’limotlar Xalq o g‘zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#746485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18-мавзу

«Mahbub-ul-qulub» 
asaridir. 
Navoiy bu asarida jamiyatni sotsial tabaqalarga b
o‘lib, ularning jamiyatda tutgan 
o‘rnini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Asarning birinchi qismida ularning tabaqalariga va 
kasblariga xarakteristika beradi. Ikkinchi va uchinchi qismlarda yaxshi fe
’llar va yomon 
xislatlar t
o‘g‘risida ma’lumot beriladi. Navoiyning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet 
el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy ne
’mat yetishtirishda, yaratishda va 
mamlakat boyligini oshirishda muhim 
o‘rin tutadi.
Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli t
o‘g‘risida quyidagi fikrlarni 
bildiradi: 
«Don sochuvchi dehqon yerni yorish bilan rizq yo‘lini ochuvchidir». 
Dehqon, ya
’ni 
ishchi kuchi mahsulot ishlab chiqarish vositalari bilan q
o‘shilishi lozim va shartdir. Navoiy 
ishlab chiqarish vositalarining moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha e
’tirof etadi: 
«Qo‘shi ham ikki zo‘r polvon bo‘lib, yukiga bo‘ysunib oldida yuradi, ishlashda hamdam va 
hamqadam, dehqon ularni surishda xuddi odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne 
qilsalar harakat, xalqqa ham etar ovqat ham barakat
!». 
Demak, dehqon ish kuchi, q
o‘shi va ho‘kizlari esa ishlab chiqarish qurollari, yer esa 
mehnat predmeti, hammasi birgalikda ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. Navoiy 
ishlab chiqarishdagi hal qiluvchi omil, hal qiluvchi element - bu dehqon, ya
’ni ishchi 
kuchidir, degan fikrni bildiradi. Yuqorida zikr etib 
o‘tilganidek, Navoiyning fikriga ko‘ra yakka 
kishi hech narsa ishlab chiqara olmaydi.
Biron narsa ishlab chiqarish uchun boshqa-boshqa toifadagi odamlar doim bir-birlari 
bilan bevosita aloqada b
o‘lishlari kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo‘lsa, 
hunarmandga non kerak, dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik 
mahsulotlari suv bilan havodek zarur. Shunday qilib, baliq suvsiz yashay olmaganidek, 
barcha turdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar ham bir-birisiz rivojlana olmaydi, deydi Navoiy. 
Dehqonlar va boshqa sohada mash
g‘ul kishilar ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab 
chiqaruvchilar bilan ishlab chiqarish jarayonida, taqsimotda, ayirboshlashda va iste
’molda 
bir-birlari bilan 
o‘zaro aloqada bo‘lishi kerak.
Navoiy feodalizm davrida, feodalizm jamiyatida dehqon mehnatining katta ahamiyat 
kasb etishini va mavjud jamiyat dehqon mehnati ustiga qurilganligini e
’tirof etadi. Dehqon 
mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, q
o‘shchi va o‘roqchi, mashoqchi va boshqalar 
orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham ularga, ularning mehnatiga hamohangdir. 
Ularsiz hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Demak, bu bilan Navoiy ishlab chiqarish 
munosabatlarini e
’tirof etadi. Uning fikricha, dehqon o‘z mehnati bilan o‘z ehtiyojiga zarur 
b
o‘lgan mahsulotni keragidan ko‘proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda 
ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy ne
’mat bilan ta’minlaydi. Navoiyning mana bu fikri 
q
o‘shimcha mahsulot faqat qishloq xo‘jaligida degan 
fiziokratlar
fikriga mos keladi.
Navoiy qishloq x
o‘jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat 
kasb etadi degan 
o‘ta ilg‘or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o‘sha davr, ya’ni feodalizm davri 
gullab-yashnagan, uning negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi tashkil qilgan bir pallada 
o‘ta to‘g‘ri fikrgina bo‘lib qolmay, balki tarixiy haqiqat hamdir.
Navoiy jamiyatda muhim tabaqa b
o‘lgan savdogarlarning o‘zini ham ikki guruhga 
b
o‘ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi savdogarlar guruhi. 
Ikkinchi guruh - mamlakat ichkarisidagi olibsotarlar guruhi.


Chet ellar bilan savdo-sotiq olib boruvchi savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi va 
ularning faoliyatiga hayrihohlik bildiradi. Bozorlardagi savdogarlarga, ya
’ni olib sotarlarga 
esa tanqidiy k
o‘z bilan qaraydi. Ular o‘z manfaatiga xizmat qilib, boshqalar hisobiga boyidi. 
Shuning uchun ularning turgan-bitgani mamlakat uchun zarardir, deydi. Savdogarning 
asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz b
o‘lishidan boshida savdo to‘la, buzi shoyi 
b
o‘lishidan ko‘nglida istak ko‘p. Bu yerda savdogar Navoiyning «
Hotam Toyiy
» asaridagi 
o‘tin teruvchi cholga qarama-qarshidir.
Chol kuni bilan mehnat qilib 
o‘tin teradi va bu o‘tinni bozorga olib borib, pulga sotadi. 
O
’tin puliga esa mahsulotlar, ya’ni iste’mol mahsulotlari sotib oladi. Bu joyda «tovar - pul - 
tovar
» jarayoni boradi. O’tinchi cholning ayirboshlashdan ko‘zlagan maqsadi iste’mol 
qiymatidir. Navoiyning fikricha, savdogarning sotib olishdan maqsadi qimmatroq sotishdir. 
Savdogar birini yuz, yuzini ming qilmoqchi b
o‘ladi, deydi. Qo‘ygan oz puli ko‘p bo‘lib qaytib 
kelishini istaydi, ya
’ni uni ayirboshlashdan maqsad qiymatdir yoki «pul - tovar - pul» (P-T-P) 
dir. Demak, Navoiyning fikrida kapitalning dastlabki formalaridan biri mavjud b
o‘lgan.
U shahar olibsotarlari haqida quyidagilarni aytadi
: «
Shahar olibsotarlari xiyonatchi, 
o‘ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi, uning foydasi xalqqa ziyon, arzon olib qimmat 
sotish uning orzusi. Olishda shoyini b
o‘z deydi, sotishda bo‘zni maqtab shoyi deydi. Molini 
tovar 
o‘rnida o‘tkaza olsa, to‘xtatib turish yo‘q. Do‘konida insofdan boshqa barcha mol 
mavjuddir
!». A.Navoiy o‘zi ishlab chiqarishda va ishlab chiqarish sohasida mashg‘ul 
b
o‘lmasa-da, o‘z aqliy va ijodiy mehnati bilan jamiyat uchun kerak bo‘lgan tabaqalarni 
e
’zozlaydi, olimlar, tabiblar, shoirlar, muhandislar va boshqalarni jamiyat uchun zarur 
qatlamdir, deydi, ana shu kasb egalarini 
o‘z mas’uliyat va burchlarini sezishga chaqiradi. 
Alisher Navoiy 
o‘z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi inson ma’naviyatining kamoloti 
bilan uy
g‘unligini takror-takror qayd etganlar. Jumladan mamlakat obodligi va el 
farovonligini yuksak manaviyat bilan quyidagicha bo
g‘lagan:
To xirsu havas xirmoni barbod 
o‘lmas,
to nafsu havo qasri baraftod 
o‘lmas,
to jabr zulm joni
g‘a bedod o‘lmas,
el shod 
o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish