Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet83/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Xo’jaligi. Toshkent viloyati iqtisodiyoti industrial-agrar yo’nalishda rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Respublika yalpi ichki mahsulotining 9,9 foizi ushbu viloyat xissasiga to’g’ri keladi. Viloyatda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish xajmi solishtirma narxlarda oldingi yilga nisbatan 112,0 foizga o’sgan. Sanoat mahsulotining 80,0 foizi nodavlat sektorida ishlab chiqariladi. Ushbu ko’rsatkich qishloq xo’jaligida 90 foizdan yuqori.
Viloyatda, hozirgi o’tish davrida iqtisodiy isloxotlarni izchil amalga oshirish, iqtisodiyotning tarmoqlar va hududiy tuzilishini takomillashtirish, uni erkinlashtirish, bozor infrastrukturasini shakllantirish, sog’lom raqobat muxitini yaratish orqali uni yanada rivojlantirish masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan. Chunonchi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish, viloyat sanoatida maxsulot ishlab chiqarishni mahalliy xom ashyoga yunaltirish bo’yicha 2000 — 2005 yillarga mo’ljallangan maxsus dastur, yangi ish o’rinlarini yaratish, eksport salohiyatini rivojlantirish, «Sog’lom avlod yili» kabi dasturlar ishlab chiqilib xayotga tadbiq etilmoqda.
Sanoati. Toshkent viloyati Respublikaning 13 foiz, Toshkent iqtisodiy rayonining esa 47,1 foiz sanoat maxsulotini ishlab chiqaradi. Sanoat maxsuloti ishlab chiqarish xajmi bo’yicha viloyat Respublikada ikkinchi o’rinni egallaydi. Metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat sanoatlari yaxshi rivojlangan. Shuningdek, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, un-krupa va omuxta em sanoatlari sanoat majmuasida muhim o’rin tetadi (5-chizma).
Toshkent viloyati mamlakatda ishlab chiqarilayotgan po’lat, tayyor prokat, kimyoviy tola, ko’mir va oynaning deyarli hammasini, elektr energiya, mineral o’g’itlar, tsementning yarmiga yaqinini beradi. Viloyatda sanoat mahsuloti ishlab chiqaradigan 212 korxona mavjud. Angren va Chirchiq shaxarlaridan tashqari barcha shaxar va tumanlarning sanoat korxonalari ishlab chiqarishda o’sishga erishdilar.
Viloyat iqtisodiyoti va aholining ijtimoiy turmushida yoqilg’i energetika majmuasining ahamiyati juda katta. Respublikadagi qazib olish xajmi va zaxiralariga ko’ra eng yirik bo’lgan Oxangaron vodiysidagi Angren (qo’ng’ir) ko’mir koni shu erda joylashgan. 2000 yilda 2409,0 ming tonna ko’mir qazib chiqarilgan. Bu ko’rsatkich mamlakatda qazib olinayotgan jami ko’mirning asosiy qismini tashkil etadi.
Angren ko’miri sifati past bo’lishiga karamasdan, tannarxining arzonligi bilan ajralib turadi. Undan asosan Angren IES va yirik sanoat markazlarining extiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi.
Energetika ushbu majmuaning yuqori darajada rivojlangan tarmog’dir. Hozirda, Respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 45 foizidan ko’prog’ini Toshkent iqtisodiy rayoni xissasiga to’g’ri keladi. Mamlakatdagi mavjud 27 GESning 19 tasi mazkur mintaqada joylashgan. Shuningdek, tabiiy gazda ishlovchi Toshkent IES (1920 ming kVt), Yangi Angren IES (2.4 mln.kVt), Angren ko’miri asosida Angren IES (600 ming kVt) kabilar ishlab turibdi.
1980 yillar boshiga kelib Chirchiq daryosida, uning gidroresurslaridan unumli foydalanish va mintaqaning elektr energiyaga bo’lgan extiyojlarini to’la qondirish maksadida, 19 ta GESni o’z ichiga oluvchi Chirchiq — Bo’zsuv kaskadi vujudga keltirildi. Respublikadagi eng yirik Chorbog’ va Xo’jakent GESlari uning tarkibiga kiradi.
2000 yili jami 21598,0 mln. kVt soat elektr energiya qilingan, bu Respublikaning 45 foizdan ortiqrog’ini tashkil etadi. Toshkent viloyati mamlakatdagi asosiy elektr energiya beruvchi Sirdaryo, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi orasida etakchi o’rinni egallaydi. Metallurgiya Toshkent viloyati sanoat majmuining tayanch sanoat tarmoqlaridan biridir. Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotining eng ko’p, ya’ni 32,3 foizi aynan uning xissasiga to’g’ri keladi.
Ushbu mintaqaning qulay transport va iqtisodiy geografik o’ringa ega bo’lgan Bekobod shaxrida nafaqat O’zbekistonda balki, O’rta Osiyodagi ilk qora metallurgiya zavodi (1943 yil) ishga tushirilgan. Korxona O’zbekiston va qo’shni respublikalardan keltirilayotgan temir-tersak asosida ishlaydi. Uning asosiy mahsulotlari po’lat, tayyor prokat, quvurlar, shuningdek, bir necha o’nlab turdagi keng iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan.
Rangdor metallurgiya Toshkent viloyatining etakchi hamda asosiy ixtisoslashgan sanoat tarmog’idir. Uning xissasiga viloyat jami sanoat mahsulotining 1G’4 va Respublikaning yarmidan ortiqroq to’g’ri keladi. 2000 yil viloyat eksporta tarkibida rangli va qora metallarning ulushi 54,5 foizni tashkil etdi.
Rangli metallurgiyaning ikkita yirik markazi—Olmaliq va Chirchiq shaxarlari vujudga kelgan. Jumladan, Olmaliqda tog’-kon metallurgiya kombinati, Chirchiqda esa qiyin eriydigan va o’tga chidamli qotishmalar kombinati joylashgan.
Tuliq metallurgiya tsikliga ega bo’lgan Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati mis rudasiga boy bo’lgan Qalmoqqir, Sardob konlari asosida ishlovchi ruda boyitish fabrikasi va mis zavodidan hamda qurgoshinkon va Chalatov qo’rg’oshin-rux konlari asosida ishlovchi ruda boyitish fabrikasi va rux zavodlaridan tashkil topgan. Keyingi yillarda ushbu korxonada oltin eritish yo’lga qo’yildi. Ko’chbuloq oltin koni asosida Angrenda ruda boyitish korxonasi qurilgan. Hozirgi kunda bu erda AQShning «Nyumontmayning» korporatsiyasi bilan hamkorlikda qo’shma korxona qurish bo’yicha loyixani amalga oshirish yo’lga qo’yilmoqda.
Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati asosan mis, qo’rg’oshin, ruh sulfat kislota va nodir metallar ishlab chiqaradi.
Angren qo’ng’ir ko’mir konidan qazib olinadigan kaolin alyuminiy olishda muhim xom ashyo hisoblanadi. Hozirda uning bir qismidan Angren keramika zavodida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Shuningdek, Angren kaolini asosida «Kaolin» qo’shma korxonasi ishlayapti.
Angren—Olmaliq; tog’-kon sanoati rayonida uchta yirik sanoat tuguni ajratiladi. Bularning asosida Angren, Olmaliq, va Oxangaron shaxarlari yotadi. Angren sanoat tuguni o’z tarkibiga Angren, Nurobod shaxar va shaxarchalarni qamrab oladi. Uning ixtisoslashuvi—ko’mir sanoati, nodir metallar, elektr energiyasi, keramika mahsulotlari ishlab chiqarish bilan belgilanadi.
Olmaliq sanoat tuguni—rangdor metallurgiya va kimyo, Oxangaron sanoat tuguni esa qurilish materiallari sanoatiga ixtisoslashgan.
Toshkent viloyatida rangdor metallurgiya sanoatining ikkinchi yirik markazi—Chirchiq shaxri bo’lib, unda O’zbekiston qiyin eriydigan va o’tga chidamli qotishmalar kombinati joylashgan. Ushbu korxona ingichka (Samaqand) va Quytosh (Jizzax) volfram va molibden rudalari hamda Olmaliq mis konlaridan olinuvchi molibden asosida ishlaydi. Kombinat metall kukunlari va prokatlari, kon-parmalash, po’lat eritish, elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqaradi.
Viloyatda mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoatining mahsulot ishlab chiqarish xajmi 2000 yilda 3.8 foizni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich oldingi yilga nisbatan biroz o’sishga ega. Viloyat hududida asosan qishloq xo’jaligi, elektrotexnika va kimyo mashinasozligi korxonalari mavjud. Ular jumlasiga Chirchiq qishloq xo’jaligi mashinasozligi va transformator zavodlari hamda O’zbekiston kimyo mashinasozligi, Yuqori Chirchiq qishloq xo’jaligi mashinasozligi tajriba zavodlarini kiritish mumkin. Ko’pchilik qishloq tumanlarida qishloq xo’jalik texnikasini ta’mirlovchi korxonalar mavjud. Ushbu korxonalarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun mashina va mexanizmlar, g’o’za kultivatorlari, er xaydovchi, o’g’it soluvchi, tekislovchi moslama va uskunalar, ko’sak terish mashinalari, tirkama va osma traktor mashinalari, transformatorlar, kimyo mashinasozligi asbob-uskunalari, turbokompressorlar ishlab chiqariladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish