Glossariy
N
|
Atama nomi
|
Atama tarifi
|
1
|
Sanoat
|
xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va hk) majmuasiga aytiladi
|
2
|
Industriya
|
xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish
|
3
|
Oziq ovqat sanoati
|
xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxo-nalari bor
|
4
|
Kimyo sanoati
|
ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi
|
5
|
Metallurgiya sanoati
|
(yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) — rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
|
6
|
Gaz sanoati
|
yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoat
|
7
|
Yoqilg’i sanoati
|
har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band boʻlgan sanoat tarqoklari majmui; neft qazib olish, neftni qayta ishlash, gaz, ko‘mir, torf, slanets sanoatlarini oʻz ichiga oladi. Yo. s. energetikaning yetakchi tarmoqlaridan biri.
|
8
|
Qora metallurgiya
|
po`lat va po`lat prokatlar,temirtersak, metal chiqindilari
|
9
|
Rangli metallurgiya
|
mis, qo`g`oshin, rux, volfram, molibden, kumush,
oltin, simob
|
10
|
TEKNEP
|
Fransiyaning neft-gaz firmasi nomi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |