’limotlar Xalq o g‘zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar


Abu Nosir Ibn Muhammad FOROBIY



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#746485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18-мавзу

Abu Nosir Ibn Muhammad FOROBIY 
B
o‘lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo‘yiladigan joyda Shosh-hozirgi 
Toshkentdan 200-260 km. shimoli-
g‘arbda joylashgan Forob (O’tror) degan joyda tug‘ilgan. 
U Forobda 
o‘qigan, Shoshda bo‘lgan, Buxoro va Samarqandda ta’lim olgan. Arab 
xalifaligining markazi - Bo
g‘dodda o‘qishi davom ettirgan, umrining oxirgi yillarida Xalabda, 
s
o‘ngra Damashqda yashagan va shu yerda vafot etgan.
Forobiy O
’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning Qariyib barcha sohalarini 
o‘z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan Qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning 
Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristoteldan keyingi yirik mutafakkir- 


«Muallimas-Soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.
«
Fozil odamlar shahri
» asarida
mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bo
g‘liq 
b
o‘lgan muhim g‘oyalar keltiriladi. Forobiy jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning 
ahamiyati haqidagi ta
’limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan «ehtiyoj»ni ta’riflab 
berdi. 
U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari 
o‘rnini aniqlab berdi. 
Ayniqsa
, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. 
Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, 
ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, 
ya
’ni o‘z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo‘lgan holatdan, har bir 
operatsiyani maxsus kishilarga b
o‘lib berish afzalligi ko‘rsatiladi («Qushni so‘ysa ham, 
qassob s
o‘ysin»). Mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi g‘oya taniqli iqtisodchi Adam Smit 
ta
’limotining (XVIII asr) asosidir.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar t
o‘g‘risidagi g‘oyalari nihoyatda 
ahamiyatlidir, 
o‘zaro yordam va do‘stlikning zarurligi ko‘rsatiladi. Masalan, shahar 
tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne
’matlarni to‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. 
Arastu 
g‘oyalari rivojlantirilib, avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va 
tutgan 
o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan yerlar, 
saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi k
o‘rsatiladi.
Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy 
tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u k
o‘p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, 
boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va izohlagan.
Tarixda shunday voqea b
o‘lib o‘tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino 
Arastuning 
«Metafizika» asarini 40 marta o‘qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali 
mutaoladan charchagan, bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan 
xarid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharxlari ekan. Ibn Sino kitobni bir 
marta 
o‘qib chiqishdayoq Arastuning «Metafizika» asari mohiyatiga to‘la tushunib yetadi.
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san
’atdagi fazilatlari har doim ham 
tu
g‘ma bo‘lavermasligi, ko‘pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo‘li bilan ro‘yobga 
chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat 
o‘zaro uyg‘unlashganda rivojlanish bo‘ladi.
Forobiy fikricha, baxtga erishish maqsadida 
o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli 
xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun 
yer yuzi fazilatli b
o‘ladi. 
«Kim rahbar bo‘la oladi?»
Forobiyning 
«Fozil odamlar shahri» nomli asarida bo‘lajak rahbarlarning asosiy 
fazilatlari t
o‘g‘risida oqilona mushohada yuritgan.
Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi ham diqqatga sazovardir. Birinchi 
navbatda rahbar 
«avvalo to‘rt muchasi sog‘-salomat bo‘lib, o‘ziga yuklangan vazifalarni 
bajarishda biror a
’zosidagi nuqson xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu 
vazifalarni oson bajarishi lozim
».
Darhaqiqat, noso
g‘lom odamdan samarali ish kutish amri maxol. Keyingi fazilatlar 
ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar 
«tabiatan nozik farosatli bo‘lib, suhbatdoshining 
s
o‘zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg‘ab olishi, ish sohasida umumiy ahvol qandayligini 
ravshan tasavvur qila olishi zarur
». Uchinchidan «u anglagan, ko‘rgan, eshitgan, idrok 
etgan narsalarni xotirasida t
o‘la-to‘kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi 
zarur
». To‘rtinchidan, rahbarning «zehni o‘tkir, zukko bo‘lib, har qanday narsaning 
bilinar-bilinmas alomatlarini va u alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur
». 
Beshinchidan
, «u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so‘zlar bilan ifodalay 


olishi zarur
».
Gap bu yerda tilni yaxshi bilish, notiqlik san
’ati haqida bormoqda. Keyingi muhim 
fazilat shuki, rahbar 
«ustozlardan ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo‘lishi, o‘qish, 
o‘rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo‘lishi 
zarur
». Ayniqsa, hozirgi zamon rahbari uchun nihoyatda kerakli fazilat, chunki kelajak 
ilm-fan rivoji bilan chambarchas bo
g‘liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni 
xarob qilishi aniq. Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, t
o‘g‘rilik bilan bog‘liq. «Taom yeyishda, 
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha 
o‘zini tiya oladigan bo‘lishi, 
(qimor yoki boshqa) 
o‘yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi zarur» degan nihoyatda 
muhim fikr beriladi. 
Rahbarning oldiga q
o‘yiladigan muhim shart shuki, «u haq va haqiqatni, odil va 
haqg
o‘y odamlarni sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan bo‘lishi zarur». 
Bunda k
o‘pgina rahbarlarga tekkan kasal laganbordorlik, ko‘zbqo‘yamachilik illatlarining 
oldi olinadi. Har bir rahbar 
«o‘z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo‘lishi, 
pastkashliklardan yuqori turuvchi, tu
g‘ma oliyhimmat bo‘lishi, ulug‘, oliy ishlarga intilishi 
zarur
». Ayniqsa «bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo 
ketidan quvmaydigan) b
o‘lishi zarur».
Haqiqiy rahbar, albatta
, «tabiatan adolatparvar bo‘lib, odil odamlarni sevadigan, 
istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon k
o‘ruvchi, o‘z odamlariga ham, 
begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga 
madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va 
o‘zi suygan go‘zalliklarni ravo ko‘ruvchi bo‘lishi 
zarur. O
’zi haq ish oldida o‘jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va 
razolatlarga murosasiz b
o‘lishi zarur». Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar 
bu fikrlarga amal qilgandagina unga bildirilgan ishonchni oqlay oladi. Qomusiy olim Abu 
Nasr Forobiy tomonidan rahbar oldiga q
o‘yiladigan navbatdagi fazilatda «o‘zi zarur deb 
hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat
’iyatli, savodli, jur’atli, jasur bo‘lishi, 
q
o‘rqoqlik va hadiksirashlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur» deb ko‘rsatiladi.
Yuqorida sanab 
o‘tilgan 12 fazilatning barchasi bir odamda jamlanishi qiyin ekanligi 
ta
’kidlanadi, «zero, bunda tug‘ma fazilatlar sohibi bo‘lgan odamlar juda kam uchraydi va 
ular nodir insonlardir
». Bunday hollarda aytilgan hislatlardan 6 tasi yoki 5 tasi kamol topsa 
ham
, «u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila oladi».
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga k
o‘ra ishdan ketsa (kasallik, o‘lim...), uning o‘rniga 
kelgan inson yana 6 ta fazilatga ega b
o‘lishi kerak. Bular donishmandlik, avvalgi o‘rnatilgan 
odil qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai 
hofizaga ega b
o‘lishi kerak.
Agar shunday qonunlar qolmagan b
o‘lsa, «bunday qonunni o‘ylab topish uchun ijod, 
ixtiyor qilish quvvatiga ega b
o‘lishi kerak. Amaldagi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va 
kelgusida r
o‘y beradigan, avvalgi rahbarlar ko‘zda tutmagan voqealarni ko‘ra bilishi uchun 
bashoratg
o‘ylik hislatiga ega bo‘lish talab etiladi. Bu hislat unga xalq farovonligini 
yaxshilash y
o‘lida kerak bo‘ladi».
Avvalgi rahbarlar 
o‘rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvvalgilardan o‘rnak, isbot olib 
o‘zi to‘qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg‘in so‘zlash-notiqlik hislatiga 
ega b
o‘lish kerakligi ko‘rsatiladi.
Zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun yetarli jismoniy 
quvvatga ega b
o‘lish talab etiladi. Ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu jadalga 
rahbarlik qilish uchun harbiy san
’atni yaxshi bilish kerakligi uqtiriladi.
Mabodo, shu hislatlarning barchasini 
o‘zida jamlagan odam topilmasa, lekin 2 kishi 
birgalashib, shu hislatlarga ega b
o‘lishsa (ya’ni bir donishmand, 2-qolgan hislatlar sohibi 
b
o‘lsa), shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo‘yish zarur. Demak, olim tomonidan 


amalda uchraydigan barcha holatlar e
’tiborga olingan holda rahbar tanlash yo‘l-yo‘riqlari 
berilgan.
Albatta, b
o‘lajak rahbar shu hislatlarga egami-yo‘qmi ekanligi qanday aniqlanadi, 
degan savol tu
g‘iladi. Buni har bir insonning umr-hayoti, avvalgi yillardagi faoliyati, xalq 
hukmiga havola etilayotgan dasturi, yaqin kishilarning bergan tafsilotlari orqali bilib olish va 
eng maqbul nomzodni q
o‘llab-quvvatlash kerak.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish