project.gov.uz 06.06.2022 134 sogʻlom raqobat muhitiga salbiy taʼsir etishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Davlat subsidiyasini olish toʻgʻrisidagi arizalar “yagona darcha” prinsipi asosida Oʻzbekiston
Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul
qilinadi hamda subsidiyalarni ajratish uchun vakolatli davlat organiga boshqa davlat organlari yoki
tashkilotlar tomonidan beriladigan turli boshqa hujjatlarni olish talab qilinadigan hollarda mazkur
vakolatli organ koʻrsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz mustaqil ravishda soʻraydi
va oladi.
266-modda. Tadbirkorlik loyihalarini davlat granti asosida moliyalashtirish Ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati loyihalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat
dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalar,
innovatsion va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga pul
mablagʻlari va moddiy resurslar shaklida davlat grantlari taqdim etilishi mumkin.
Davlat grantlari respublika byudjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar
hisobidan berilishi mumkin.
Davlat grantlarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
267-modda. Tadbirkorlikni kafillik, tijorat banklarning kreditlari boʻyicha kompensatsiya Tadbirkorlik tashabbuslarini kafillik, tijorat banklarning kreditlari boʻyicha kompensatsiya berish
shaklida qoʻllab-quvvatlash Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (bundan buyon ushbu paragrafda
Jamgʻarma deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Kafillik tadbirkorlik subyektining tijorat banki oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun
javob berish masʼuliyatini Jamgʻarmaga kafillik shartnomasini tuzish orqali yuklatish hisoblanadi.
Tijorat banklarining kreditlari va lizing tashkilotlarining lizingi boʻyicha foizli xarajatlarning bir
qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplash kompensatsiya hisoblanadi.
Jamgʻarma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya va kafillik berish faqat
milliy valyutadagi tijorat banklari kredit va lizinglari uchun tadbiq etiladi.
Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya va kafilliklar kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga
yangi ajratiladigan kreditlar boʻyicha taqdim etiladi.
Jamgʻarma tomonidan kafillik va kreditlar uchun kompensatsiya quyidagi maqsadlar uchun
berilmaydi:
ilgari olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo (bundan eksportoldi moliyalashtirish mustasno), umumiy ovqatlanish hamda
avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;