263-modda. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalari
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat subsidiyalari quyidagi maqsadlarda
joriy etilishi mumkin:
project.gov.uz
06.06.2022
133
1) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlashga, shu
jumladan chorvachilikni qoʻllab-quvvatlash;
2) mahalliy eksport qiluvchi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash;
3) turizm sohasini rivojlantirish;
4) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish;
5) tabiiy va texnogen hodisalarning oqibatlarini, shuningdek yuqumli va parazitar kasalliklar
tarqalishining oldini olish boʻyicha cheklovchi tadbirlar (karantin)ni joriy etish oqibatlarini yumshatish;
6) taʼlim va sogʻliqni saqlashni qoʻllab-quvvatlash;
7) yashirin iqtisodiyotni qisqartirishning ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarini joriy etish;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan boshqa yoʻnalishlar.
264-modda. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalarini joriy etish
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalari Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan ushbu Kodeksning 265-moddasida belgilangan prinsiplar doirasida joriy etiladi.
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalarini ajratish bilan bogʻliq tartib-
taomillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
265-modda. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalarini joriy etish
va amalda boʻlishining asosiy prinsiplari
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat subsidiyalarini joriy etish va amalda
boʻlishi subsidiyaga ehtiyoj mavjud boʻlgan sohalarda joriy etilishi, subsidiyalarning yuqori
samaradorligi, ajratilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiqligi, subsidiyalardan maqsadli
foydalanish, subsidiyalarni joriy etish va raqobatni cheklashga olib kelmasligi va “yagona darcha”
prinsiplariga asoslanadi.
Davlat subsidiyalari joriy etilishidan oldin va joriy etilgandan soʻng tegishli normativ-huquqiy
hujjatlarning tartibga solish taʼsiri baholanishi lozim. Tartibga solish taʼsirini baholash natijalariga koʻra
tegishli davlat subsidiyasining ajratilishini toʻxtatish yoki davom ettirish masalasi hal etiladi.
Vakolatli davlat organlari tomonidan ajratilgan davlat subsidiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
(miqdori, sanasi, maqsadi, subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti) ularning rasmiy veb-saytida doimiy
ravishda joylashtirib borilishi lozim.
Tadbirkorlik uchun ajratilgan davlat subsidiyalari ularni ajratish uchun belgilangan maqsadlarda
foydalanilishi lozim. Davlat subsidiyalari belgilangan maqsadlardan boshqa yoʻnalishlarda foydalanilgan
taqdirda, maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalar qismi tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat foydasiga
qaytarib berilishi lozim.
Tadbirkorlik uchun davlat subsidiyalarini joriy etish ishlab chiqariladigan tovar, moliya va
raqamli bozordagi narxlariga bevosita taʼsir qilgan holda boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan boʻladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |