Loyiha matni 49901-(61999)



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

project.gov.uz
06.06.2022
124
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan
taʼminlangan talablarini toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, u holda talablarning qolgan qismi ushbu
Kodeks 249-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan navbat boʻyicha qondiriladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda tugatuvchi
tomonidan:
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda qonunchilikka muvofiq koʻrsatib
oʻtilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega boʻlgan
shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Savdoga qoʻyilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga
baholash summasida ushbu Kodeks 249-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan navbatga rioya etgan
holda mulk etib qabul qilish taklif etiladi.
Garovga qoʻyilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish Oʻzbekiston Respublikasi “Garov
toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasiga hamda “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasiga
muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash qiymati eʼtirof
etilgan talablarni toʻlash hisobiga qoʻshiladi, baholash qiymati bilan talab miqdori oʻrtasida tadbirkorlik
subyekti-yuridik shaxs foydasiga hosil boʻlgan tafovut besh ish kuni muddatida kreditor tomonidan
toʻlanadi.
Kreditorlar talablarini qondirish muassis (ishtirokchi)lar tomonidan tugatilayotgan tadbirkorlik
subyekti-yuridik shaxsning bankdagi hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga
oshirilishi mumkin.
Kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda,
tugatuvchi tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz (bankrot) deb eʼtirof etish
toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs
toʻlovga qobiliyatsiz (bankrot) deb eʼtirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi va
bundan keyingi tartibot toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish