Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyekti-



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet136/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

256-modda. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyekti-
yuridik shaxslarni harakatsiz holatga oʻtkazish
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning soliqlar boʻyicha qarzdorliklari aniqlanmagan, mol-
mulki mavjud boʻlmagan, tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs muassis (ishtirokchi)larini, ularning
vakillari va rahbarini tugatish jarayoniga jalb etish imkoni boʻlmaganda, davlat soliq xizmati organlari
Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻn ish kunida tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni
harakatsiz holatga oʻtkazish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga asosan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni
harakatsiz holatga oʻtkazadi, bu haqida davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritadi;


project.gov.uz
06.06.2022
129
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻzining
rasmiy saytida eʼlonni joylashtiradi;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning muassis (ishtirokchi)lariga Tizimda tadbirkorlik
subyekti-yuridik shaxsning harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Tijorat banklari harakatsiz holatga oʻtkazilgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslarning
hisobvaraqlarini bir ish kunida yopib, pul mablagʻlarini harakatsiz depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Harakatsiz holatga oʻtkazilgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslariga kelib tushgan mablagʻlar
ularning harakatsiz depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Ushbu tadbirkorlik subyekti-yuridik
shaxslarning hisobvaraqlariga qoʻyilgan talablar harakatsiz depozit hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan tahlillar va oʻrganishlar natijasida soliq va
yigʻimlar boʻyicha qarzdorliklari aniqlangan taqdirda, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
undirish choralari koʻriladi.
Soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorliklari undirib boʻlingan tadbirkorlik subyekti-yuridik
shaxslar boʻyicha ish yuritish mazkur moddaning birinchi qismi asosida davom ettiriladi.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning debitorlik-kreditorlik qarzdorliklarini undirish
manfaatdor shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs harakatsiz holatga oʻtkazilgandan keyin davlat soliq xizmati
organlari tomonidan soliq hisobotlarini qabul qilish toʻxtatiladi.
Harakatsiz holatga oʻtkazilgan tadbirkorlik subyekti -– yuridik shaxs faoliyati roʻyxatdan
oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi holatlarda:
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning muassisi(lari), uning qonuniy vakillari yoki vorisi uch
yilda tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs faoliyatini davom ettirish toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi
organga murojaat qilgan taqdirda – muassisi(lar), qonuniy vakil yoki vorislarning qaroriga asosan;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs sud yoki ijro ishi yuritish jarayoniga daʼvogar yoxud
javobgar sifatida eʼtirof etilgan yoki unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsiz toʻgʻrisidagi ishi qoʻzgʻatilgan
taqdirda, qayta tiklanadi.
Bunda tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs yangidan tashkil etilgan deb hisoblanmaydi, uning
faoliyati qayta tiklanganligi toʻgʻrisida Reyestrga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritiladi.
Harakatsiz holatga oʻtkazilgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni javobgar yoki daʼvogar
sifatida eʼtirof etgan organ (mansabdor shaxs) bu haqida uch ish kunida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni
xabardor qilishi shart.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish