project.gov.uz 06.06.2022 120 244-modda. Tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish uchun tugatuvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay:
1) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga – ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
2) tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvaragʻiga
(bundan buyon matnda asosiy hisobvaragʻi deb yuritiladi), xizmat koʻrsatuvchi bankka va xorijiy
valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan bankka:
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining (agar mavjud boʻlsa) bosma izi qoʻyilgan
kartochkalarning ikki nusxasini;
3) tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit
hisobvaraqlariga, jamgʻarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat
koʻrsatuvchi banklarga – ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy
valyutadagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;
4) tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlari, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga – ularni yopish hamda
mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, milliy valyutadagi asosiy
hisobvaragʻi ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga
oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.
245-modda. Tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladigan ishlar Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish toʻgʻrisida qaror tushgandan soʻng bir ish kuni ichida
quyidagilarni amalga oshiradi:
1) tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi hamda bu toʻgʻrisida Tizim orqali quyidagi organlarni xabardor qiladi:
roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar)
boʻlimini (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi);
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organni;
avtomototransport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va roʻyxatdan oʻtkaziladigan boshqa
texnika vositalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarni;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini;
2) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs
tugatilayotganligi toʻgʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan eʼlonni unda quyidagirlarni