’limotlar Xalq o g‘zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#746485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18-мавзу

Abul Hasan Ali ibn 
Abu Bakr ibn Abdujamil 
Far
g‘ona viloyatining Rishton qishlog‘ida tavallud topib, u hijriy 
511-593 (milodiy 1115-1197) yillari yashab ijod etdi. B
o‘lajak olim ilk ta’limni Rishton, 
Mar
g‘ilonda olgan bo‘lsa, keyinchalik Samarqand, Buxoro va Movarounnahrning yirik 
shaharlarida bilimini oshirdi. U fikhga oid 
«Bidoyat al-mubtait», «Nashr al-Masxad», «Kitob 
at-tajnis
», «Al-madad» kabi noyob asarlar yaratdi. Eng mashhur asari «Hidoya fi furi’ 
al-fiqh
» («Fiqh sohalari bo‘yicha qo‘llanma»). Bu asar islomda sunniylikning hanafiylar 
masxabida keng tarqalgan shariat q
o‘llanmasi, ya’ni kodeksi hisoblanadi.
Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari ham b
o‘lgan. 1048 yilda vafot etgan Abul 
Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk q
o‘llanmani yozgan, ammo Burxoniddin 
al- Mar
g‘inoniy yaratgan «Hidoya» o‘z davrida hanafiylar mazhabi tarqalgan 
mamlakatlarda, xususan, Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz va Volga b
o‘yi musulmonlari 
orasida asosiy q
o‘llanma sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 56 bobdan iborat. Unda 
Qur
’oni karim oyatlaridan kelib chiqib, shariat masalalarida muallifning fikr va qisqacha 
xulosalarlari beriladi. Hanafiylar mazhabining barcha imom ismlari, shuningdek, boshqa 
mazhab vakillarining mulohazalari ham asarda keng talqin etilgan. Kitobda oila-nikoh 
masalalari bilan bo
g‘liq nomalar (nikoh, ajralish) batafsil yoritiladi, ularni bajarish bilan 
bo
g‘liq huquqiy qonun-qoida va jazo choralari belgilangan.
Agarda islom nuqtai-nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy masalalar: mulkiy va 
moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni b
o‘lish yo‘llari, jinoyat va jazo, fuqorolik 
huquqlari ham k
o‘rsatib berilgan. Shuningdek, faqat islomga xos bo‘lgan bir qancha 
masalalar, xususan, jihod, 
o‘lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta’qiblar, 
ijozatlar qayd etilgan.
Burxoniddin al-Mar
g‘inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo‘lish bilan birga halqsevar, 
adolatli qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri edi. U Qur
’onni yoddan bilgan, 
uni izohlay olgan, shoir, adabiyotchi b
o‘lgan. Tarixiy qo‘lyozmalarda qayd etilishicha, olim 
avlod-ajdodi ham musulmonlar qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar b
o‘lishgan.
«Hidoya» asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o‘z ichiga oladi va 
nihoyatda keng tadqiqot manbai b
o‘lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga 
katta e
’tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk 
shakllaridan olinadigan t
o‘lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag‘oyat muhimdir.


Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma
’lum masalalar bilan 
birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha 
izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan b
o‘lsak, chiqarilgan asosiy qonunga 
t
o‘la-to‘kis sharhga o‘xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to‘lashi kerakligi haqida qiziq 
ma
’lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot 
t
o‘lanishi kerak. Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam 
b
o‘lsa, olinmaydi. Zakot to‘lashda bir yoshdan kichik qo‘zilar hisobga kiritilmaydi.
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya
’ni har otdan bir dinor yoki ot 
bahosining 9 foizi miqdorida zakot t
o‘lanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa ishchi 
hayvonlar (x
o‘kiz, tuya) dan to‘lov olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo‘lsa, ahvol 
o‘zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga to‘lmagan echki, buzoq va bo‘taloqlar ham umumiy 
hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan 
orti
g‘idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu yerda muhim bir fikr borki, agar mol 
egasi shu molning (natura) 
o‘rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to‘lashi ham 
mumkin, deyiladi.
Yana muhim bir k
o‘rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig‘uvchi eng yaxshi (sara) 
molni emas, 
o‘rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni oldindan 
ham t
o‘lash mumkinligi ko‘rsatiladi.
Kumush narsalardan olinadigan zakotda 
o‘rtacha nisob (soliq olinishi mumkin 
b
o‘lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya’ni 5 dirham) zakot 
olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq b
o‘lsa, har qo‘shimcha 40 dirhamdan 
yana zakot beriladi va hokazo.
Oltindan olinadigan zakot miqdori 
o‘ziga xosdir. 20 misqolgacha zakot olinmaydi (bir 
misqol 
o‘rtacha 4,5 gramm), 20 misqoldan yarim misqol(2,5 foiz) zakot to‘lanadi. 20 
misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya
’ni 12 dan 1 unsiya) zakot berish kerak.
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab belgilanadi. 
Xatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga keltirilishi mumkin.
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz) zakot olinishi lozim. Masalan, biror 
yerdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho 
toshlardan zakot t
o‘lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir.
Tabiiy (yom
g‘ir, qor suvi bilan) sug‘oriladigan yerlardagi hosilning o‘ndan biri (10 
foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo 
o‘rmon, yaylov, chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. 
Sun
’iy sug‘oriladigan yerlar hisobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to‘lanadi. 
Burhoniddin al-Mar
g‘inoniy o‘z asarida zakotni taqsimlash qonun-qoidalarini ham 
bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yi
g‘uvchilar, qarzdorlar 
yi
g‘ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish