Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet74/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Nazorat savollari:
1.Ijtimoiy-madaniy tarmoqlarni mazmunan izohlab bering?
2.Uy-joy kommunal xo’jaligiga tushuncha bering?
3. Savdo va umumiy ovqatlanishni mazmunan izohlab bering?
4. Aholiga maishiy xizmat ko’rsatishga tushuncha bering?
5. Aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatishni mazmunan izohlab bering?
6. Aholiga madaniy-ma’rifiy xizmat ko’rsatishga tushuncha bering?
7. Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar majmuasi deganda nimani tushunasiz?
8.Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari qanday guruhlarga bo’linadi?
9. Mamlakatimiz ta’lim tizimi haqida gapirib bering?
10. Sog’liqni saqlash tizimida qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?
11. O’zbekiston iqtisodiyotiga doir nashr qilinadigan qanday jo’rnallarni bilasiz?
12. Hozirda respublikamizda nechta muzey va teatrlar ishlab turibdi?


15-mavzu: O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi


Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1.Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy-geografik xususiyatlari va O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi.
2. O’zbekiston qo’shma korxonalar geografiyasi. Xalqaro turizm.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy integratsiya, tashqi savdo aylanmasi, import, eksport, xorijiy investitsiya, qo’shma korxonalar, modernizatsiya, Xalqaro turizm.


1-asosiy savol bayoni: Mustaqil O’zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o’rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollanishga, er-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi.
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo’lga qo’yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada katta imkoniyatlar mavjud.
O’zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko’hna karvon yili-Buyuk ipak yo’lida joylashib, tashqi dunyo (G’arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy aloqalar olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo’nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo’l ochildi. Endilikda O’zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga qodir.
Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, bojxona qo’mitasi tuzildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo’nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko’maklashish kabi yo’nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo’lga qo’yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo’lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi.
"Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida"gi va boshqa bir qator qonun va meO’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. O’zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko’pchilik davlatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi aloqalar ham ko’p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko’lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar, supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish