Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Aholisi va mehnat resurslari



Download 2,96 Mb.
bet82/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Aholisi va mehnat resurslari. Toshkent viloyati axolisi 2000 yil boshida 2350,2 kishini tashkil etib, u 1989 yilga nisbatan 112,6 foizga o’sgan. Ushbu ko’rsatkich O’zbekiston Respublikasi bo’yicha o’rtacha 123,8 foizga tengdir. Jami aholining 40,4 foizi (949,7 ming kishi) shaxar joylarida istiqomat kiladi.
Viloyat hududi bo’yicha aholi juda notekis joylashgan. Aholi zichligi 1 km2 ga o’rtacha 153 kishidan to’g’ri keladi. Ammo bu ko’rsatkich sanoatlashgan poytaxt atrofida va inq tensiv dexqonchilik asosi bo’lgan tekislik yoki tog’li xududlarda turlichadir.
Bevosita poytaxtga tutash Yaangiota Toshkent tumanlarida aholi zichligi 635-750 ki-shini tashkil qiladi. Cyg’orma dexqonchilik rivojlangan Oqqo’rg’on, Chinoz tumanlarida zichlik ko’rsatkichi 212 va 331 kishi tog’li Oxangaron va Bo’stonliq tumanlarida esa u atigi 24 va 29 kishiga teng.
Toshkent viloyati Respublikaning boshqa ko’pchilik viloyatlari singari aholi sonini o’sishi sur’atlarining pasayishi bilan ko’zga tashlanadi. Yillik o’sish 1,4 foizga teng. Aholi soni asosan tabiiy o’sish hisobiga ko’paymoqda. Uning katta qismi esa qishloq aholisiga to’g’ri keladi. Viloyat bo’yicha tug’ilish xar ming kishiga 1999 yili 19 kishidan 2000 yilda 18,5 ga kamaydi va bu jihatdan Respublika ko’rsatkichidan (21,5 %) ancha past. 2000 yili eng kichik tug’ilish ko’rsatkichi Zangiota (17,9 °G’00) va Qibray (17,5 %) tumanlarida, eng yuqori ko’rsatkich esa Parkent (23,3 %0) va Toshkent (20,8%) tumanlarida kuzatiladi. Shuningdek, shaxarlarda tug’ilishning eng past darajasi Chirchiqda (11,9 %o) va eng yuqori ko’rsatkichi Yangiyo’lda (18,6 %) qayd etilgan. Umumiy o’lim koeffitsienti 1999—2000 yillarda 6.3 promilledan 6,5 ga o’zgargan. Bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha o’rtacha 5,5. promilleni tashkil etadi. Bolalar o’limi 2000 ' yili 20,5 °G’00 (1999 yilda Toshkent viloyati demografik vaziyatining shakllanishida aholi migratsiyasi ham muhim rol uynaydi. 2000 yil yakunlariga ko’ra mexanik o’sish manfiy ko’rsatkichga ega. Bu jarayon asosan shaxar aholisiga tegishli. Jumladan, Olmaliq va Chirchiq shaxarlari aholisi migratsiya oqibatida, mos ravishda, 1,3 va 1,0 foizdan kamaydi.
Toshkent viloyati bo’yicha 2000 yilda mehnatga layoqatli aholi soni 1291.1 ming kishi bo’lib, uning 989,8 ming nafari mehnatda band. Nodavlat sektori korxonalarida ishlovchilar soni ortib bormoqda va u 432 ming kishiga etdi yoki barcha sohalarda ishlovchilarning 68,7 foizni tashkil qildi. 1342 kishi ishsizlik maqomini olgan. 2000 yili mehnat birjalariga ish so’rab kelgan va ruyxatga olingan 21005 kishidan 16445 nafari ishga joylashtirilgan.
Hozirgi kunda Toshkent viloyatining 40,4 foiz aholisi 16 shaxar va 18 ta shaxarchalarda va 59,6 foizi esa qishloq joylarida istiqomat qiladi. Eng katta shaxarlari (Respub­lika poytaxti Toshkentdan tashqari): Chirchiq (147 ming kishi), Angren (130 ming kishi), Olmaliq (116 ming kishi). O’rtacha kattalikdagi shaxarlarga Yangiyo’l (58 ming kishi), Bekobod (86 ming kishi) kirsa, qolganlarining aholisi 50 ming kishidan kam. Viloyat hududida yirik qishloqlar asosan qadimdan sug’orib dexqonchilik qilinadigan erlarda o’rnashgan.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish