisobot topshirish
muddati tugagach uch ish kuni mobaynida ushbu moddaning birinchi qismi talablari boʻyicha
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar toʻgʻrisida Tizim orqali quyidagi idora va tashkilotlarni xabardor
qiladi:
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat statistika organlarini;
Byuroni;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organni;
avtomototransport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va roʻyxatdan oʻtkaziladigan boshqa
texnika vositalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarni;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini.