Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan tadbirkorlik subyektini tugatish



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet125/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

241-modda. Toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan tadbirkorlik subyektini tugatish
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan tadbirkorlik
subyektlarini tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni
talablari asosida amalga oshiriladi.
242-modda. Tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish hamda tugatuvchini
tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning muassis
(ishtirokchi)lari, vakillari, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan ushbu Kodeks va boshqa qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va
qisqartirilgan nomi (mavjud boʻlsa), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
tugatuvchi (tugatuvchilar) haqidagi maʼlumotlar (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta
maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va
muddati;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.


project.gov.uz
06.06.2022
119
243-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning tugatuvchisining vakolatlari
Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs ishlarini boshqarish
boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi.
Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti-yuridik
shaxsning boshqaruv organlari yoki jismoniy shaxs unga tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs faoliyati
bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek, tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning muhri, shtamplari
(agar mavjud boʻlsa) va boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha topshirishi shart.
Tugatuvchi:
1) ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning kreditorlari,
muassis (ishtirokchi)lari hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
2) tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini
belgilangan tartibda taʼminlaydi;
3) ishonchnomasiz tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs nomidan vakillik qiladi, tadbirkorlik
subyekti-yuridik shaxsning moliyaviy, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
4) tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan
bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
5) Kodeksning ushbu bobida oʻz vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek, muassis
(ishtirokchi)lar qaroriga koʻra berilgan taqdirda boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Tugatuvchi vazifalarini bajarish tugatish komissiyasiga yuklangan taqdirda, tadbirkorlik
subyekti-yuridik shaxs faoliyatini boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi va
tugatish komissiyasi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan
taqdirda, tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Tugatish komissiyasi majlislarini oʻtkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ushbu bobda
belgilangan funksiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini taʼminlaydi.
Tugatuvchining vakolatlari:
1) ixtiyoriy tugatish nihoyasiga yetganda – tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs tugatilganligi
toʻgʻrisidagi yozuvlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda;
2) tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs faoliyati tiklanganda – tugatish ishlari toʻxtatilganligi va
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs faoliyati tiklanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda;
3) tadbirkorlik subyekti toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilganda – tadbirkorlik subyekti
toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida sud qarori qabul
qilingan kunda;
4) yangi tugatuvchi tayinlanganda – muassis (ishtirokchi)lar tomonidan tegishli qaror qabul
qilingan kunda toʻxtatiladi. Ushbu holatda tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning barcha hujjatlari,
muhrlari, shtamplari (agar mavjud boʻlsa) va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki
kun muddatda roʻyxat boʻyicha topshiriladi.



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish