project.gov.uz
06.06.2022
132
Qonunida nazarda tutilgan xarid tartib-taomillaridan oʻtmasdan amalga oshiriladi.
Kafolatlangan tarzda sotib olinadigan tovar (ish, xizmat)larning roʻyxatini
shakllantirish va
tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor
tashkilotlar takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish
vazirligi tomonidan
amalga oshiriladi.
Ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotni va ilgʻor texnologiyalarni kafolatlangan tarzda sotib
olish Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga zid boʻlmasligi lozim.
262-modda. Byudjet ssudalari va kredit liniyalari
Tadbirkorlik davlat tomonidan byudjet ssudalarini ajratish va kredit liniyalarini ochish orqali
qoʻllab-quvvatlanishi mumkin.
Byudjet ssudalari va kreditlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari va
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan berilishi mumkin.
Byudjet ssudalari va kreditlarni berish qonunchilik hamda shartnoma
bilan belgilanadigan
muddatlilik,
qaytarish, maqsadli foydalanish shartlariga va boshqa shartlarga asoslanadi.
Byudjet ssudalari va kredit liniyalari rezident boʻlgan tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslarga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida
joriy etiladi.
Rezident boʻlgan tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslarga
byudjet ssudalari bevosita
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
tomonidan vakolat berilgan boshqa vakolatli davlat organlari tomondan beriladi.
Kredit liniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan rezident boʻlgan
tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslarga ularga xizmat koʻrsatadigan tijorat banklari orqali, shuningdek
bevosita tijorat banklariga ochiladi.
Rezident boʻlgan tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslarga ajratilgan
byudjet ssudasi yoki
kredit liniyasi, shu jumladan foizlar byudjet ssudasini berish yoki kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi
shartnomada belgilangan muddatlarda va hajmlarda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Oʻzbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi:
qarzni qarzdordan soʻzsiz
tartibda undiradi;
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi
miqdorida penya hisoblaydi.
Bunda hisoblangan penya toʻlanishi kechiktirilgan qarzdorlikning yarmidan ortiq boʻlishi
mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: