project.gov.uz
06.06.2022
121
koʻrsatgan holda joylashtiradi:
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek, tadbirkorlik
subyekti-yuridik shaxsning tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va
qisqartirilgan nomlari koʻrsatiladi);
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining
identifikatsiya raqami;
roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va roʻyxatdan oʻtkazgan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va
manzili);
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sanasi, raqami);
kreditorlarning talablari koʻrsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati, ushbu muddat
koʻrsatib oʻtilgan eʼlon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandi uchinchi – oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan organlar
tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida oʻzlarining maʼlumotlar bazasida
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
246-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ
tomonidan Tizimda ixtiyoriy tugatish jarayoniga oʻtkazish
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish jarayoniga kiritilgandan soʻng
quyidagilar:
1) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻxtatib qoʻyiladi;
yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha
turdagi soliqlar boʻyicha penyalarni hisoblab yozish toʻxtatiladi. Mol-mulkni, tayyor mahsulot
qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar amaldagi sotish narxlaridan kelib chiqqan holda, qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va toʻlanadi, bundan ushbu xatboshida koʻrsatilganlar
mustasno;
kreditorlar talablarini taʼminlash boʻyicha ilgari koʻrilgan barcha choralar bekor qilinadi;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
taqiqlanadi;
mol-mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar
tomonidan foydalanish uchun berishga sabab boʻladigan bitimlar faqat ushbu bobda belgilangan tartibda
amalga oshiriladi;
barcha majburiyatlarni, shuningdek, muddati kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni bajarish
muddati boshlangan hisoblanadi;
2) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisobvaragʻiga va ikkilamchi
depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlaridan
mablagʻlarni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirigʻiga binoan, qonunchilikda belgilangan
Do'stlaringiz bilan baham: |